Forwarded from KADASTR AGENTLIGI - RASMIY
#kadastr #foydali_ma'lumot
🪙 Quyidagi hollarda davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun yig‘imlar undirilmaydi
💠 kadastr pasportini rasmiylashtirishda:
⏺ ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi kadastr yig‘majildi (pasporti) mavjud bo‘lib, begonalashtirilganda yoki obyektda o‘zgarishlar (rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish) mavjud bo‘lmaganda;
⏺ ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda obyektning qolgan qismiga;
⏺ rekonstruksiyasiz toifasi o‘zgarganda;
⏺ kadastr yig‘majildi (pasporti) yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda va ko‘chmas mulk obyekti ko‘rsatkichlari o‘zgartirilmasdan);
💠 ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlar va ular bo‘yicha tuzilgan bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda:
⏺ fuqaroning familiyasi, ismi va otasining ismi o‘zgarganda;
⏺ tadbirkorlik subyekti — yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakli va (yoki) firma nomi o‘zgarganda.
Asos:🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-maydagi 306-son qarori
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Asos:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from KADASTR AGENTLIGI - RASMIY
#kadastr #foydali_ma_lumot
🪙 Ayrim bolalar davlat boji to'lashdan ozod etildi.
📃 Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar ularga davlat tomonidan ikkilamchi bozordan olib berilgan uy-joylarni mulkka egalik qilish huquqi asosida o‘z nomiga rasmiylashtirishda notarius va kadastr xizmatlari uchun (oldi-sotdi shartnomasi va ko‘chmas mulk obyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish) davlat boji to‘lashdan ozod etiladi.
Asos:🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-apreldagi PQ-230-son qarori
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Asos:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM