Buxoro Kadastr ️
1.3K subscribers
5.66K photos
977 videos
1 file
4.07K links
Kadastr Agentligi hamda Davlat Kadastrlari Palatasi Buxoro viloyat boshqarmalarining rasmiy kanali

Murojaat uchun:
@Kadastr_muloqot_bot
Download Telegram
#Korrupsiyaga_qarshi_kurash #Targibot_tadbirlari

🔵Kadastr Аgentligi boshqarmasi boshlig'i tomonidan Vobkent, Peshku, Romitan hamda Qorako‘l tumanlarida ishlovchi tizim xodimlari uchun “Korrupsiyaga qarshi kurash” mavzusida yigʼilish oʼtkazildi.

🔵Uchrashuvda, har bir xodim oʼz xizmat vazifasiga vijdonan yondoshgan holda faoliyat yuritishi kerakligi, korrupsiya holatlari kelib chiqishidan nafaqat oʼzini balki yon atrofdagi hamkasblarini ham asrashi kerakligi alohida taʼkidlandi.

🔵Shuningdek, yig‘ilishda sohalarning rivojida toʼsqinlik qilayotgan korrupsiyani tag-tugi bilan yoʼqotishda har bir davlat xizmatchisi masʼul ekanligi uqtirildi.

Telegram Facebook Instagram
#Korrupsiyaga_qarshi_kurash #Targibot_tadbirlari

Kadastr agentligi boshlig‘i Yashin Habibovning "Korrupsiyaga qarshi kurash mavzusida" borasidagi hududlardagi o‘rganish va tushuntirish ishlari davom etadi.

Mana shunday tadbirlarning navbatdagisi Vobkent va Shofirkon tumanlarida o‘tkazildi.

Yig‘ilishda bugungi kunda jamiyatni tashvishga solayotgan eng global muammolardan biri – korrupsiya balosi ekanligi mamlaktimizda ushbu illatga qarshi kurashish masalasiga umumdavlat miqyosidagi vazifa sifatida qaralib, uning oldini olish yuzasidan izchil va muntazam ishlar olib borilayotganligi alohida ta’kidlandi.

Uchrashuvda, har bir xodim o‘z xizmat vazifasiga vijdonan yondashgan holda faoliyat yuritishi kerakligi, korrupsiya holatlari kelib chiqishidan nafaqat o‘zini balki yon atrofidagi hamkasblarini ham asrashi kerakligi aytib o‘tildi.

Telegram Facebook Instagram
#Korrupsiyaga_qarshi_kurash #Targibot_tadbirlari

🔹Kadast agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi rahbarlari tomonidan Buxoro shahar bo‘lim va filiali xodimlari uchun "Korrupsiyaga qarshi kurash" mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

🔹Unda viloyat markazida qolgan hududlarga nisbatan ishning ko‘lami kengligidan har xil mazmundagi “iltimoslar”ning ko‘plab bo‘lishi, moddiyat va yolg‘on va’dalar ta’sirida korrupsionga holatlarning kelib chiqish ehtimoli yuqoriligi aytilib, har bir xodim o`z vazifasiga vijdonan yondoshgan holda faoliyat yuritishini, vazifasini suiste’mol qilmasligi uqtirildi. Korrupsiya nafaqat har bir tizimni balki uni sodir qilgan insonning yaqinlari va oilasini ham yemirishi mumkinligi alohida ta’kidlandi.

🔹Sohada firibgarlik va ta’magirlik omillarni butunlay yo‘qotish, har bir xodimda korrupsiyaga qarshi immunitetni shakllantirish maqsadida o‘tkazilayotgan tadbirlar davom etadi.

Telegram Facebook Instagram
#Korrupsiyaga_qarshi_kurash #Targibot_tadbirlari

Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmalari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish, unga chek qo‘yish hamda bu illatning kelib chiqishiga imkon yaratayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Bu borada xodimlarning korrupsiya kabi salbiy holatlarga qo‘l urmasliklari uchun ular bilan doimiy profilaktik tadbirlar o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yilgan.

Mana shunday tadbirlarning navbatdagisi Olot va Qorako‘l tumanlarida boshqarma rahbaryati tomonidan o‘tkazildi.

Yig‘ilish davomida kadastr tizimida korrupsiyaga qarshi kurash olib borilayotganligi va korrupsiya kabi jinoyatlarga qo‘l urgan xodimlar qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantirildi. Bu kabi jinoyatlar nafaqat o‘zlarining balki, oila a`zolari hamda farzandlarining ham kelajagiga “bolta” urishga teng ekanligi yetkazildi.

Telegram Facebook Instagram
#Korrupsiyaga_qarshi_kurash #Targibot_tadbirlari

❗️Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi mas’ullari ishtirokida Buxoro tumanida “Korrupsiyaga qarshi kurash” mavzusida uchrashuv tashkil etildi.

Batafsil 👉 bu yerda

Telegram Facebook Instagram