Buxoro Kadastr ️
2.87K subscribers
6.28K photos
1.07K videos
1 file
4.51K links
Kadastr Agentligi hamda Davlat Kadastrlari Palatasi Buxoro viloyat boshqarmalarining rasmiy kanali

Murojaat uchun:
@Kadastr_muloqot_bot
Download Telegram
🗓Bugun – O'zbekiston Kasaba uyushmalari kuni

💼 Hurmatli Kasaba uyushmalari xodimlari!

🔹 Sizlarni bugungi kasb bayramingiz bilan tabriklaymiz hamda xodimlarning mehnat faoliyati, ularning haq-huquqlarini himoya qilish yo'lidagi sa'y-harakatlaringiz bardavom bo'lishini tilab qolamiz!

#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
▪️9-iyun - Xalqaro arxivlar kuni▪️

🌱 Xalqaro arxivlar kengashi (ICA) tomonidan 2007-yil noyabr oyida Kanadada o‘tkazilgan Bosh assambleyada 9-iyun – Xalqaro arxivlar kuni etib har yili nishonlash joriy etilgan.

🗂 Arxivlar – davlatning tarixini oʻzida mujassam etgan hujjatli asosga tayangan yirik axborot manbayidir, shu sabab “Arxivlar –tarix koʻzgusi” deya eʼtirof etiladi. Kengashning asosiy vazifasi dunyo arxiv merosini saqlash, muhofaza qilish va kengaytirish hamda xalqlarning oʻz tarixini oʻrganish va bilishga oid boʻlgan huquqlarini amalga oshirishda yordam berishdir.

🌟 Ushbu kuni nafaqat mazkur soha ishchilarining kasbiy bayramigina bo‘lmay, balki keng jamoatchilik va qaror qabul qiluvchi shaxslar e'tiborini arxiv ishi yutuqlari va muammolariga qaratadigan unutilmas sana hisoblanadi. Shu munosabati bilan, Davlat kadastrlari palatasi jamoasi kasb bayramini nishonlayotgan xodimlarni Arxivlar kuni munosabati bilan tabriklaydi.

#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Muhim_sana

⚔️ Bugun, 9-aprel - Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun

🟢 O‘rta asrning yirik davlat arbobi, buyuk sarkarda, kuchli, markazlashgan davlat asoschisi, ilm-fan va madaniyat homiysi Amir Temur 1336-yilning 9-aprel kuni Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘ida (hozirgi Qashqadaryo viloyati hududi) tug‘ilgan.

🟢Sohibqiron tavallud topgan kun mamlakatimizda har yili ko’tarinki ruhda keng nishonlanadi. Bu yil ham ulug’ sarkarda tavalludining 688 yilligi tadbirlari o’tkazilmoqda.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

15-may - Xalqaro oila kuni

👨‍👩‍👧 Oila — jamiyatning asosiy boshlang‘ich bo‘g‘ini, go‘zal urf-odatlar, milliy qadriyat va an’analarlarni o‘zida asrovchi, asrlar osha tarbiyada o‘ziga xos milliylikni shakllantiruvchi muqaddas maskan, Vatan ichida kichik Vatandir.

🇺🇿 O'zbekistonda, qolaversa, Sharq dunyosida oila qadimdan muqaddas dargoh sifatida qadrlangan. Oilada vatanga sadoqat, ota-onaga oqibat, oila aʼzolari o‘rtasida o‘zaro hurmat, mehr-muruvvat omillari o‘sib kelayotgan yosh avlod ongiga singdirilib, oiladagi maʼnaviy muhitni barqarorlashtirishga, ularning jamiyat oldidagi masʼuliyatini kuchaytirishga xizmat qiladi.

◼️Shu o'rinda, mamlakatimizda oila institutining huquqiy asoslari ham mustahkamlangan. Oila kodeksi hamda qator qonun va qarorlar, qonunosti hujjatlari oilalar mustahkamligi yo‘lida zamin bo‘lmoqda.

#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

ISHONCH VA UMIDLARINI BOG'LOVCHI KO'PRIK


Assalomu alaykum hurmatli hamkasblar!
Bugun 2024 yil, 8-noyabr!

🗓 Bu kun tarixga "O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo'lgan huquqlarni e'tirof etish to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasining 937-sonli Qonuni kuchga kirgan kun sifatida muhrlandi.

🇺🇿Bu kun, necha yillardan buyon vatandoshlarimizni qiynab kelayotgan ulkan muammolaridan biriga bosqichma-bosqich barham berilishining muqaddimasidir.

⭐️🌟Mazkur sharafli, shuning bilan birga mashaqqatli faoliyatni ya'ni yurtimiz bo'ylab xatlov jarayonlarini boshlash arafasida ekanmiz, barchangizga kuch-quvvat, metin iroda, sabr-toqat, shijoat va g'ayrat tilab qolaman. Tashkilotimizdagi har bir xodimning, ayniqsa, kadastr muhandislari va topograflarning amalga oshirajak har bir zahmatli ishlari, mehnatlari biz uchun qadrlidir!

Zero, mazkur muhim hodisada vatanimiz va yurtdoshlarimiz orasida ularning ishonch va umidlarini bog'lovchi ko'prik vazifasini bajarish aynan bizning zimmamizdagi burchimizdir.

🇺🇿 Ishonch bilan ayta olamanki, Sizdek o'z kasbiga sadoqatli hamkasblarimiz bor ekan, yurtboshimiz, davlatimiz va xalqimizning bizga bildirayotgan yuksak ishonchlarini albatta yorug' yuz bilan oqlaymiz!

➡️ Shunday bo'lsada, har biringizdan yana bir bor o'z vazifalaringizni xalqimizni rozi qilish yo'lida halol, pok va vijdonan hamda sidqidildan bajarishingizni so'rab qolaman!

Hurmat ila
Davlat kadastrlari palatasi raisi M.K.Valiyev


#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Bugun 22-mart – Butunjahon suv resurslari kuni


💧 Butunjahon suv kunining asosiy maqsadi – barcha uchun suv resurslari va sanitariyaning mavjudligi hamda ulardan oqilona foydalanishni ta’minlashga erishish bo‘yicha sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashdir.

💧Ma’lumotlarga ko‘ra, yer yuzining 70% dan ortig‘i suv bilan qoplangan bo‘lsa-da, ichimlik suvi zaxiralari atigi 2,5% ni tashkil qiladi.

💦 Shunday ekan, suvni asrang va u ham sizni asraydi!

#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Muhim_sana

⚔️ Bugun, 9-aprel - Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun

🟢 O‘rta asrning yirik davlat arbobi, buyuk sarkarda, kuchli, markazlashgan davlat asoschisi, ilm-fan va madaniyat homiysi Amir Temur 1336-yilning 9-aprel kuni Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘ida (hozirgi Qashqadaryo viloyati hududi) tug‘ilgan.

🟢 Amir Temur – butun Turkiston, Eron, Iroq, Kichik Osiyo va Hindistonning bir qismini birlashtirgan ulkan imperiya asoschisidir.

🟢 Amir Temur hayoti davomida 30 dan ortiq harbiy yurishlar qilgan, buning natijasida yirik hududlarda markazlashgan, kuchli davlat tuzilgan. U nafaqat buyuk sarkarda, balki madaniyat va ilm-fan homiysi sifatida ham tarixda o‘chmas iz qoldirgan.

🟢 Sohibqiron tavallud topgan kun mamlakatimizda har yili ko’tarinki ruhda keng nishonlanadi. Bu yil ham buyuk sarkarda tavalludining 689 yilligi tadbirlari o’tkazilmoqda.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️2-iyul - O'zbekiston Respublikasi davlat gerbi qabul qilingan kun

🌏 Gerb — har bir davlatning ramzi, xalqning timsolidir. Bugun O'zbekiston Respublikasining Davlat gerbi, rasmiy davlat ramzining qabul qilingan kuni! “O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to'g'risida”gi Qonun 1992-yil 2-iyulda qabul qilingan.

🇺🇿 Oʻzbek xalqining shon-sharafi, gʻururi, tarixiy xotirasi va intilishlarini oʻzida mujassamlashtirgan gerbimiz jonajon Vatanimizning betakror timsoli, oʻziga xos va oʻziga mos davlat ramzlaridan biridir.

🇺🇿 Uni e’zozlash o‘zining, o‘z mamlakatining qadr-qimmatini bilgan har bir insonning muqaddas burchidir.

#Kadastr #Buxoro #Muhim_sana

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM