#Qonunchilik_yangiliklari
#Kadastr #Buxoro
📝 Prezident Farmoniga muvofiq, aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini koʻrsatish sohasida qoʻshimcha qulaylik yaratish maqsadida 2024-yil 1-iyuldan:
🔺 avval davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan (davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma berilgan yoki huquqni belgilovchi hujjatga ustxat yozish yoʻli bilan tasdiqlangan) va hozir ham amalda boʻlgan koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni elektron tarzda davlat reyestriga kiritish va bu haqida davlat reyestridan koʻchirma berish bepul amalga oshiriladi;
🔺 noturar joylarni boshqa shaxsga oʻtkazishga oid bitimlarni rasmiylashtirish bitim tomonlari davlat xizmatlari markaziga kelgan va ularning shaxsi markaz xodimi tomonidan aniqlashtirilgan holda amalga oshiriladi hamda rasmiylashtirilgan bitim bir vaqtning oʻzida davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun kadastr organlariga yuboriladi;
📆 2024-yil yakuniga qadar:
🔺 davlat xizmatlarini koʻrsatishda shaxsni biometrik identifikatsiya qilish (Face-ID) usuli joriy qilinadi;
💠 Bunda, fuqarolar tomonidan shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish talab etilmaydi.
🔻 fuqarolar tomonidan davlat xizmatlari markazlari hamda notarial idoralar orqali Mobile-ID tizimida identifikatsiya va qayta identifikatsiyadan oʻtish bepul asosda amalga oshiriladi.
🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
#Kadastr #Buxoro
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilik #Ipoteka
#Davlat_royxatidan_otkazish
📝 "Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida"gi qonunga asosan, ipoteka to‘g‘risidagi shartnoma notarial tartibda tasdiqlanishi kerak (bundan ko‘chmas mulkni birlamchi bozordan olish chog‘idagi ipoteka to‘g‘risidagi shartnoma mustasno) va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.
🔺 Ipoteka to‘g‘risidagi shartnoma ipotekani shartnoma asosida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos bo‘ladi.
🔺 Kredit shartnomasi yoki qarz shartnomasi qonun asosidagi ipotekani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos bo‘ladi.
🔺 Ipotekani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish davlat reyestriga tegishli yozuvni kiritish orqali amalga oshiriladi.
🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
#Davlat_royxatidan_otkazish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi #Qonunchilik
#Kadastr #Buxoro
❌ Fuqarolar, yuridik shaxslar va boshqa subyektlar o‘rtasida ko‘chmas mol-mulklarni notarial ravishda rasmiylashtirishda yuzaga keladigan muammolarning biri taqiqlar bilan bog‘liqdir.
📃 Qonunchilikka ko‘ra, sud yoki boshqa organlar qarorlari bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaganda, qarzdorliklar bartaraf etilmagan taqdirda, qarzdorlar jismoniy yoxud yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulklarga taqiqlar qo‘yilishi mumkin.
◾️ Fuqarolar ko‘chmas mulklarga oid qidiruv yoki taqiq bo‘yicha ma’lumotlarni Majburiy ijro byurosining Mib.uz rasmiy saytidagi “Interaktiv xizmatlar” sahifasida “Ko‘chmas mulkni tekshirish” ruknlari orqali bilib olishlari mumkin.
☝️ Buning uchun “Ko‘chmas mulkni tekshirish” rukniga kirib kadastr raqamlarni kiritish orqali taqiq mavjud yoki yo‘qligi haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lish mumkin.
❗️ Agarda, ko‘chmas mulkda taqiqlar aniqlansa, ushbu saytning “Qarzdorlikni tekshirish” rukni orqali bu haqida batafsil ma’lumot olish mumkin.
◾️ Shuningdek, qarzdorlik elektron to‘lov tizimi orqali bartaraf etilganida, mavjud qidiruv va taqiqlar shu zahoti bekor qilinadi.
Telegram🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
#Kadastr #Buxoro
Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilik_yangiliklari #Kadastr #Buxoro
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Shaharsozlik hujjatlarini tayyorlash tizimi takomillashtiriladi.
#Qonunchilik_yangiliklari #Kadastr #Buxoro
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilik_yangiliklari
#Kadastr #Buxoro
🇺🇿 Joriy yilning 15-noyabrida Prezident tomonidan "O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga yer uchastkalaridan samarali foydalanish, sohadagi huquqbuzarliklarning oldini olish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi 997-sonli Qonun imzolandi.
⚡️ Qonun bilan O‘zboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida bo‘lgan yer uchastkasini qaytarish, o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash to‘g‘risidagi ishlarni yuritishda Prokuror, o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni aniqlash hamda ularni bartaraf etishni (buzib tashlashni) tashkil etish sohasidagi vakolatli davlat organi o‘zboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida bo‘lgan yer uchastkasini qaytarish, o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash to‘g‘risidagi da’vo arizasi bilan sudga murojaat etishga haqli.
🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
#Kadastr #Buxoro
⚡️ Qonun bilan O‘zboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida bo‘lgan yer uchastkasini qaytarish, o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash to‘g‘risidagi ishlarni yuritishda Prokuror, o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni aniqlash hamda ularni bartaraf etishni (buzib tashlashni) tashkil etish sohasidagi vakolatli davlat organi o‘zboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida bo‘lgan yer uchastkasini qaytarish, o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash to‘g‘risidagi da’vo arizasi bilan sudga murojaat etishga haqli.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM