Buxoro Kadastr ️
1.29K subscribers
5.7K photos
985 videos
1 file
4.11K links
Kadastr Agentligi hamda Davlat Kadastrlari Palatasi Buxoro viloyat boshqarmalarining rasmiy kanali

Murojaat uchun:
@Kadastr_muloqot_bot
Download Telegram
#Kadastr #Davra_suhbati
#Korrupsiyaga_qarshi_kurash

Maqsad– korrupsiyaning oldini olish

Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i Y.Habibov rahbarligida Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Olot tuman bo‘limi va filiali xodimlari uchun tanqidiy-tahliliy profilaktik yig‘ilish o‘tkazildi.

▪️Yig‘ilishda davra suhbatidan ko‘zlangan asosiy maqsad — sohada faoliyat yuritayotgan xodimlarni korrupsiya illatidan asrash, korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga murosasiz bo‘lish, unga yo‘l qo‘ymaslik, bu illatning salbiy oqibatlardan ogohlantirishdan iboratligiga urg‘u berildi.

▪️Bundan tashqari, xodimlarga xizmat vazifalarini sidqidildan bajarish, ishga o‘z vaqtida kelib-ketish, kiyinish madaniyatiga va ijro intizomiga rioya qilish masalalariga e'tiborni kuchaytirish lozimligi bo‘yicha ham topshiriqlar berildi. Shuningdek, tumanda olib borilayotgan xatlov jarayonlari ham muhokama qilindi.

Telegram | Facebook | Instagram
#Davra_suhbati #Kadastr
#Korrupsiyaga_qarshi_kurash

Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i Y.Habibov rahbarligida Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining tuman shahar bo‘limlari va filiallari xodimlari uchun tanqidiy profilaktik yig‘ilishlar o‘tkazib kelinmoqda. Navbatdagi shunday davra suhbati Vobkent tuman bo‘limi va filiali xodimlari bilan o‘tkazildi.

▪️Y.Habibov tomonidan xodimlarga ish vaqti davomida xizmat intizomining buzilishi, tamagirlik, firibgarlik kabi holatlar hamda ularning huquqiy oqibatlari xususida aniq misollarga tayangan holda atroflicha tushuntirishlar berildi.

▪️Bundan tashqari, davra suhbati davomida xizmat vazifalarini o‘z vaqtida bajarish, ishga vaqtida kelib-ketish, ijro intizomiga rioya qilish masalalariga e'tiborni kuchaytirish lozimligi bo‘yicha ham mas'ullarga topshiriqlar berildi. Shuningdek, yig‘ilishda tumanda olib borilayotgan xatlov jarayonlari ham muhokama qilindi.

Telegram | Facebook | Instagram
#Kadastr #Davra_suhbati
#Korrupsiyaga_qarshi_kurash

🔰 Davlat kadastrlari palatasi Buxoro shahar filialida komplayens-nazorati xizmati tomonidan xodimlarini korrupsiya illatidan asrash, uning har qanday ko‘rinishiga murosasiz bo‘lish, turli ko‘rinishdagi korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan «Korrupsiya - taraqqiyot dushmani» mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

▪️Davra suhbatida yig‘ilganlarga korrupsion holatlar kuzatilganda hushyor bo‘lish lozimligi uqtirildi. Ish vaqti davomida xizmat intizomining buzilishi, tamagirlik, firibgarlik kabi holatlar hamda ularning huquqiy oqibatlari xususida aniq misollarga tayangan holda atroflicha tushuntirishlar berib o‘tildi.

▪️Shuningdek, xodimlarga xizmat, kiyinish madaniyatiga va ijro intizomiga rioya qilishlari, ichki muhitni sog‘lomlashtirish, guruhbozlikka yo‘l qo‘ymaslik lozimligi tushuntirildi.

Telegram | Facebook | Instagram
#Kadastr #Davra_suhbati
#Korrupsiyaga_qarshi_kurash

Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i Y.Habibov rahbarligida o‘tkazib kelinayotgan tanqidiy profilaktik yig‘ilishlarning navbatdagisi Shofirkon tuman bo‘lim va filial xodimlari bilan o‘tkazildi.

▪️Yig‘ilish davomida kun tartibidagi 10 dan ortiq masalalar tahlil qilinib, xodimlar ishtirokida muhokama qilindi. Jumladan, xizmat vazifalarini bajarish jarayonida korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, tamagirlik, manfaatlar to‘qnashuvi kabi holatlardan saqlanish, ijro intizomi va ichki tartib qoidalarga rioya qilish, auksionga taqdim etilayotgan yerlar, yer nazorati, xatlov jarayonlarini namunali tarzda tashkil etish, yer qonun buzilish holatlari bo’yicha qo‘llanilgan ma’muriy jarimalarning undiruvi kabi masalalar qamrab olindi.

▪️Muhokama qilingan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Telegram | Facebook | Instagram
#Kadastr #Davra_suhbati
#Korrupsiyaga_qarshi_kurash

🔰Xodimlar o'rtasida qonunga xilof hatti-harakatlarni oldini olish, shaffoflikni ta'minlash, sohada korrupsiyadan holi tizim yaratish maqsadida Kadastr agentligi Buxoro viloyat boshqarmasi boshlig‘i Y.Habibov rahbarligida hududiy bo‘lim va filiallarda davra suhbatlari o'tkazib kelinmoqda. Mazkur yo‘nalishdagi navbatdagi davra suhbati Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Buxoro tumani bo‘limi hamda filiali xodimlari uchun o'tkazildi.

▪️Yig‘ilishda muhandis va inspektorlar bilan korrupsion holatlarning oldini olish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, fuqarolar bilan kasb etikasi va odob-axloq normalariga rioya qilgan holda muloqot qilish, ijro intizomi, yer nazorati va yer qonun buzilish holatlari yuzasidan ko‘rilayotgan choralar, xatlov kabi masalalar muhokama qilindi.

▪️Yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Telegram | Facebook | Instagram
#Kadastr #Davra_suhbati
#Korrupsiyaga_qarshi_kurash

Maqsad– korrupsiyaning oldini olish

Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i Y.Habibov rahbarligida Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Peshko‘ tuman bo‘limi va filiali xodimlari ishtirokida tanqidiy-tahliliy profilaktik yig‘ilish o‘tkazildi.

▪️Yig‘ilishda olib borilayotgan doimiy targ‘ibot ishlaridan ko‘zlangan maqsad — sohada faoliyat yuritayotgan xodimlarni korrupsiya illatidan asrash, korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga murosasiz bo‘lish, unga yo‘l qo‘ymaslik, bu illatning salbiy oqibatlaridan ogohlantirish ekanligi ta’kidlandi.

▪️ Bundan tashqari, xodimlarga xizmat vazifalarini sidqidildan bajarish, ishga vaqtida kelib-ketish, kasb etikasi va ijro intizomiga rioya qilish masalalariga e'tiborni kuchaytirish lozimligi bo‘yicha ham topshiriqlar berildi. Shuningdek, tumanda olib borilayotgan yer nazorati tadbirlari hamda xatlov jarayonlari ham tahlil qilindi.

Telegram | Facebook | Instagram
#Kadastr #Davra_suhbati
#Korrupsiyaga_qarshi_kurash

🔰Xodimlar o'rtasida qonunga xilof hatti-harakatlarni oldini olish, sohada korrupsiyadan holi tizim yaratish, jamoaviy ish unumdorligini oshirish maqsadida Kadastr agentligi Buxoro viloyat boshqarmasi boshlig‘i Y.Habibov tomonidan Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Romitan tuman bo‘limi hamda filiali xodimlari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.

▪️Yig‘ilishda muhandis va inspektorlarga ish jarayonida manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, fuqarolar bilan kasb etikasi va odob-axloq normalariga rioya qilgan holda muloqot qilish, tamagirlik va korrupsion holatlardan saqlanish bo‘yicha hayotiy misollar yordamida tushuntirish berildi.

▪️Shuningdek, ijro intizomi va ichki tartib qoidalarga rioya qilish, auksionga taqdim etilayotgan yer-uchastkalari, yer nazorati, xatlov jarayonlari, ma’muriy jarimalar undiruvi kabi masalalar muhokama qilinib, mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Telegram | Facebook | Instagram
#Korrupsiyaga_qarshi_kurashish_oyligi
#Davra_suhbati #Live

🏢 Ayni paytda, Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi komplayens nazorati xizmati bosh mutaxassisi M.Xidirov hamda boshqarma yuridik bo‘lim mutaxassisi R.Baxronovlar tomonidan «Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi» doirasida Olot tuman filiali xodimlari ishtirokida davra suhbati o‘tkazilmoqda.

🔻 Unda sohada korrupsiyadan holi tizim yaratish maqsadida olib borilayotgan ishlar, har bir xodimning shaxsiy mas’uliyatini oshirish, ish faoliyatida fuqarolarga ortiqcha ovvorgarchiliklar keltirib chiqarish, tamagirlikdan saqlanish kabi masalalarga alohida urg'u berildi.

🔻Yuridik bo‘lim mutaxassisi R.Baxronov tomonidan yangi tartib davlat fuqarolik xizmati to'g'risidagi qonun talablari, ijro intizomi va kadrlar siyosati mavzulari bo‘yicha filial xodimlariga alohida tushuntirish berildi.

Telegram | Facebook | Instagram
#Korrupsiyaga_qarshi_kurashish_oyligi
#Davra_suhbati

🔰 Kadastr agentligi tizimida 2022-yil 17-oktabrdan 17- noyabrgacha e’lon qilingan «Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi» doirasida Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi komplayens nazorati xizmati bosh mutaxassisi M.Xidirov hamda boshqarma yuridik bo‘lim mutaxassisi R.Baxronovlar tomonidan Qorako‘l tuman filiali xodimlari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.

▪️Muloqot davomida Boshqarma komplayens-nazorat xizmati xodimi O‘zbekiston Respublikasining «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi hamda Jinoyat kodekslarining korrupsiya bilan bog‘liq moddalarning mazmun-mohiyatini yig‘ilganlarga tushuntirdi.

▪️Muloqot so‘ngida qatnashchilar tomonidan mavzu yuzasidan berilgan savollarga javob berildi.

Telegram | Facebook | Instagram
#Davra_suhbati
#Kadastr #Buxoro

🔰O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorining mazmun mohiyatini davlat fuqarolik xizmatchilari orasida targ‘ib qilish maqsadida o‘tkazib kelinayotgan tadbirlarning navbatdagisi Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmalarida bo‘lib o‘tdi.

▪️ Boshqarmalarning tuman,shahar bo‘limlari va filiallari targ‘ibot tadbirida ZOOM platformasi orqali ishtirok etishdi. Tadbirda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Buxoro viloyati filiali hamda viloyat Adliya boshqarmasi xodimlaridan tashkil topgan targ‘ibot guruhi tomonidan yig‘ilganlarga joriy qilinayotgan yangi tartib va o‘zgarishlar haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

▪️Davra suhbati yakunida yig‘ilganlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Telegram | Facebook | Instagram
#Korrupsiyaga_qarshi_kurash
#Davra_suhbati #Live

▪️ Ayni paytda, Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Peshku tuman bo‘limi va filiali xodimlari ishtirokida «Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi» mavzusidagi navbatdagi davra suhbati o‘tkazilmoqda.

▪️ Tadbirda Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyat boshqarmasi korrupsiyaga qarshi kurash bo‘limi xodimi M.Xidirov tomonidan korrupsiyaga qarshi kurash yo‘nalishida kadastr tizimida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar, sohani korrupsiyadan xoli tizimga aylantirish maqsadida joriy qilinayotgan yangi tartiblar haqida tushuntirish berilmoqda.

▪️ Davra suhbati davomida xodimlaridan ham o‘z xizmat vazifalarini vijdonan bajarib, jismoniy va yuridik shaxslar bilan muloqot jarayonida ta’magirlik, poraxo‘rlik, mansab vakolatlarini suiste’mol qilish kabi holatlarga yo‘l qo‘ymaslik muhimligini alohida uqtirildi.

Mazkur mavzudagi tadbirlar hududlarda davom etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram
#Korrupsiyaga_qarshi_kurash
#Kadastr #Davra_suhbati

Korrupsiya — taraqqiyot kushandasi

🔹 Peshku tumanidagi Ibn Sino MFYda Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi xodimi M.Xidirov boshchiligida “Korrupsiya — taraqqiyot kushandasi” mavzusida fuqarolar va mahalla faollari ishtirokida davra suhbati oʼtkazildi.

🔹 Tadbirda M.Xidirov yigʼilganlarga korrupsiyaga qarshi kurash boʼyicha Kadastr tizimida olib borilayotgan ishlar haqida maʼlumot berib oʼtdi. Xodimlar tomonidan hujjatlarni rasmiylashtirishda, xizmat koʼrsatishda muammolar yuzaga kelganda ishonch telefoni orqali xabar berish bo‘yicha tushuntirildi.

🔹 Shuningdek, aholi noroziligiga sabab bo‘layotgan holatlarni bartaraf qilish, noqonuniy qurilishlarning oldini olish borasida mahallalar bilan hamkorlikda olib borilayotgan targ‘ibot ishlari muhokama qilindi.

Telegram | Facebook | Instagram
#Davra_suhbati

Korrupsiya — taraqqiyot kushandasi

📌Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi S.Аbdullayev hamda Romitan tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi vakili Sh.Xo‘jaqulovlar ishtirokida “Kadastr idoralari-xalq xizmatida” mavzusida aholi vakillari, tumandagi mahalla raislari bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

▪️Tadbir ishtirokchilariga kadastr yo‘nalishi bo‘yicha so‘ngi yillarda qabul qilingan qonunlar va qonunosti hujjatlarining mazmun mohiyati xalqchil tilda tushuntirildi. Аsosiy eʼtibor sohada korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi birgalikda kurashishga qaratildi.

▪️ Shuningdek, aholi noroziligiga sabab bo‘layotgan holatlarni bartaraf qilish, noqonuniy qurilishlarning oldini olish borasida mahallalar bilan hamkorlikda olib borilayotgan targ‘ibot ishlari muhokama qilindi. Idoralararo hamkorlikda olib boriladigan kelgusidagi ishlar kelishib olindi.

Telegram | Facebook | Instagram
#Davra_suhbati
#Kadastr #Buxoro

▪️ Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i A.Toyirov boshchiligida Inson resurslarini boshqarish, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limlari hamda boshqarmaning tuman (shahar) filiallari rahbarlari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.

▪️Tadbir davomida yangi tahrirdagi Mehnat Kodeksining mazmun-mohiyati hamda xodimlarning odob-axloq va ichki mehnat-tartib qoidalariga amal qilish, filiallarga tashrif buyurayotgan fuqarolar bilan xushmuomalada bo‘lish lozimligi yuzasidan xodimlarga kerakli yo‘l-yo‘riq va tushunchalar berildi.

▪️ Shuningdek, xodimlar jismoniy va yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatish jarayonida tamagirlik, mansab vakolatini suisteʼmol qilish kabi holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, ijro-intizomiga rioya qilishlari, ish joyiga ogohlantirishsiz kech kelmaslik, kiyinish madaniyatiga rioya etish kabi masalalar bo‘yicha ogohlantirildi.

Telegram | Facebook | Instagram
#Korrupsiyaga_qarshi_kurash
#Davra_suhbati

🔹 Qorovulbozor tumanidagi “Bo‘zachi” MFYda Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmalarining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlarii S.Abdullayev hamda M.Xidirovlar boshchiligida mahalla faollari ishtirokida “Korrupsiya — taraqqiyot kushandasi” mavzusida navbatdagi davra suhbati oʼtkazildi.

🔹 Tadbirda viloyat va tuman mas’ullari tomonidan sohadagi yangiliklar, kiritilayotgan o‘zgarishlar haqida yig‘ilganlarga ma’lumot berildi. Tizimdagi o‘zgarishlardan xabari yo‘q ayrim fuqarolar yer olib berishni va’da qiladigan “ustamon” firibgarlarning tuzog‘iga tushib qolayotgani va buning ortidan har xil ko‘ngilsiz holat va ovvoragarchiliklar yuzaga kelayotgani hayotiy misollar orqali tushuntirildi.

🔹S
huningdek, boshqarmalarda ishonch telefonlari tashkil qilingani, kadastr xodimlarining xatti-harakatlarida qonun buzilish holatlari sezilsa, bu haqida xabar berishlari mumkinligini aytib o‘tildi.

Telegram | Facebook | Instagram
#Korrupsiyaga_qarshi_kurash
#Davra_suhbati #Live

▪️ Ayni paytda, Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Vobkent tuman bo‘limi va filiali xodimlari ishtirokida «Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi» mavzusidagi navbatdagi davra suhbati o‘tkazilmoqda.

▪️ Tadbirda Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyat boshqarmalari korrupsiyaga qarshi kurash bo‘limi xodimlari S.Abdullayev hamda M.Xidirov tomonidan korrupsiyaga qarshi kurash yo‘nalishida kadastr tizimida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar, sohani korrupsiyadan xoli tizimga aylantirish maqsadida joriy qilinayotgan yangi tartiblar haqida tushuntirish berilmoqda.

▪️ Davra suhbati davomida xodimlaridan ham o‘z xizmat vazifalarini vijdonan bajarib, jismoniy va yuridik shaxslar bilan muloqot jarayonida ta’magirlik, poraxo‘rlik, mansab vakolatlarini suiste’mol qilish kabi holatlarga yo‘l qo‘ymaslik muhimligini alohida uqtirildi.

▪️
Mazkur mavzudagi tadbirlar hududlarda davom etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram
#Korrupsiyaga_qarshi_kurash
#Davra_suhbati #Kadastr

🏢 Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi va uning tuman(shahar) filiallariga tanlov asosida ishga qabul qilingan yosh kadrlar uchun “Maqsadimiz— korrupsiyadan holi tizim yaratish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

▪️ Tadbirda sohada o’z karyerasini boshlash arafasidagi yosh kadrlarga korrupsiyaga qarshi kurash yo‘nalishida mamlakatimizda va tizimda amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha tushuncha berildi. Yosh mutaxassislar kadastr tizimida korrupsion holatlarning oldini olish bo‘yicha qabul qilingan normativ huquqiy hujjatlar bilan tanishtirildi.

▪️Shuningdek, davra suhbati davomida yosh xodimlarga davlat fuqorolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalari, ichki tartib-intizom hamda ijro intizomi qoidalari yuzasidan muhim ko’rsatma va tushunchalar berildi.

Telegram | Facebook | Instagram
#Davra_suhbati
#Kadastr #Buxoro

🏢 Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasida oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilari uchun mavjud vakant lavozimlarga suhbat tashkil etildi.

▪️ Dastavval, boshqarma boshlig‘i Amriddin Toyirov bitiruvchi yoshlarni tashkilot, uning quyi tizimida yaratilgan sharoit va imkoniyatlar bilan tanishtirdi.

▪️Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassis M.Xidirov boshqarmada ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar, uning asl mohiyati nimadan iboratligi, toza vijdon bilan ishlagan kadrgina yuksalishi haqida so‘z yuritdi.

▪️ Shundan so‘ng, inson resurslarini boshqarish sho‘basi boshlig‘i Amirbek Raximov tomonidan boshqarmadagi mavjud vakant lavozimlar, qabul jarayonidagi talablar haqida ma’lumot berildi.

Telegram | Facebook | Instagram
#Korrupsiyaga_qarshi_kurash
#Davra_suhbati #Kadastr

⭐️ Kadastr agentligi hamda 🌟 Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmalari tizimida korrupsion holatlarni oldini olish va bu illatga qarshi murosasiz kurashni kuchaytirish maqsadida hududlarda doimiy targ'ibot-tashviqot ishlari amalga oshirib kelinmoqda.

◾️ Peshku tuman bo‘limi va filiali xodimlari ishtirokida tashkil etilgan «Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi» mavzusidagi davra suhbati ham ayni shu masalaga qaratildi.

◾️Tadbirda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyat boshqarmalari mas'ul xodimlari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurash yo‘nalishida kadastr tizimida amalga oshirilayotgan ishlar, sohani korrupsiyadan xoli tizimga aylantirish maqsadida joriy qilinayotgan yangi tartiblar haqida tushuntirish berildi.

◾️ Davra suhbati davomida xodimlarga ham o‘z xizmat vazifalarini vijdonan bajarib, jismoniy va yuridik shaxslar bilan muloqot jarayonida ta’magirlik, poraxo‘rlik, mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish kabi holatlarga yo‘l qo‘ymaslik muhimligi alohida uqtirildi.

Mazkur mavzudagi tadbirlar hududlarda davom etmoqda.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM