Buxoro Kadastr ️
1.28K subscribers
5.71K photos
989 videos
1 file
4.12K links
Kadastr Agentligi hamda Davlat Kadastrlari Palatasi Buxoro viloyat boshqarmalarining rasmiy kanali

Murojaat uchun:
@Kadastr_muloqot_bot
Download Telegram
#Korrupsiyaga_qarshi_kurash
#Kadastr #Buxoro

Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi

💠 Korrupsiyaga qarshi kurash, tartib-intizom va ishga vijdonan yondashuv masalalarida kadastr sohasida ham doimiy ravishda profilaktik tadbirlar mutasaddilar tomonidan o‘tkazib kelinmoqda.

Bugun ⭐️Kadastr agentligi  🌟Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmalari xodimlari ishtirokida "Korrupsiyaga qarshi kurash oyligi" doirasida  yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparati Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi mutaxassisi T.Yuldashev ishtirok etdi.

🔻 Yig‘ilish davomida T.Yuldashev tomonidan korrupsiyaga qarshi kurash borasida joriy qilingan yangi mexanizmlar, korrupsion holatlarga sabab bo‘luvchi omillarni erta aniqlash va ularning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar atroflicha muhokama etildi. Bo‘lim va filial rahbarlarining korrupsiyaga qarshi kurash yo‘nalishidagi faoliyatga tatbiq qilish mumkin bo‘lgan takliflari tinglandi.

🔻 Yig‘ilishda har bir xodim o‘z vazifasiga vijdonan yondashgan holda faoliyat yuritishini, vazifasini suiiste’mol qilmasligi uqtirildi. Korrupsiya nafaqat har bir tizimni, balki uni sodir qilgan insonning oilasini ham yemirishi mumkinligi  ta’kidlandi.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_atamalari
#Kadastr #Buxoro

Kadastr atamalari

🔎 Lot — buyurtmachi tomonidan tanlovda yer uchastkasini ijaraga berish uchun savdo platformasiga qo‘yilgan obyekt.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi
#Kadastr #Yer_nazorati
#Javobgarlik

⚠️Yer tuzish loyihalaridan o‘zboshimchalik bilan chetga chiqish, davlat yer kadastri yuritish qoidalarini buzish maʼmuriy javobgarlikka sabab bo‘ladi

Tasdiqlangan yer tuzish loyiha hujjatlaridan tegishli ruxsat bo‘lmay turib chetga chiqish, xuddi shuningdek tegishli organlar bilan kelishmay turib obyektlarni joylashtirish, loyihalashtirish, qurish va ularni foydalanishga topshirish, davlat yer kadastri yuritish qoidalarini buzish, yerlardan foydalanish to‘g‘risidagi hisobotlarni buzib ko‘rsatish, axborotlarni berishdan bo‘yin tovlash yoki noto‘g‘ri axborot berish

🔵fuqarolarga BHMning 3 baravari,

⭕️mansabdor shaxslarga esa 5 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

❗️Xuddi shunday huquqbuzarliklar maʼmuriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa,

🔵fuqarolarga BHMning 5 baravari,

⭕️mansabdor shaxslarga esa 10 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqiy_malumot
#Kadastr #Buxoro

📃Soxtalashtiruvchining o'zi yoki boshqa shaxs foydalanishi maqsadida muayyan huquq beradigan yoki muayyan majburiyatdan ozod etadigan rasmiy hujjatlar tayyorlashi yoki rasmiy hujjatlarni qalbakilashtirishi yoxud bunday hujjatlarni sotishi, shunday maqsadlarda korxona, muassasa yoki tashkilotning qalbaki shtamplari, muhrlari, blankalarini tayyorlash yoxud sotish:

◼️BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima;

◼️360 soatgacha majburiy jamoat ishlari;

◼️3 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

⚖️ Shuningdek, mazkur harakatlar bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo'lsa:

2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;

3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash;

3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi!

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqiy_malumot
#Kadastr #Buxoro

📃 Ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildini shakllantirish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:

✅️yer uchastkalarining berilganligi (realizatsiya qilinganligi);
✅️binoning, inshootning qurilganligi va foydalanishga topshirilganligi;
✅️belgilangan tartibda ajratilgan yer uchastkasida qurilishi tugallanmagan obyektning mavjudligi;
✅️ko‘chmas mulkning bo‘linganligi;
✅️ko‘chmas mulkning birlashtirilganligi.

⚠️Ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko‘ra ham shakllantirilishi mumkin.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

#OAV_biz_haqimizda

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va xalqimiz farovonligini oshirish yuzasidan qo‘yilgan vazifalar xususida 🌟Kadastr agentligi hamda tizim tashkilotlari mutasaddilari ishtirokida «O‘zbekiston 24» telekanalining “Studiya24” dasturi muloqot o'tkazildi.

🌐 Telegram   |  🌐 Instagram    |  🌐YouTube    | 🌐 Facebook       | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yer_nazorati #Kadastr
#Buxoro

⭐️Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasining hududiy tuman (shahar) bo‘limlari yer va kadastr nazorati inspektorlari tomonidan joriy yilning o‘tgan 11 oylik davri mobaynida 1 092 ta holatda 104,45 gektar yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olingani aniqlangan.

O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonlari tahlil qilinganda:

🤔 83,16 gektariQishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar;

🤔 19,11 gektariAholi punkti yerlari;

🤔 0,35 gektariSanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa yerlar;

🤔 0,69 gektariSuv fondi yerlari;

🤔 1,1 gektariZaxira yerlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #Mamuriy_amaliyot
#Buxoro #Jarimalar

⭐️Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasining yer va kadastr nazorati inspektorlari tomonidan joriy yilning o‘tgan 11 oyi davomida koʼchmas mulkka boʼlgan huquqni davlat roʼyxatidan oʼtkazish uchun oʼz vaqtida murojaat etmaslik holati boʼyicha 1 154 ta maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

‼️Eslatma:
Oʼzbekiston Respublikasining «Maʼmuriy Javobgarlik to‘g‘risida»gi Kodeksining 68¹-moddasiga asosan, Koʼchmas mulkka boʼlgan huquqlarni davlat roʼyxatidan oʼtkazishni amalga oshiruvchi organga yer uchastkasiga, bino va inshootga boʼlgan huquqni davlat roʼyxatidan oʼtkazish uchun oʼz vaqtida murojaat etmaslik,

🔹 Fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari,

🔹 Mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravari miqdorida jarima solishga sabab boʼladi.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #Foydali
#Buxoro

Uy-joylarga kadastr hujjatini tayyorlashda aksiya boshlandimi?


So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda uy-joylar uchun kadastr hujjatlarini tayyorlashda aksiya bo‘lishi kutilayotgani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. Ushbu xabarlar qanchalik asosli ekanligi borasidagi savollarga ⭐️Kadastr agentligi matbuot xizmati rahbari Ne’mat Atamurodov javob berdi.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

📌 38 turdagi davlat xizmatlarini yagona interaktiv davlat xizmatlari portali(my.gov.uz)da elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi

Jumladan kadastr xizmatlari sohasida:

▪️ Fuqaroning nomida shaxsiy uy-joyi borligi yoki yo‘qligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish

▪️ Bino va inshootlarning ijara shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish

▪️ O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to‘g‘risidagi kelishuvni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish

▪️ Ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Konstitutsiya_kuni #Seminar
#Kadastr #Buxoro

⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmalari xodimlari ishtirokida 8-dekabr O‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan «Konstitutsiya— huquq va erkinliklarimiz kafolati!» mavzusida o‘quv seminari o‘tkazildi.

💠 Unda Konstitutsiyaning shaxs va jamiyat hayotidagi muhim o‘rni xususida hayotiy misollar bilan tushuntirildi. Shuningdek, bosh qomusimizga kiritilgan yangi o‘zgarishlar haqida ham so‘z yuritildi.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #Buxoro
#Yer_nazorati #Gijduvon_tumani

⭐️ Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi G‘ijduvon tumani bo‘limi inspektorlari tomonidan 2023-yilning o‘tgan 11 oyi davomida 71 ta holatda 3,53 gektar yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olinganligi aniqlangan.

💠 Shundan 1,36 gektar yer uchastkalaridagi o'zboshimchalik bilan egallanish holatlari ixtiyoriy bartaraf etilgan.

📝26 ta holatda 213 gektar yer maydonidagi qurilmalarni buzdirish uchun sudga da'vo arizalari kiritilgan. 14 ta holatda sud tomonidan da'vo arizalari qanoatlantirilgan. Ayni vaqtda qolgan da’vo arizalari yuzasidan sud jarayonlari davom etmoqda.

🔰19 ta holatda yer maydonidagi qonun buzilish holatlari bo‘yicha hujjatlar qo‘shma tartib asosida prokuratura organlariga yuborilgan

💰 Yer qonunbuzilishi holatlarini keltirib chiqargan 154 nafar qonunbuzar shaxslarga 824,13 mln so’m jarimalar qo‘llanilgan.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

E'LON!

⭐️ Kadastr agentligi axborot tizimlarida profilaktik ishlar amalga oshirish rejalashtirilganligi sababli joriy yilning 7-dekabr soat 20:00 dan 11-dekabr soat 11:00 ga qadar Davlat xizmatlari markazlari hamda Notarial idoralarida kadastr sohasida davlat xizmatlarini ko‘rsatishda uzilishlar kuzatilishi mumkin.

⚙️ Shu boisdan hamyurtlarimizga tizimda texnik profilaktik ishlar tugallangunga qadar kadastr xizmatlaridan vaqtincha foydalana olmasliklarini ma'lum qilamiz.

▪️Yurtdoshlarimizdan yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!

#DavKadastrPalata #e_lon

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM