Buxoro Kadastr ️
1.33K subscribers
5.83K photos
1.01K videos
1 file
4.22K links
Kadastr Agentligi hamda Davlat Kadastrlari Palatasi Buxoro viloyat boshqarmalarining rasmiy kanali

Murojaat uchun:
@Kadastr_muloqot_bot
Download Telegram
▪️Kadastrga oid xizmatlar▪️

Bino va inshootlarning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishish tartibi:

▫️ Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markazlariga murojaat etadi yoki xizmatdan elektron shaklda foydalanish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz)da ro‘yxatdan o‘tadi;

▫️So‘rovnoma to‘ldirilib, unga bino va inshoot fasadining elektron ko‘rinishdagi eskiz loyihasi ilova qilinadi;

▫️Tuman (shahar) qurilish bo‘limlariga bino va inshootning devorlari rejasi, kesimi, fasad va kadastr pasporti nusxasi elektron shaklda yuboriladi;

▫️Vakolatli organ 5 ish kuni mobaynida joyiga borib bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirish imkoniyatini o‘rganib chiqadi;

▫️Bino va inshoot tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishib bergan kunning o‘zida kelishilgan loyiha eskizi elektron shaklda DXMga yoki ariza beruvchiga YaIDXP orqali yuboriladi.

🗓Xizmatni ko‘rsatish muddati: 5 ish kunida.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
#Kadastr #brifing

📢 21-iyul, payshanba kuni:

🔰 Brifing

● Mavzu: Kadastr sohasiga oid qonunchilik yangiliklar.

● Vaqti: 16:00

● Ishtirok etadi: Kadastr Agentligi axborot xizmati rahbari Neʼmatjon Atamuratov

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
▫️ AOKAda brifing bo‘lib o‘tdi▫️

Unda, Kadastr agentligi axborot xizmati rahbari N.Atamuratov Kadastr sohasiga oid qonunchilidagi yangiliklar to‘g‘risida axborot berdi.

◻️ Joriy yilning 18 iyul kuni Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda yurtimizda 2 million 600 mingta xonadonning kadastr hujjatlari mavjud emasligi ta’kidlandi. Kadastri yo‘q xonadonlar masalasini uzil-kesil hal qilish uchun alohida qonun loyihasi ishlab chiqish belgilandi. Bu borada yangi tartib ishlab chiqilayotgan qonunda o‘z aksini topadi.

◻️Ungacha ishchi guruh tomonidan:

▫️1 oktyabrga qadar mahallabay kadastr hujjati bo‘lmagan xonadonlarning elektron ro‘yxati shakllantiriladi;
▫️uy-joyga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etishga asos bo‘luvchi hujjatlar to‘planadi va elektron bazaga kiritiladi.

#DavKadastrPalata #brifing #AOKA

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
Кўчмас мулкларни кадастр қилиш учун қаерга мурожаат қилиш керак?

📍
https://uza.uz/posts/391933

🔻Ўзбекистоннинг ягона расмий ахборот агентлиги

Тelegram | Facebook | Instagram | You Tube‌‌
#Test

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga beruvchilar tomonidan tuzilgan shartnomani Davlat kadastrlari palatasi qancha muddatda ro‘yxatdan o‘tkazadi yoki rad etadi?
Anonymous Quiz
29%
2 ish kunida
35%
3 ish kunida
35%
5 ish kunida
#Bilasizmi

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik

🔹 fuqarolarga BHMning 10 baravari (3 mln so‘m),
🔸 mansabdor shaxslarga esa 15 baravari (4 mln 500 ming so‘m) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Telegram | Facebook | Instagram
#Huquqiy_targibot
#Xizmat_tekshiruv

Odatda barcha korxona va muassasalarda qonunchilik, ichki idoraviy hujjatlar talablari buzilgan holda sodir etilgan huquqbuzarlik holatlarining kelib chiqish sabablarini har tomonlama holisona va to‘laqonli o‘rganib chiqish bo‘yicha mas’ul xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkaziladi. Uning samaradorligini xizmat tekshiruvning xolisona va shaffof o‘tkazilgani belgilaydi.

Bugun, Davlat soliq qo‘mitasi Buxoro viloyati boshqarmasi mas’ullari ishtirokida Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmalari xodimlari bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda ayni shular haqida so‘z bordi.

Davlat soliq qo‘mitasi Buxoro viloyati boshqarmasi shaxsiy xafvsizlik bo‘limi boshlig‘i Sh.Narimonov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisining 2021 yil 9 iyunidagi «Xizmat tekshiruvi o‘tkazish tartiblari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 292-son buyrug‘i talablari haqida xodimlarga ma’lumot berildi.


Telegram | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Korrupsiyaga_qarshi_kurash

Korrupsiya millat kelajagiga, insonlarning osoyishta hayotiga va taraqqiyotga xavf soladi.

Kadastr agentligi jamoasi soha xodimlarini, fuqaro hamda tadbirkorlarimizni korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashga chorlaydi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Test

O‘zbekiston respublikasi yer fondi yerlari foydalanish maqsadlariga ko‘ra nechi xil toifaga bo'linadi?
Anonymous Quiz
30%
6 toifaga
67%
8 toifaga
3%
10 toifaga
▫️Matbuot kotiblari malakasi oshirilmoqda▫️

🔰 Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasining hududiy va tizim tashkilotlarining matbuot kotiblari uchun malaka oshirish o‘quv kurslari tashkil etilgani haqida xabar bergandik.

🔰 Ushbu hafta Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarma matbuot kotiblari poytaxtga kelib, o'quv seminarlarda faollik ko'rsatmoqdalar.

🔰 Bugun, axborot siyosatini yuritish, matbuot xizmati faoliyatini tashkil etishda qonunchilikdagi ahamiyatli jihatlar hamda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish, maqsadli auditoriya bilan ishlash mavzularida darslar tashkil etildi. Navbatdagi bosqichlar haqida yana ma’lumot beriladi.

#DavKadastrPalata #matbuot_kotiblari #o_quv_kurslari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube