Buxoro Kadastr ️
1.28K subscribers
5.67K photos
980 videos
1 file
4.08K links
Kadastr Agentligi hamda Davlat Kadastrlari Palatasi Buxoro viloyat boshqarmalarining rasmiy kanali

Murojaat uchun:
@Kadastr_muloqot_bot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA

Yangiliklar 24 | Kadastr agentligi xodimlari o‘rtasida mini-futbol musobaqasi

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔹KADASTR XALQ XIZMATIDA🔹

🔳 “Kadastr xalq xizmatida” shiori ostida yurtimiz mahallaridagi yoshlar daftari, ayollar daftari hamda temir daftarga kiritilgan fuqarolarning aynan kadastr bilan bog‘liq muammolarini hal etish, o‘rganish ishlarini olib borish bo‘yicha loyihamiz o'z samarasini bermoqda.

🔳 Loyihada galdagi tashabbusni Buxoro viloyati boshqarmasi o‘z qo‘liga oldi. Boshqarmaning Romitаn tumani filial xodimlari fuqaro va tadbirkorning kadastr bilan bog‘liq muammolarini hal etishdi.

#DavKadastrPalata #kadastr_xalq_xizmatida #oav_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
#Bilasizmi

Hukumat qaroriga ko‘ra, ko‘chmas mulk obyektini kadastr hisobiga olish va kadastr yig‘majildini shakllantirish natijasida ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha elektron shaklda kadastr pasporti rasmiylashtiriladi.

Jarayon qay tartibda amalga oshiriladi?

👨‍💼 Ariza beruvchi kadastr pasportini olish uchun Davlat xizmatlari markaziga murojaat qiladi yoki YIDXPda ro‘yxatdan o‘tadi.

🗂Ko‘chmas mulk obyektlarining turar joyga oid qismi bo‘yicha quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

🔷ko‘p qavatli uydagi xonadon – 3 ish kunigacha;
🔸yakka tartibdagi turar joy – 5 ish kunigacha;

💰Kadastr yig‘majildi shakllantirilgandan so‘ng kadastr pasportini berish uchun to‘lov miqdori qiymati ko‘rsatilgan xabarnoma (invoys) Davlat xizmatlari markaziga yoki ariza beruvchiga elektron shaklda yuboriladi.

Ariza beruvchi xabarnomani olgandan so‘ng 1 oy mobaynida to‘lov qiymatini to‘laydi.

Telegram | Facebook | Instagram
#Vakansiya
#Kadastr_agentligi

BIZNING JAMOAGA QO‘SHILISHNI
ISTAYSIZMI?

📣 Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi quyidagi mavjud bo‘sh ish o‘riniga tanlov e’lon qiladi:

Qorako‘l tuman bo‘limi bosh inspektori

📌Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalidan ro‘yxatdan o‘tishlari, mavjud vakant lavozimni tanlab, so‘ralgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari lozim.

❗️Hujjatlar 2022-yil 31-avgustgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

Telegram | Facebook | Instagram
#Bilasizmi
#Yer_nazorati
#Javobgarlik

🔰Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, Sug‘oriladigan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha yer egasi, yerdan foydalanuvchi yoki ijarachi tomonidan choralar ko‘rilmaganligi, shu jumladan yer uchastkasi o‘zboshimchalik bilan egallab olinganligi fakti to‘g‘risida vakolatli organlar xabardor etilmaganligi—

▪️fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari

▪️mansabdor shaxslarga — ellik baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Telegram | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #Qonun_775

📃"Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasining O'RQ-775-son qonunining mazmun-mohiyati Kadastr agentligi Metodologiya boshqarmasi bosh mutaxassisi Sultonbek Latipov tomonidan tushuntirildi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotidan asosiy tezislar:

▪️Tadbir avvalida davlatimiz rahbari Tadbirkorlar kuni munosabati bilan mukofotlangan soha vakillaridan bir guruhiga davlat mukofotlarini topshirdi.

▪️Korxonalarni toifalarga ajratib, ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha alohida yondashuv;

▪️Tadbirkorlar faoliyatini kengaytirish, yangi loyihalarni amalga oshirish uchun qulay moliyalashtirish tizimini yaratish;

▪️Tadbirkorlarning mulk huquqini himoya qilish masalasi;

▪️Tadbirkorlarning mol-mulkni xatlab qo‘yish;

▪️Tadbirkorlar faoliyatini nazorat qilish va ularni javobgarlikka tortish masalasi;

▪️Savdo qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik to‘liq bekor qilinadi;

▪️Savdo-sanoat palatasi va uning xududiy bo‘linmalarining faoliyati ham tubdan o‘zgaradi;

▪️Prezident huzurida Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Jamoatchilik kengashi tuziladi;

Telegram | Facebook | Instagram
XORIJDA KADASTR TIZIMI
Kadastr - Xitoy

🇨🇳Xitoyda yer kadastri tizimi 5000 yillik tarixga ega. Xitoyning zamonaviy kadastr tizimi bugungi kunda isloh qilinayotgan yer huquqlari tizimiga asoslanadi. Yer huquqi munosabatlaridan tashqari, kadastr tizimiga quyidagilar kiradi:
- yer tadqiqotlari;
- yerni ro'yxatdan o'tkazish;
- yerlarga qayta ishlov berish statistikasi;
- axborot tizimi.
Shuningdek, umumiy yer kadastri huquq munosabatlari bo'yicha sud da'volarini ham kiritadi.


Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
#Xabaringiz_bormi

🏠Ko'chmas mulk sotib olish arafasida bo'lsangiz hamda turli xil noqulay va noxush vaziyatlarga tushmaslikni oldini olishni istasangiz, ushbu obyekt buzilishga tushgan yoki tushmaganligi to'g'risida ma'lumotga ega bo'lish foydadan holi bo'lmaydi.

Buni qanday amalga oshirish mumkin?

Juda oddiy. YIDXP (my.gov.uz) yoki Davlat xizmatlari markazi orqali murojaat qilib, ma'lum bir ko'chmas mulk buzilishga tushgan yoki tushmaganligi to'g'risida ma'lumotnoma olishingiz mumkin.

🔢Xizmatdan foydalanish uchun faqatgina ko'chmas mulk obyektining kadastr raqami kerak bo'ladi.

💰Xizmat narxi —15 000 so'm (BHMning 5 foizi) miqdorida

Xizmat ko'rsatish muddati – 3 ish kuni

Telegram | Facebook | Instagram
#kadastr #infografika #2022 #bu_qiziq

🟢 Kadastr pasportini tayyorlash muddatlarini bilasizmi?

📌 Batafsil infografikada

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Infografika
#Statistika

🔰 Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi hamda tuman va shahar filiallari mutaxassislari tomonidan viloyatdagi mavjud 2 240 ta ko'p qavatli turar-joylarni UzKad dasturiga kiritish ishlari olib borilmoqda.

🔹Bugungi kunga qadar 905 ta ko'p qavatli turar-joylar to'g'risidagi ma'lumotlar elektron dasturga to'liq kiritildi.

Telegram | Facebook | Instagram
#Auksion
#Statistika

🔰Davlat kadastrlari palatasi taqdim etgan ma'lumotlarga ko‘ra, respublikamizning barcha hududlari bo‘yicha 16-24 avgust kunlari 1 518 ta yer uchastkalari auksion savdolariga taqdim etilgan.

Mazkur muddatda Buxoro viloyatidan tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun jami 46,7 gektar maydonda joylashgan 266 ta yer uchastkasi savdoga chiqarilgan.

📧 Davlat kadastrlari palatasi taqdim etgan ma'lumotlar asosida e-auksion.uz da qatnashing va shaffof, ochiq yo'l bilan yer uchastkalarini sotib oling!

Telegram | Facebook | Instagram
#Qonunchilik_yangiliklari

⚡️Mol-mulkka taqiq qo‘yilganligi to‘g‘risidagi elektron ma’lumotlar banki joriy etiladi

🔰Hukumat qarori bilan boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlab yoki xatlab qo‘yilgan mol-mulklar elektron ma’lumotlar bankini shakllantirish, yuritish va undan foydalanish to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

▪️Nizomga muvofiq, mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlab yoki xatlab qo‘yish, uni bekor qilish to‘g‘risidagi ma'lumotlarni elektron ma'lumotlar bankiga kiritishda ko‘chmas mulkka oid ma'lumotlar— Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining elektron axborot tizimlaridan real vaqt rejimida olinadi.

Telegram | Facebook | Instagram
⚡️Hurmatli fuqarolar hamda tadbirkorlar!

Aholining kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Buxoro viloyati fuqarolari hamda tadbirkorlari uchun sayyor qabul o‘tkazilishini ma'lum qilamiz.

📝 Kadastr sohasiga oid murojaatlaringiz bo‘lsa, joriy yilning 26-avgust kuni soat 10.00 da sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

📌 Sayyor qabul Kadastr agentligining Buxoro viloyati boshqarmasi mas'ullari ishtirokida bo‘lib o‘tadi.

📍Manzil: Vobkent tumani, «Kumushkent» MFY binosi.

Telegram | Facebook | Instagram
Buxoro viloyati aholisi diqqatiga!

📌Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishda muammoga duch kelayotgan bo‘lsangiz Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasining +99865-221-01-88 ishonch telefoniga murojaat qilishingiz mumkin.

❗️Shuningdek, viloyat boshqarmalari hamda ularning hududiy bo‘lim va filiallari xodimlarining noqonuniy harakatlari yuzasidan Komplayens-nazorat xizmatining +99888-238-45-45 raqamlariga murojaat qiling!

Telegram | Facebook | Instagram
#Statistika
#Info

Buxoroda tadbirkorlik subyektlarining ko‘chmas mulklari qancha?

📌 Davlat soliq qo‘mitasi taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, respublikamizda tadbirkorlik subyektlarining ko‘chmas mulklari sezilarli darajada ko‘paygan.

📊 2022-yil 1-iyul holatiga kadastr hujjatlari asosida tadbirkorlik subyektlari egaligidagi ko‘chmas mulklar soni 205 357 taga yetib, 2021-yilning mos davriga nisbatan 22 230 taga ko‘proq bo‘lib, o‘sish dinamikasi 112 foizga yetgan.

▪️Ayni paytda Buxoro viloyatida 12 034 ta ko‘chmas mulk obyektlari tadbirkorlik subyektlari egaligida.

Telegram | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #foydali

SNOSlar haqida ma'lumotga egamisiz?

📹Bu savol javobini videorolikni tomosha qilib bilib olishingiz mumkin.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
📌Yer uchastkasini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun ajratish haqidagi qarorda quyidagi masalalar aks ettirilgan bo‘lishi kerak:

▪️ obyektni qurish shartlari;

▫️ berilayotgan yer uchastkasining umumiy maydoni, yer turlari (mavjud bo‘lgan taqdirda), yer egalari, mulkdorlar, foydalanuvchilar va ijarachilar bo‘yicha;

🔹 yer uchastkasining egalari, mulkdorlari, foydalanuvchilari va ijarachilariga qoplanishi kerak bo‘lgan zararlar (mavjud bo‘lgan taqdirda) miqdorlari va ularni qoplash muddatlari;

🔹 yer uchastkasini rekultivatsiya qilish zarurati, yer uchastkasini olib qo‘yilgan egalari, mulkdorlari, foydalanuvchilari va ijarachilariga qaytarish shartlari (mavjud bo‘lgan taqdirda);

🔹 tuproqning unumdor qatlamini olib tashlash zarurati (mavjud bo‘lgan taqdirda);

🔹 suv muhofazasi, ekologik, yong‘inga qarshi, sanitariya shartlari va talablari (zarurat bo‘lganda).

Telegram | Facebook | Instagram
Rasmiy munosabat!

Bugun, Tezkor-yangiliklar.uz sayti orqali «Aholi nimadan norozi, fuqarolar murojaatini kim nazoratga oladi?» sarlavhasi ostida maqola e’lon qilindi.

Unda, Buxoro shahar Alpomish ko‘chasi hududida fuqaro Sh.K. tomonidan yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallanib, unda qurilish ishlari olib borilayotgani yuzasidan Buxoro shahar Alpomish ko‘chasi 18, 18/1, 18/2, 18/3-uylar hamda Navoiy shox ko‘chasi 45-uyda yashovchi bir guruh fuqarolarning noroziliklari aks etgan.

Ushbu murojaat Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqildi.

👉 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Statistika
#Info

Davlat kadastrlari palatasi hududlar bo‘yicha 2022-yil 18-24-avgust kunlaridagi ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish yuzasidan jami ma’lumotlarni taqdim etadi. Yuqorida ro‘yxatdan o'tkazish uchun kelib tushgan arizalar soni va ularning qanchasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi bo‘yicha statistik ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

📊 O'tgan vaqt oralig'ida davlat ro'yxatidan o'tkazilgan obyektlar soni umumiy 9 965 tani tashkil etdi. Shundan 1 133 tasi Buxoro viloyati hissasiga to‘g‘ri keladi.

Telegram | Facebook | Instagram