#Kiberxavfsizlik
#Komplayens_nazorat
Kuni kecha, Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmalarining maxsus ishchi guruhi tomonidan G‘ijduvon tuman bo‘limi va filial xodimlari tomonidan foydalanib kelinayotgan kompyuterlar va elektron asbob uskunalar nazoratdan o‘tkazildi.
Mazkur tadbir davomida kompyuter fayllaridagi ma’lumotlar, ularning kiberxavfsizlik talablariga qay darajada javob berishi bir necha mezonlar bilan baholandi. O‘rganishlar davomida xodimlar o‘rtasida taqiqlangan ma’lumotlarni saqlash, almashish, ularni turli manbalardan izlash yoki olish holatlari aniqlanmadi.
Lekin shunga qaramay, xodimlar o‘z shaxsiy kompyuterlarida ishga tegishli ma’lumotlarni saqlashi, ish kompyuterlaridan foydalanishda ehtiyotsizlikka yo‘l qo‘yish holatlari aniqlandi va tegishli tartibda tushuntirish ishlari o‘tkazildi.
Telegram | Facebook | Instagram

Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasining Buxoro viloyati Shofirkon tumani bo‘lim va filialida barcha xodimlar ishtirokida «Maqsadimiz – halol ishlash» mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda boshqarmalar komplayens-nazorat xizmati bosh mutaxassislari S.Abdullayev, M.Xidirov hamda AKT ga mas’ul xodimi S.Primovlar ishtirok etdilar.
Tadbir avvalida Agentlik bo‘limi va Palata filiali xodimlarning ishga kelib-ketishlarini qayd etish hamda jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish kitoblari yuritilishi tahlil etildi. Ularda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.
Bundan tashqari bo‘lim hamda filiallarda foydalanilayotgan kompyuter texnikalarining xotira disklari ko‘zdan kechirilganida ularda diniy ekstremistik va boshqa buzg‘unchi g‘oyalarni targ‘ib qiluvchi materiallar mavjud emasligi maʼlum bo‘ldi.
Bu kabi tadbirlar joylarda davom etadi.

#Davra_suhbati
#Komplayens_nazorat
Qat'iy intizom—muvaffaqiyat garovi
Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Kogon tuman bo‘limi va filiali xodimlari ishtirokida davlat xizmatchilari o‘z kasbiy faoliyatida amal qilishi lozim bo‘lgan prinsiplar, belgilab qo‘yilgan majburiyatlar, ijro intizomi borasida davra suhbati tashkil qilindi.
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmalari komplayens nazorat xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan davra suhbatida xodimlarga ijro va mehnat intizomi qoidalariga rioya qilish ish unumdorligini oshirishga xizmat qilishi tushuntirildi.
Shuningdek, komplayens nazorat xizmati mutaxassislari tomonidan bo‘lim va filial xodimlariga kunlik ish faoliyatlarida kadastr ma’muriy binosiga kirib-chiqish va maxfiylik rejimlariga amal qilish, ishga kelib ketish tartibi, jamoada sog‘lom ma’naviy – ruhiy holatni saqlash bo‘yicha tegishli me’yoriy hujjatlarning talablari yetkazildi.