Buxoro Kadastr ️
1.3K subscribers
5.66K photos
975 videos
1 file
4.07K links
Kadastr Agentligi hamda Davlat Kadastrlari Palatasi Buxoro viloyat boshqarmalarining rasmiy kanali

Murojaat uchun:
@Kadastr_muloqot_bot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #referendum #befarqemasman

Endi "SNOS" masalasi muammo bo‘lmaydi

📌Yangilanayotgan konstitusiyada har kim uy-joyli bo‘lish huquqiga ega. Hech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emas.

🪙Uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati hamda u ko‘rgan zararlarning o‘rni qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda oldindan hamda teng qiymatda qoplanishi ta’minlanadi.

Davlat uy-joy qurilishini rag‘batlantiradi va uy-joyga bo‘lgan huquqning amalga oshirilishi uchun shart-sharoitlar yaratadi. Aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarini uy-joy bilan ta’minlash tartibi qonun bilan belgilanadi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #referendum #befarqemasman

📑 Endi sud qarorisiz uy-joyni buzish mumkin emas

“Endi sud qarori bo‘lmasa, bunga yo‘l qo‘yilmaydi. Uyni mulk egasining roziligi bilan va to‘liq kompensatsiya bergandan so‘ng buzish mumkin”yangilanayotgan Konstitutsiyaning 47-moddasi.

Telegram | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #referendum #befarqemasman

Endilikda xususiy mulk daxlsizdir

Mulkdor o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulkka o‘z xohishicha egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Mol-mulkdan foydalanish atrof-muhitga zarar yetkazmasligi, boshqa shaxslarning, jamiyat va davlatning huquqlarini hamda qonuniy manfaatlarini buzmasligi kerak.

📑 Konstitutsiya loyihasining 66-moddasi.

Telegram | Facebook | Instagram
#Kadastr #Referendum #Befarqemasman

A. Toyirov – Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig'i:

"Bugun yurtimizda mulkka, xususan, ko‘chmas mulkka bo‘lgan munosabat o‘zgarmoqda. Yangilanayotgan Konstitutsiyada har bir fuqaroning ko‘chmas mulkka egalik qilishi va uni erkin tasarruf qilishi qonun bilan mustahkamlanmoqda. Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari, demokratik islohotlar va yangilanishlarga mustahkam huquqiy zamin yaratadi. Shunday ekan, barchani joriy yilning 30-aprel sanasida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Konstitutsiyasini o‘zgartish bo‘yicha xalq saylovi — referendumda faol ishtirok etishga chaqiraman”.

Telegram | Facebook | Instagram
#Kadastr #Referendum #Befarqemasman

Y.Habibov – Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig'i:

"Kadastr agentligining asosiy vakolatlaridan biri umummilliy boyligimiz hisoblangan yerni avaylab asrash va yer munosabatlarida qonuniylikni taʼminlashdan iboratdir. Yangilanayotgan Konstitutsiyada sohamizga oid fundamental o‘zgarishlar kiritilmoqda. Konstitutsiya loyihasining 68-moddasiga kiritilayotgan yerni xususiylashtirish qo‘shimchasi undan oqilona foydalanishga va yerni umummilliy boylik sifatida muhofaza qilishda alohida ahamiyat kasb etadi. Men bu o‘zgarishlarga befarq emasman. Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar va yangilanishlarning mustahkam asosi bo‘lishiga ishonaman. Shunday ekan, barchani joriy yilning 30-aprel sanasida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Konstitutsiyasini o‘zgartish bo‘yicha xalq saylovi — referendumda faol ishtirok etishga chaqiraman”.

Telegram | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #Referendum2023 #befarqemasman

AHOLINING TURAR JOY, MOL-MULK BORASIDAGI HUQUQLARI MUSTAHKAMLANMOQDA

Yangilanayotgan Konstitutsiya yurtdoshlarimizning orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarmoqda.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▪️Matbuot anjumanidan▪️

🌟 Kuni keсha O‘zbekiston Milliy matbuot markazida Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi mutasaddilari ishtirokida “O'zbekiston Respublikasida yer hisobining yuritilishi hamda ko'chmas mulkka oid qonunchilikdagi yangiliklar” mavzusidagi matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda spikerlar yangilanayotgan Konstitutsiya bo'yicha o'z fikrlarini bildirishdi.

👔 Yangilanayotgan konstitutsiyamizdagi har bir modda inson manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan desam mubolag‘a bo‘lmaydi. - dedi anjumanda Davlat kadastrlari palatasi Davlat yer kadastrini yuritish bo'limi boshlig‘i Faxriddin Niyozov.

▶️ Batafsil videoda 👆

#DavKadastrPalata #matbuot_anjumani #befarqemasman

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Live #Referendum #Befarqemasman
#Kadastr #Buxoro

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati xodimlarga tushuntirilmoqda.

Ayni paytda, Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmalarida yangi qabul qilinayotgan Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, yangi qo'shilayotgan normalar va inson huquqlariga oid qo'shimchalar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram
#Referendum #Befarqemasman
#Kadastr #Buxoro

Bugun, Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi binosida yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatiga bag'ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda Buxoro shahar bo'lim va filial xodimlari hamda Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti talabalariga yangi qo'shilayotgan normalar va inson huquqlariga oid qo'shimchalar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.

Telegram | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #referendum #befarqemasman

📑 Endi sud qarorisiz uy-joyni buzish mumkin emas

“Endi sud qarori bo‘lmasa, bunga yo‘l qo‘yilmaydi. Uyni mulk egasining roziligi bilan va to‘liq kompensatsiya bergandan so‘ng buzish mumkin”yangilanayotgan Konstitutsiyaning 47-moddasi.

Telegram | Facebook | Instagram