#Qonunchilikdagi_yangiliklar
#Hujjat_loyihasi #Kadastr
Ko‘chmas mulkka kadastr pasportini berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatish reglamenti o‘zgaradi
💠 Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan Ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish ma’muriy reglamenti o‘zgaradi.
🫥 Unga ko‘ra, foydalanishga qabul qilinayotgan ko‘p kvartirali uyga belgilangan tartibda rasmiylashtiriladigan kadastr pasportida ko‘p kvartirali uylardagi turar joylar va yashash uchun mo‘ljallanmagan (noturar) joylar, umumiy mol-mulk (umumiy joylar) ro‘yxati hamda har bir ko‘p kvartirali uy joylashgan va unga tutash yer uchastkasi (rejasi, joylashgan obyektlar, loyihada nazarda tutilgan avtoturargohlar, bolalar va sport maydonchalari, dam olish maskanlari, sayilgohlar, yo‘laklar va ko‘p kvartirali uyga xizmat ko‘rsatuvchi boshqa obyektlar) maydoni hamda chegaralari ko‘rsatiladi.
🫥 Ko‘p kvartirali uy joylashgan va unga tutash yer uchastkasi hamda ko‘p kvartirali uylardagi umumiy mol-mulkka kadastr pasportini rasmiylashtirish uchun to‘lovlar o‘tkazish uchun amalga oshirilishi kerak bo‘lgan to‘lovlar joylar mulkdorlari yoki tegishli ko‘p kvartirali uy boshqarish organi tomonidan ikki yil davomida teng ulushlarda bo‘lib-bo‘lib to‘lanishi mumkin.
🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
#Hujjat_loyihasi #Kadastr
Ko‘chmas mulkka kadastr pasportini berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatish reglamenti o‘zgaradi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM