Buxoro Kadastr ️
1.3K subscribers
5.66K photos
977 videos
1 file
4.07K links
Kadastr Agentligi hamda Davlat Kadastrlari Palatasi Buxoro viloyat boshqarmalarining rasmiy kanali

Murojaat uchun:
@Kadastr_muloqot_bot
Download Telegram
Ayrim yerlarni auksionga chiqarish tartibi o‘zgaradi

🇺🇿O‘zbekistonda ayrim yerlar xususiy tibbiyot va ta’lim tashkilotlarini tashkil etish uchun faqat ixtisosligi bo‘yicha auksionga chiqariladi.

💠 Davlat rahbari ishtirokidagi yig‘ilishda mutasaddilarga bo‘sh yerlarni aniqlab, xususiy tibbiyot va ta’lim tashkilotlarini tashkil etish uchun faqat ixtisosligi bo‘yicha auksionga chiqarish topshirildi. IT xizmatlarining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 3-3,5 foizga teng ekani, bu boradagi imkoniyatlar hali to‘liq ishga solinmagani ko‘rsatib o‘tildi.

▪️Prezident matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, yig‘ilishda tez o‘sib borayotgan xususiy ta’lim va tibbiyot xizmatlari imkoniyatini to‘liq ishga solish uchun tadbirkorlarga aholiga yaqin, kompleks xizmatlar ko‘rsatish imkoni bor joylardan yer berish mumkinligi ta’kidlandi.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Savol_Javob #Kadastr
#Buxoro

Savol: Qurilishi tugallanmagan obyektni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish mumkinmi?

Javob: Qurilishi tugallanmagan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlar tegishli loyiha tashkiloti tomonidan ularning qurilishi boshlanganligi tasdiqlangan taqdirda, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi mumkin.

▪️Bunda bino va inshootning poydevor va birinchi qavati devorlarining qurilish ishlari yakunlanganligi qurilishni boshlangan deb topish uchun asosi hisoblanadi.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Davlat ro'yxatidan o'tgan obyektlar statistikasi

📁 Davlat kadastrlari palatasi respublika bo'yicha ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o'tkazish uchun kelib tushgan arizalar soni va ularning qanchasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi bo‘yicha statistik ma'lumotlarni taqdim etadi.

📆 Hisobot davri: 13-19 - dekabr, 2023-yil

▫️ O'tgan hafta davomida davlat ro'yxatidan o'tkazilgan obyektlar soni umumiy 6 284 tani tashkil etdi.

Izoh: Mazkur hisobotda qabul qilingan arizalar faqat ish kunlarida ko‘rib chiqilishini ma’lum qilamiz.

#DavKadastrPalata #ro_yxatdan_o_tkazish #statistika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqiy_malumot
#Kadastr #Buxoro

📝 Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, vaqtincha egallab turilgan yerlarni o'z vaqtida qaytarib bermaslik yoki ularni o'z o'rnida foydalanmaslik uchun yaroqli holga keltirish yuzasidan majburiyatlarni bajarmaslik— bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilik
#Kadastr #Buxoro

📝«Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida»gi qonun ko‘chmas mulkning quyidagi turlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga nisbatan tatbiq etiladi:

💠 yer uchastkalariga;
💠 binolarga, inshootlarga, shu jumladan qurilishi tugallanmagan obyektlarga;
💠 ko‘p yillik dov-daraxtlarga;
💠mulkiy majmua sifatidagi korxonaga.

⚠️ Binolarga, inshootlarga hamda qurilishi tugallanmagan obyektlarga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ushbu ko‘chmas mulk joylashgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaguniga qadar amalga oshirilmaydi.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Savol_javob #Kadastr
#Buxoro

SAVOL: Dehqon xo‘jaligi uchun ajratilgan yerga imorat qursa bo‘ladimi?

JAVOB:

‼️Yo'q, taqiqlanadi. Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasidan dehqon xo‘jaligining ixtisoslashuvi asosida faqat qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun foydalanilishi kerak.

▪️ Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasidan foydalanish shartlari yer uchastkasiga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi hujjatda ko‘rsatiladi.

▪️ Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasida binolar va inshootlarni, shu jumladan yer osti inshootlarini qurish taqiqlanadi, bundan yengil konstruksiyali issiqxonalar va sug‘orish inshootlarini qurish mustasno.

▪️ Dehqon xo‘jaligi o‘z tasarrufidagi yer uchastkasini muhofaza qilishi (yerlardan xo‘jasizlarcha foydalanishga yoki ularning yaroqsiz holga kelib qolishiga yo‘l qo‘ymasligi), uning mahsuldorligini saqlashi va oshirishi shart.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yer_nazorati #Kadastr
#Buxoro #Bartaraf

⭐️ Kadastr agentligi Buxoro shahar bo‘limi tomonidan shaharning Mustaqillik ko‘chasi hududida nazorat tadbiri o‘tkazilganda fuqaro tomonidan 35 kv.metrdan iborat yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olinib noqonuniy qurilish ishlari bajarilganligi aniqlandi.

😎 Mazkur holat yuzasidan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddasi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 15 kun muddatda noqonuniy qurilmani ixtiyoriy buzish uchun ogohlantirish xati berildi.

Tushuntirish ishlari natijasida noqonuniy qurilma fuqaro tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf qilindi.

⚠️ Eslatib o‘tamiz, yer qonunbuzilishini sodir etgan shaxs tomonidan yer uchastkasi qaytarilishi taʼminlanib, oqibatlari bartaraf etilsa, yer qonunbuzilishini sodir etgan shaxsga nisbatan maʼmuriy jarima jazosi qo‘llanilmaydi!

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqiy_malumot
#Kadastr #Buxoro

Ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildiga va kadastr pasportiga o‘zgartishlar kiritish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:

▪️yer uchastkasining chegarasi o‘zgarganligi (chiziqlarning uzunligi, yer uchastkasining burilish nuqtalari soni yoki uning chegarasining burilish burchaklari o‘zgarganligi, bunda kadastr raqami va yer uchastkasining mo‘ljallangan maqsadi o‘zgarmaydi);
▪️binoning, inshootning yuqori qavati, uyga tutash qism, alohida joy qurilganligi va foydalanishga topshirilganligi;
▪️binoning, inshootning qayta qurilganligi va foydalanishga topshirilganligi;
▪️binoning, inshootning, qurilishi tugallanmagan obyektning bir qismi buzilganligi (vayron bo‘lganligi) yoki yo‘q qilinganligi;
▪️ko‘chmas mulkning mo‘ljallangan maqsadi o‘zgarganligi;
▪️qurilishi tugallanmagan obyektning qurilishi tugallanganligi va foydalanishga topshirilganligi.

‼️Ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildiga va kadastr pasportiga o‘zgartishlar kiritish qonunchilikka muvofiq boshqa asoslarda ham amalga oshirilishi mumkin.

⚠️Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq turi yoki huquq egasi o‘zgarganda kadastr pasporti o‘zgartirilmaydi. Ko‘chmas mulkning bir qismi boshqa shaxsga o‘tkazilganda yoki unga o‘zgartishlar kiritilganda (rekonstruksiya qilish, qo‘shimcha imorat qurish va (yoki) alohida imorat qurish), ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildi shakllantirilganidan va kadastr pasporti berilganidan keyin amalga oshiriladi.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #Ijtimoiy_rolik

🏠 Uy-joyni o’z vaqtida davlat ro’yxatidan o’tkazmaslik ko’plab muammoli vaziyatlar keltirib chiqarishi mumkin.

📹 Videoda shunday holatlarning biri misol qilingan.

‼️Sizda ham mana shunday holat bo’lmasligi uchun ko’chmas mulkingizni o’z vaqtida davlat ro’yxatidan o’tkazing.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

▶️ Bizda yangi yutuqlar!!!

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi ISO sertifikatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tdi hamda sifat va korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida xalqaro standartlarga muvofiqligini tasdiqladi!

🔰 Sertifikatlashtirish tekshiruvi natijalariga ko‘ra, Davlat kadastrlari palatasiga ISO 9001:2015 “Sifat menejmenti tizimi va talablar” hamda ISO 37001:2016 “Korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimi. Foydalanish bo‘yicha talablar va ko‘rsatmalar" standartlariga muvofiq xalqaro va milliy sertifikatlar taqdim etildi.

▪️ Batafsil : 👉 https://uzdkp.uz/uz/bizda-yangi-yutuqlar/

🌟 Kadastr xizmatlaridan foydalanayotganingiz va ishonchingiz uchun o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz! Ushbu sertifikatlar tashkilotimizga yanada katta mas‘uliyat yuklaydi hamda faoliyatimizda sifat, samaradorlik, halollik va shaffoflikga sodiqligimizni ko'rsatadi.

#DavKadastrPalata #kadastrda_xalqaro_sertifikat

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Korrupsiyaga_qarshi_kurash
#Kadastr #Buxoro

KORRUPSIYAGA QARSHI BIRGALIKDA KURASHAMIZ!

⚠️ Hurmatli fuqarolar, siz kadastr yo‘nalishida korrupsiyaga duch kelsangiz, bizga xabar bering!

📞 Korrupsiya holatlari haqida ma’lumotlarni Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmalarining korrupsiyaga qarshi kurash xizmatining +998 88-238-45-45 raqamli telefoniga qo‘ng‘iroq qilib xabar qilishingiz mumkin.

‼️Yuborilgan xabarlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi hamda murojaat qiluvchining shaxsi sir saqlanadi.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Huquqiy ma'lumot

📃 Xabaringiz bor, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-dekabrdagi "Davlat mulkini ijaraga berish tartibini yanada takomillashtirish to'g'risida" gi 660-son qarori qabul qilingan edi.

◼️Unga ko'ra, Ijara shartnomasida quyidagilar ko‘rsatiladi:

- ijaraga berilayotgan davlat mulkining joylashgan joyi, turi, tarkibi;
- ijara muddati;
- ijara to‘lovining miqdori, uni to‘lash tartibi va muddatlari;
- ijara to‘lovi miqdorini qayta ko‘rib chiqish asosi va tartibi;
- ijaraga berilayotgan davlat mulkining holati va uni ijaraga oluvchiga topshirish muddati;
- shartnoma muddati tugagan yoki muddatidan avval bekor qilinganda, ijaraga oluvchi ijaraga olingan davlat mulkini balansda saqlovchiga soz, but va foydalanishga yaroqli holatda tezkor qaytarish shartlari;
- ijaraga berilayotgan davlat mulkini tiklash va ta’mirlash tartibi va shartlari;
- ijaraga beruvchiga uning so‘rovi asosida ijaraga oluvchi va balansda saqlovchi taqdim etadigan axborotlar, ularning haqqoniyligi, taqdim etish tartibi va muddati;
- ijara shartnomasi shartlari, jumladan, ijara to‘lovlarini to‘lash muddatlarining buzilish oqibatlari;
- tomonlarning huquqlari, majburiyatlari va boshqa javobgarliklari;
- davlat mulkining har qanday yaxshilanishi balansda saqlovchining yozma roziligi bilan amalga oshirilishi;
- qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa shartlar.

◼️Kommunal xizmatlar, elektr energiyasi, suv, gaz iste’moli va issiqlik ta’minoti uchun ijaraga oluvchi bilan balansda saqlovchi yoki xizmat ko‘rsatuvchi o‘rtasida alohida shartnoma tuziladi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yer_nazorati #Kadastr
#Buxoro #Bartaraf

Buxoro shahrida yer nazorati tadbirlari

⭐️ Kadastr agentligi Buxoro shahar bo‘limi tomonidan shaharning Mustaqillik ko‘chasi hududida nazorat tadbiri o‘tkazilganda fuqaro tomonidan 16 kv.metrdan iborat yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olinib noqonuniy qurilish ishlari bajarilganligi aniqlandi.

😎 Mazkur holat yuzasidan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddasi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 15 kun muddatda noqonuniy qurilmani ixtiyoriy buzish uchun ogohlantirish xati berildi.

Tushuntirish ishlari natijasida noqonuniy qurilma fuqaro tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf qilindi.

⚠️ Eslatib o‘tamiz, yer qonunbuzilishini sodir etgan shaxs tomonidan yer uchastkasi qaytarilishi taʼminlanib, oqibatlari bartaraf etilsa, yer qonunbuzilishini sodir etgan shaxsga nisbatan maʼmuriy jarima jazosi qo‘llanilmaydi!

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xabaringiz_bormi

Yangi yilda ish haftasining turidan qatʼiy nazar barcha xodimlar ketma-ket 4 kun dam olishadi:

▪️30 dekabr — shanba,
▪️31 dekabr — yakshanba,
▪️1 yanvar — dushanba (Yangi yil),
▪️2 yanvar — seshanba.

⚠️ 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kunlari quyidagi tartibda koʻchirildi:

6 yanvar — shanba kunidan 2 yanvar — seshanba kuniga. Shunda 2 yanvar — seshanba 5 kunliklar uchun dam olish kuni hisoblanib, 6 yanvar — shanba esa ish kuni boʻladi.

‼️6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun esa 2 yanvar — seshanba qoʻshimcha dam olish kuni sifatida belgilandi.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#Kadastr #Buxoro

⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasi Qorako‘l tuman bo‘lim(filial)ining joriy yilning o‘tgan davridagi faoliyati Buxoro telekanalining "Diyor yangiliklari" informatsion dasturi nigohida

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM