Buxoro Kadastr ️
1.29K subscribers
5.67K photos
979 videos
1 file
4.08K links
Kadastr Agentligi hamda Davlat Kadastrlari Palatasi Buxoro viloyat boshqarmalarining rasmiy kanali

Murojaat uchun:
@Kadastr_muloqot_bot
Download Telegram
#Kadastr #Buxoro
#Yer_nazorati #Vobkent_tumani

🔰 VOBKENT TUMAN BO'LIMI INSPEKTORLARI TOMONIDAN 2022-YIL DAVOMIDA 53 TA YER QONUN BUZILISH HOLATLARI ANIQLANDI

🏢 Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi Vobkent tumani bo‘limi inspektorlari tomonidan 2022-yil davomida 53 ta holatda 1,94 gektar yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olinganligi aniqlangan.

❇️ Shundan 20 ta holat bo‘yicha 1,34 gektar yer uchastkalaridagi o'zboshimchalik bilan egallanish holatlari joyida bartaraf etilgan.

❇️ 18 ta holatda yer maydonlaridagi noqonuniy qurilmalarni buzdirish uchun sudga da`vo arizalari kiritilgan. 13 ta da’vo arizasi qanoatlantirilib, o‘zboshimcha qurilishlarni bartaraf qilish bo‘yicha sudning hal qiluv qarori chiqqan.

Yer qonun buzilishi holatlarini keltirib chiqargan 143 nafar qonunbuzar shaxsga 294 mln. 900 ming so’m jarimalar qo‘llanilgan.

Telegram | Facebook | Instagram
#Korrupsiyaga_qarshi_kurash
#Kadastr #Vobkent

Korrupsiyaga qarshi — birgalikda kurashamiz

🔹 Vobkent tumanidagi "Shirin" MFYda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmalari korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari S.Abdullayev hamda M.Xidirovlar tomonidan “Korrupsiyaga qarshi — birgalikda kurashamiz” mavzusida fuqarolar va mahalla faollari ishtirokida davra suhbati oʼtkazildi.

🔹Mahalla faollariga mas'ullar tomonidan korrupsiyaga qarshi kurash boʼyicha Kadastr tizimida olib borilayotgan ishlar haqida maʼlumot berib oʼtdi. Xodimlar tomonidan hujjatlarni rasmiylashtirishda, xizmat koʼrsatishda muammolar yuzaga kelganda ishonch telefoni orqali xabar berish bo‘yicha tushuntirildi.

🔹 Shuningdek, aholi noroziligiga sabab bo‘layotgan holatlarni bartaraf qilish, noqonuniy qurilishlarning oldini olish borasida mahallalar bilan hakorlikda olib borilayotgan targ‘ibot ishlari muhokama qilindi.

Telegram | Facebook | Instagram
#Kadastr #Buxoro
#Yer_nazorati #Vobkent_tumani

🏢 Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi Vobkent tumani bo‘limi inspektorlari tomonidan 2023-yilning o‘tgan 6 oylik davrida 8 ta holatda 1,6 gektar yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olinganligi aniqlangan.

❇️ Shundan 3 ta holat bo‘yicha 1,1 gektar yer uchastkalaridagi o'zboshimchalik bilan egallanish holatlari belgilangan tartibda fuqarolar tomonidan ixtiyoriy bartaraf etilgan.

❇️ 5 ta holatda 0,5 gektar yer maydonidagi qurilmalarni buzdirish uchun sudga da`vo arizalari kiritilgan.

🟩 Yer qonun buzilishi holatlarini keltirib chiqargan 48 nafar qonunbuzar shaxslarga 201 mln. 30 ming so’m jarimalar qo‘llanilgan.

Telegram | Facebook | Instagram
#Kadastr #Buxoro
#Yer_nazorati #Vobkent_tumani


⭐️ Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi Vobkent tumani bo‘limi inspektorlari tomonidan 2023-yilning o‘tgan 9 oyi davomida 24 ta holatda 2,8 gektar yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olinganligi aniqlangan.

🤔 Shundan 1,3 gektar yer uchastkalaridagi o'zboshimchalik bilan egallanish holatlari ixtiyoriy bartaraf etilgan.

📝 8 ta holatda 0,5 gektar yer maydonidagi qurilmalarni buzdirish uchun sudga da'vo arizalari kiritilgan. Ayni vaqtda mazkur da’vo arizalari yuzasidan sud jarayonlari davom etmoqda.

🔰 2 ta holatda yer maydonidagi qonun buzilish holatlari bo‘yicha hujjatlar qo‘shma tartib asosida prokuratura organlariga yuborilgan

💰 Yer qonunbuzilishi holatlarini keltirib chiqargan 74 nafar qonunbuzar shaxslarga 445.23 mln so’m jarimalar qo‘llanilgan.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yer_hisoboti #Kadastr
#Vobkent #Peshku

🌏 Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan yer hisobotini yuritishda “Yer hisobot” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga o‘tilmoqda. Yangi dasturning ishga tushirilishi munosabati bilan Buxoro viloyatidan Vobkent va Peshku tumanlari tanlab olinib, bugungi kunda dastlabki ma’lumotlar shakllantirilmoqda.

🌟Boshqarmaning Davlat yer kadastrini yuritish sho‘basi tomonidan ushbu hududlarga chiqqan holda tahlil jarayonlari olib borildi.

🔻Shuningdek, hududlarda 2024-yilgi yer hisobotini yakunlash va arxivlashtirish, qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan yer maydonlarini tahlil qilish, ro‘yxatdan o‘tkazish, Uzkad dasturidagi yer hisoboti mutaxassislarining ro‘li va boshqa dolzarb bo‘lgan vazifalarni o‘z muddatida sifatli yakunlash yuzasidan tushuntirish va topshiriqlar berildi.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM