Buxoro Kadastr ️
1.3K subscribers
5.66K photos
977 videos
1 file
4.08K links
Kadastr Agentligi hamda Davlat Kadastrlari Palatasi Buxoro viloyat boshqarmalarining rasmiy kanali

Murojaat uchun:
@Kadastr_muloqot_bot
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqiy_malumot
#Javobgarlik #Kadastr

⭕️Yer maydonlarini oʼzboshimchalik bilan egallab olmang!

🇺🇿Oʼzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeksining 60-moddasi 2-qismiga asosan

🏕 Yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish, shu jumladan ushbu yer uchastkalariga nisbatan qonuniy huquqlari mavjud bo‘lmagan holda ulardan foydalanish:

⭕️Fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdori (BHM)ning yigirma besh baravari;

⭕️Mansabdor shaxslarga BHMning ellik baravari miqdorda jarima solishga sabab boʼladi.

⚠️ Huquqbuzarlikni birinchi marta sodir etgan shaxs, agar u o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasining qaytarilishini ta’minlasa va o‘zboshimchalik bilan egallab olishning oqibatlarini bartaraf etsa, javobgarlikdan ozod etiladi.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul #Kadastr
#Buxoro

📣Hurmatli Romitan tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari!

📨Aholining Kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Romitan tuman aholisi uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.

🖊 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bo‘yicha va kadastr bilan bog‘liq boshqa muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 29-dekabr kuni soat 11:00 dan boshlab sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

Sayyor qabul ⭐️ Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi rahbariyati boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

📍Manzil: Romitan tumani, “Afrosiyob” MFY hududidagi Nuroniylar maskani

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilik_yangiliklari
#Kadastr #Buxoro

❗️Yerga oid ishlarni maʼmuriy sudlar tomonidan ko‘rishda prokurorning ishtirok etishi shart etib belgilandi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun bilan Maʼmuriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

📝Qonun bilan viloyat sudlari va ularga tenglashtirilgan sudlarda ishlar taftish tartibida ko‘rish bosqichi joriy etildi.

🚫 Yuqori instansiya sudlari tomonidan ishlarni yangidan ko‘rish uchun birinchi instansiya sudiga yuborish tartibi bekor qilindi.

Shuningdek, yerga oid huquqiy munosabatlar bilan bog‘liq ishlarni maʼmuriy sudlar tomonidan ko‘rishda prokuror ishtirok etishi shartligi belgilandi.

💠 Ishni taftish instansiyasi sudida ko‘rishda ishtirok etgan sudya shu ishni birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudida ko‘rishda, shuningdek ishni yuqori turuvchi sud tomonidan taftish tartibida qayta ko‘rishda ishtirok etishi mumkin emas.

🔰 Protsessual muddatni tiklash haqidagi yoki tiklashni rad etish to‘g‘risidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin bo‘ladi.

🗂️ Kassatsiya shikoyati (protesti) birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan eʼtiboran 6 oy ichida berilishi mumkin.

📧 Taftish tartibidagi shikoyat (protest) ishni taftish tartibida ko‘radigan Qoraqalpog‘iston Respublikasi maʼmuriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlari, Harbiy sud nomiga yo‘llanadi, lekin hal qiluv qarorini qabul qilgan sudga beriladi.

🗓 Hal qiluv qarorini qabul qilgan sud shikoyat (protest) kelib tushgan kundan eʼtiboran 5 kunlik muddatda uni ishni taftish tartibida ko‘radigan sudga ish bilan birga yuborishi shart.

⚖️ Taftish tartibidagi shikoyat (protest) birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori, ajrimi, qarori qonuniy kuchga kirgan kundan eʼtiboran 1 yil ichida beriladi.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul
#Live #Kadastr

🟢 Ayni paytda, Romitan tumanining "Afrosiyob" mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi Nuroniylar maskani binosida aholining kadastrga oid murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida ⭐️Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi mas’ullari hamda tumanning tizim mutasaddilari ishtirokida sayyor qabul o‘tkazilmoqda.

💠Qabul davomida fuqarolarning kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, uy-joyga egalik huquqini tiklash, yer ajratish kabi masalalar yuzasidan murojaatlari tinglanmoqda.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Муҳтарам дўстлар!

Инсон қадрини улуғлаш, аҳолимиз манфаатларини таъминлаш, бунинг учун кучли иқтисодиёт барпо этиш бизнинг асосий вазифамиздир. Шу мақсадда 2024 йилни мамлакатимизда “Ёшлар ва бизнесни қўллаб-қувватлаш йили”, деб эълон қилдик.

Ўзбекистон Республикаси Президенти
Шавкат Мирзиёев

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi
#Kadastr #Foydali

Kadastr obyektiga taqiqni qanday tekshirishni bilasizmi?

🧑‍💻 Buni uydan turgan holda o'zingiz ham tekshirishingiz mumkin.

▶️ Batafsil videoda tomosha qiling.

➡️ Taqiqni tekshirish uchun quyidagi havola orqali kiring va foydalaning: https://my.gov.uz/uz/service/471

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📢 KO'P UCHRAYDIGAN MUAMMO

💬Yangi qurilgan ko’p qavatli uylardan sotib olgan fuqarolar quruvchilardan uyni hujjatlarini rasmiylashtirishni so’raganda “Kadastri chiqmayapti” degan javob olishar ekan.

⁉️Bu qanchalik to’g’ri? Yangi qurilgan ko’p qavatli uylarni qurilishi va topshirlishida Kadastr idoralari qanday ishni amalga oshiradi?

🌟 Kadastr agentligi boshqarma boshlig’i Begzod Nishonov ushbu savolga javob berdi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Video_qollanma #Foydali
#Auksion #Yer_uchastkalari

⚡️Auksionda yer olish uchun birinchi qadam!

Auksionda qatnashib yer olmoqchisiz, biroq mazkur platformadan qanday foydalanishni bilmayapsizmi ?

Yuqoridagi videoda E-AUKSION onlayn platformasida ro‘yxatdan o‘tishda bajarilishi lozim bo‘lgan harakatlar ketma-ketligi keltirilgan. Bu esa eng birinchi qadamdir!

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Infografika #Kadastr_Pasporti
#Kadastr #Buxoro

🌟Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi tuman, shahar filiallari tomonidan Kadastr pasportini shakllantirish bo‘yicha 2023-yilning yanvar-dekabr oylari davomida amalga oshirilgan ishlar haqida infografik ma'lumot

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Siyosiy_marifat_soati
#Kadastr #Buxoro

⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmalari xodimlari bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi navbatdagi «Siyosiy (ma’rifat) o‘quv soati»da ishtirok etishdi.

Shuningdek, boshqarma xodimlari uchun "Ma'naviyat hayotimizda yangi kuch, yangi harakatga aylanishi kerak" mavzusida "Ma'naviyat va ma'rifat o‘quvi" ham o‘tkazildi.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM