Buxoro Kadastr ️
1.28K subscribers
5.71K photos
989 videos
1 file
4.12K links
Kadastr Agentligi hamda Davlat Kadastrlari Palatasi Buxoro viloyat boshqarmalarining rasmiy kanali

Murojaat uchun:
@Kadastr_muloqot_bot
Download Telegram
#Bilasizmi
#Huquqiy_malumot

Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish asoslari

📝 Yer uchastkalariga bo‘lgan huquq turi yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) haqidagi hujjatlarga muvofiq belgilanadi.

💠Agar yer uchastkasini ajratish (realizatsiya qilish) to‘g‘risidagi 2021-yilning 1-avgustiga qadar qabul qilingan hujjatlarda yer uchastkasiga bo‘lgan huquq turi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, quyidagi huquqlar tan olinadi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim:

🫥yakka tartibda uy-joy qurish va uni obodonlashtirish, dehqon xo‘jaliklarini hamda jamoa bog‘dorchiligini va uzumchiligini yuritish uchun foydalaniladigan yer uchastkalariga nisbatan jismoniy shaxslarning meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi;

🫠binolar va inshootlar qurilishi uchun berilgan yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqi;

🫠qishloq va o‘rmon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasini ijaraga olish huquqi.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqiy_malumot
#Kadastr

📝 Ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasporti quyidagi hollarda rasmiylashtiriladi yoki qayta rasmiylashtiriladi.

⚡️ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi xatlov ishlari bajarilganda.

⚡️ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda yoki yer uchastkasi alohida bo‘linganda (bunda ikki qismga alohida kadastr pasporti shakllantiriladi).

⚡️qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari xususiylashtirilgandan so‘ng ularning bir qismiga bo‘lgan huquq boshqa shaxsga o‘tganda.

⚡️yer uchastkasining maydoni yoki chegara nuqtalari o‘zgarganda.

⚡️ko‘chmas mulk obyektining manzilini belgilashda yoki o‘zgartirishda;

⚡️ko‘chmas mulk obyektining toifasi o‘zgarganda.

⚡️o‘z yer uchastkasida tegishli ruxsatnomalarni rasmiylashtirmasdan qurilgan bino va inshootlar mavjud bo‘lganda.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Murojaatlar #Infografika
#Kadastr #Buxoro

🌟 Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi va uning hududiy tuman (shahar)filiallariga 2023-yilning 20–25-noyabr kunlari davomida kelib tushgan murojaatlar yuzasidan infografik maʼlumot

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DIQQAT E’LON!

Hurmatli Buxoro viloyati, Shofirkon tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari!

🌟 Sizning kadastrga oid murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi raisi o'rinbosari Nishanov Ravshan Rustamovich hamda viloyatning tizim mutasaddilari ishtirokida sayyor qabul o‘tkaziladi.

📆 Sayyor qabul kuni: 2023-yil, 29-noyabr, soat 11:00 da

⬇️ Manzil: Shofirkon tumani, Juynav qishlog'i, Juynav MFY, 52-uy, 3-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabi binosi.

📱 Qabulga yozilish uchun (65) 221-01-88 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #sayyor_qabullar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⭕️⭕️⭕️⭕️

RASMIY MUNOSABAT

▪️ “Adolat koʻzgusi” gazetasining 23-noyabrdagi 45-sonida “Hokimlikning xatosi uchun men nega ovvarai sarson boʻlishim kerak?” sarlavhali maqola e’lon qilingan. Maqolada aytilishicha, 2006-yilda Romitan tumani hokimining qaroriga asosan “Shaxzod Pahlavon” fermer xo‘jaligiga 11,71 ga yer maydoni ajratilgani, lekin tuman kadastr idorasining sudga kiritgan da’vosi asosidagi xatlov natijalariga ko‘ra ajratilgan 8,2 ga qo‘shimcha yer maydoni tuman hokimining qarori chiqmaganligi sababli reyestr bekor qilingani, bundan fermer xo‘jaligi zarar ko‘rayotgani yuzasidan shikoyat berilgan.

▪️Mazkur holat yuzasidan
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmalari tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Oʻrganish natijalari boʻyicha tez orada ma’lumot taqdim etiladi.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi
#Yer_nazorati

O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonlarini yer egasiga qaytarish
tartibi qanday?

O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari ularga g‘ayriqonuniy ravishda egalik qilingan va foydalanilgan vaqtda qilingan sarf-xarajatlar qoplanmagan tarzda tegishliligiga ko‘ra qaytariladi.

💠 Yer uchastkalarini foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish, shu jumladan undagi imoratlarni buzish yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olgan shaxslar hisobidan amalga oshiriladi.

🔻 O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasini yer egasiga, yerdan foydalanuvchiga, yer uchastkasi ijarachisiga yoki mulkdoriga qaytarish tegishli tuman, shahar, viloyat hokimining qaroriga binoan yoki sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_agentligi
#Info

⚡️HURMATLI FUQAROLAR HAMDA TADBIRKORLAR!

🟢So'nggi vaqtlarda Yer uchastkalarini olish va foydalanish bo'yicha firibgarlik holatlari ko'p uchrab turgani barchamizga ayon.
🟢Shu sababli 🌟Kadastr agentligi fuqarolarimizni ogohlikka chaqiradi.

YER BILAN BOG'LIQ KORRUPSIYA VA TA'MAGIRLIK XOLATLARIGA DUCH KELSANGIZ HUQUQNI MUHOFAZA QILISH ORGANLARIGA YOKI 1097 QISQA RAQAMIGA MUROJAAT QILING!

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xabaringiz_bormi

📝 Amaldagi tartibga ko‘ra, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini mulk huquqi asosida auksion savdolari orqali sotib olganda auksion g‘olibi sotib olish qiymatini 3 yilgacha bo‘lib to‘lash imkoniyati mavjud.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqiy_malumot
#Kadastr #Buxoro

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan umumiy mulk huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish

📃Ko‘chmas mulkka bo‘lgan umumiy birgalikdagi mulk huquqining yuzaga kelishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, umumiy birgalikdagi mulk ishtirokchilaridan birining arizasi asosida mulkdorlar nomiga huquqni belgilovchi hujjatlarda ko‘rsatilgan ulushlarda amalga oshiriladi.

💠 Agar ulushli mulk huquqi ishtirokchilari o‘zaro kelishuv bo‘yicha umumiy binoning va inshootning alohida qismlaridan o‘z ulushlariga muvofiq foydalanish tartibini belgilagan bo‘lsa, bunday kelishuv ularning murojaatiga ko‘ra ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Auksion #Kadastr
#Buxoro

Buxoro viloyatidagi 2100 dan ortiq ko'chma savdo joylarini 3 yilga ijaraga oling!

💠Ushbu obyektlar Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-avgustdagi 485-son qaroriga ko'ra savdoga chiqarilgan.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Shofirkon tumanida sayyor qabul


⚡️ Ayni damda, reja-jadvalga muvofiq, Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida Davlat kadastrlari palatasi raisining o'rinbosari Ravshan Nishanov hamda viloyatning tizim mutasaddilari ishtirokida sayyor qabul bo'lib o'tmoqda.

◼️ Sayyor qabulda yig'ilgan fuqaro va tadbirkorlarning kadastrga oid savol va muammolari o'rganilib, bir qanchasiga joyida ijobiy yechim topildi. Vaqt talab etadigan masalalar yuzasidan mas'ullarga topshiriqlar berilmoqda.

#DavKadastrPalata #sayyor_qabul

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul
#Kadastr #Buxoro

📝Fuqaro va tadbirkorlarning kadastr masalalaridagi murojaatlarini ko'rib chiqish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi raisi o‘rinbosari R.Nishanov ishtirokida Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida sayyor qabul o'tkazildi.

💠 Unda fuqarolarning ko‘chmas mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, kadastr pasportini rasmiylashtirish, mulkka egalik huquqini olish hamda yer uchastkalarini xususiylashtirishga doir murojaatlari o'rganildi.

🔻Sayyor qabulda yig'ilgan fuqarolarning kadastrga oid savol va muammolari shaxsan tinglanib, har bir murojaat ijrosi uchun mutasaddilarga qat'iy topshiriqlar berilib, har bir topshiriq ijrosi ta'minlanishi yuzasidan aniq muddatlar belgilandi.

📝 Qabul davomida 20 dan ortiq murojaatlar tinglangan bo'lsa, ularning 10 tasi joyida hal qilindi. Yechimi to‘g‘ridan-to‘g‘ri kadastr idoralari vakolatiga kirmaydigan murojaatlar yuzasidan ham huquqiy tushunchalar berildi.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqiy_malumot
#Kadastr #Buxoro

⚡️Xususiylashtirilgan yer uchastkalarining mulkdorlari quyidagi huquqlarga ega:

🫥xususiylashtirilgan yer uchastkasiga yuridik va jismoniy shaxslarning, davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmagan holda, undan foydalanish va uni tasarruf etish, shu jumladan undan garov predmeti sifatida foydalanish, yuridik shaxsning ustav kapitaliga (ustav fondiga) hissa sifatida kiritish, ijaraga berish;

🫥xususiylashtirilgan yer uchastkasiga bo‘lgan mulk huquqining har qanday buzilishlari bartaraf etilishini talab qilish;

🫠xususiylashtirilgan yer uchastkasida mustaqil ravishda xo‘jalik yuritish;

🫥uy-joy, ishlab chiqarish, madaniy-maishiy imoratlar va inshootlarni hamda boshqa imoratlar va inshootlarni qurish, ularni qayta qurish va buzishni amalga oshirish.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM