Buxoro Kadastr ️
2.81K subscribers
6.35K photos
1.08K videos
1 file
4.56K links
Kadastr Agentligi hamda Davlat Kadastrlari Palatasi Buxoro viloyat boshqarmalarining rasmiy kanali

Murojaat uchun:
@Kadastr_muloqot_bot
Download Telegram
▫️ AOKAda brifing bo‘lib o‘tdi▫️

Unda, Kadastr agentligi axborot xizmati rahbari N.Atamuratov Kadastr sohasiga oid qonunchilidagi yangiliklar to‘g‘risida axborot berdi.

◻️ Joriy yilning 18 iyul kuni Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda yurtimizda 2 million 600 mingta xonadonning kadastr hujjatlari mavjud emasligi ta’kidlandi. Kadastri yo‘q xonadonlar masalasini uzil-kesil hal qilish uchun alohida qonun loyihasi ishlab chiqish belgilandi. Bu borada yangi tartib ishlab chiqilayotgan qonunda o‘z aksini topadi.

◻️Ungacha ishchi guruh tomonidan:

▫️1 oktyabrga qadar mahallabay kadastr hujjati bo‘lmagan xonadonlarning elektron ro‘yxati shakllantiriladi;
▫️uy-joyga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etishga asos bo‘luvchi hujjatlar to‘planadi va elektron bazaga kiritiladi.

#DavKadastrPalata #brifing #AOKA

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
#AOKA #Brifing

😄Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida 🌟Kadastr agentligi Matbuot kotibi N.Atamuratov tomonidan "Ko‘chmas mulklarga oid maʼlumotlarni UZKAD axborot tizimiga o‘tkazish ishlari" mavzusidagi Brifing bo'lib o'tdi.

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-avgustdagi 198-son Farmoniga asosan, UZKAD axborot tizimi ko‘chmas mulklar to‘g‘risidagi maʼlumotlarining haqiqiyligi va ishonchliligi davlat tomonidan kafolatlanadigan yagona axborot tizimi etib belgilangan.

🟢Bunda:

💬 Ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bitimlarni rasmiylashtirish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish UZKAD tizimidagi maʼlumotlar asosida amalga oshiriladi va bu maʼlumotlarning haqqoniyligi davlat tomonidan kafolatlanadi;

💬Jismoniy va yuridik shaxslarga soliqlarni hisoblash, notarial harakatlarni rasmiylashtirish, davlat xizmatlari, bank, kommunal, sug‘urta va boshqa ommaviy xizmatlarni ko‘rsatishda ko‘chmas mulkka oid barcha maʼlumotlar tegishli davlat organlari hamda xizmat ko‘rsatuvchi shaxslarga UZKAD tizimi orqali taqdim etiladi;

💬 Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestriga kiritilgan yozuvlar va ko‘chmas mulk obyektlari bo‘yicha «mulk tarixi»ga oid maʼlumotlar jismoniy va yuridik shaxslar uchun ochiq bo‘ladi.


🎬 Batafsil videoda 🎬

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM