Buxoro Kadastr ️
1.3K subscribers
5.66K photos
977 videos
1 file
4.07K links
Kadastr Agentligi hamda Davlat Kadastrlari Palatasi Buxoro viloyat boshqarmalarining rasmiy kanali

Murojaat uchun:
@Kadastr_muloqot_bot
Download Telegram
#Sayyor_qabul
#Live

📸 Ayni paytda Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig'i Yashin Habibov hamda tizim mutasaddilari ishtirokida Peshku tumanidagi «Zandani» MFY binosida hudud aholisi uchun sayyor qabul oʻtkazilmoqda.

📝 Qabulda mas'ullar tomonidan fuqarolarning uy-joyning kadastr hujjatlarini tayyorlash, yer maydonlarini ajratish tartibi, dehqon va fermer xo‘jaliklarida uchrayotgan muammolar, ko‘chmas mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va boshqa muammolar hamda sohaga doir boshqa murojaatlari eshitilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram
▪️Olib qo‘yilgan yerdagi dov-daraxtlarning bozor qiymati qoplab beriladi▪️

⚜️ Qonunchilikka ko‘ra, yer uchastkasi olib qo‘yilishi munosabati bilan quyidagilar kompensatsiya qilinadi:

▪️ olib qo‘yilgan yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulkning bozor qiymati;
▪️ olib qo‘yilgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning bozor qiymati (bundan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalariga bo‘lgan ijara huquqi mustasno);
▪️ olib qo‘yilgan yer uchastkasidagi ko‘p yillik dov-daraxtlarning bozor qiymati;
▪️ ko‘chish, shu jumladan boshqa ko‘chmas mulk obyektini vaqtinchalik ijaraga olish bilan bog‘liq xarajatlar;
▪️ yer uchastkasidan va unda joylashgan ko‘chmas mulk obyektlaridan foydalanishdan olinishi mumkin bo‘lgan boy berilgan foyda;

Bunda yer uchastkasi va unda joylashgan ko‘chmas mulk obyektlari bo‘shatib qo‘yilgan paytdan e’tiboran avvalgi faoliyatni tiklashga qadar bo‘lgan, biroq 1 yildan ortiq bo‘lmagan muddatdagi foyda yoki mavsumiy hosildan olinishi mumkin bo‘lgan foyda hisobga olinadi;

▪️ huquq egasining qonunchilikda yoki kelishuvda nazarda tutilgan boshqa xarajatlari va zararlari.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Foydali
#Kadastr

📹 Ko‘chmas mulkka egalik huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi haqida bilasizmi?

Ko‘chmas mulkka nisbatan tegishli huquq paydo bo‘lgach 1 oy ichida ko‘chmas mulk davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak.

❗️ Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik fuqarolarga BHMning 10 baravari (3 mln so‘m), mansabdor shaxslarga esa 15 baravari (4,5 mln so‘m) miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Telegram | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr

🌍 OAV biz haqimizda

🫥 24-fevral O'zbekiston Milliy matbuot markazida o'tkazilgan matbuot anjumani "O'zbekiston24" telekanalining "Yangiliklar" informatsion dasturida

➡️Batafsil videoda

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Yer uchastkalari auksion savdolariga quyidagi mulk huquqi asosida chiqariladi

▪️Hududlar va aholi punktlari, ularni rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish to‘g‘risidagi hamda ularni qurish haqidagi tasdiqlangan hujjatlar mavjud bo‘lganda yer uchastkalari auksionga mulk huquqi bilan chiqariladi.

▪️Hududlar va aholi punktlari, ularni rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish to‘g‘risidagi hamda ularni qurish haqidagi tasdiqlangan hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, yer uchastkalari auksionga faqat ijara huquqi bilan chiqariladi.

Telegram | Facebook | Instagram
#kadastr #huquqiy_axborot

🌍 O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonlarini yer egasiga qaytarish tartibi

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi yer kodeksi 91-modda

O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari ularga g‘ayriqonuniy ravishda egalik qilingan va foydalanilgan vaqtda qilingan sarf-xarajatlar qoplanmagan tarzda tegishliligiga ko‘ra qaytariladi.

Yer uchastkalarini foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish, shu jumladan undagi imoratlarni buzish yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olgan shaxslar hisobidan amalga oshiriladi.

▪️ O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasini yer egasiga, yerdan foydalanuvchiga, yer uchastkasi ijarachisiga yoki mulkdoriga qaytarish tegishli tuman, shahar, viloyat hokimining qaroriga binoan yoki sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Korrupsiyaga_qarshi_kurash
#Kadastr #Buxoro

Korrupsiyadan holi tizim barpo etish asosiy maqsad

🔹 Ayni paytda, Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi komplayens-nazorat xizmati bosh mutaxassisi M.Xidirov tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan profilaktik tadbirlarning navbatdagisi Kogon tuman va Kogon shahar xodimlari ishtirokida o‘tkazilmoqda.

🔹 Unda bo‘lim va filial xodimlariga korrupsiya, manfaatlar to‘qnashuvi, poraxo‘rlik va firibgarlik jinoyatlari haqida tushuntirishlar berildi.

🔹 Sohada firibgarlik va tamagirlik kabi illatlarni butunlay yoʻqotish uchun har bir xodim o‘z vazifasiga vijdonan yondashgan holda faoliyat yuritishi zarurligi tushuntirildi.

🔹 Shuningdek, boshqarma yuridik bo‘limi boshlig‘i R.Baxronov tomonidan qonunchilik hujjatlaridagi o‘zgarishlar, murojaatlarda muddat buzilishlariga yo‘l qo‘ymaslik, ichki tartib, odob-axloq qoidalariga amal qilish kabi masalalar bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Telegram | Facebook | Instagram
#Auksion
#Statistika_DKP

🏢 Davlat kadastrlari palatasi respublikamizning barcha hududlari bo‘yicha 2023-yil 21-27-fevral kunlarida auksion savdolariga taqdim etilgan yer uchastkalarining statistik ma’lumotlarini taqdim qildi.

📃Unga ko‘ra, respublika bo‘yicha mazkur muddatda tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun 161 ta yer uchastkasi e-auksion.uz platformasi orqali savdoga chiqarilgan. Shundan 0,69 gektar maydondagi 8 ta yer uchastkasi Buxoro viloyatidan savdoga chiqarilgan.

❗️ Davlat kadastrlari palatasi taqdim etgan ma'lumotlar asosida e-auksion.uz platformasidagi savdolarda qatnashing va shaffof, ochiq yo'l bilan yer uchastkalarini sotib oling!

Telegram | Facebook | Instagram
#TEST

Dehqonchilik uchun yerlar aholiga qancha muddatga ijaraga beriladi?
Anonymous Quiz
28%
10 yilga
10%
15 yilga
57%
30 yilga
5%
Cheksiz muddatga
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr

⁉️Mahalla va ko‘chalarga boshqa nom berish uchun aholi qayerga murojaat qilish kerak?

Geografik obyektlarga nom berishda aholi fikri albatta inobatga olinadi. Qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirishlar bilan buning tartibi aniqlashtirildi.

➡️ Batafsil "Kun.uz" lavhasi orqali bilib olishingiz mumkin.

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun, 1-martdan qonunchilikda qanday o‘zgarishlar yuz beradi?

▪️ Hududlarni bir-biri bilan bog‘lash maqsadida yangi yo‘llarda muntazam aviaqatnovlar boshlandi 👉 Batafsil

▪️Milliy sport turlari bo‘yicha umumrespublika sport musobaqalari o‘tkaziladi 👉 Batafsil

▪️Unitar korxona shaklida yuridik shaxs tashkil etish to‘xtatiladi 👉 Batafsil

▪️Soliq to‘lovchilar sayyor soliq tekshiruvlari ustidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri sudga shikoyat qilishi mumkin bo‘ladi 👉 Batafsil

▪️Yuridik shaxslarga my.gov.uz orqali tijorat xizmatlarini ko‘rsatishga ruxsat beriladi 👉 Batafsil

▪️Qiynoqqa solishga qarshi kurashish bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etiladi 👉 Batafsil

▪️Ayrim davlat xaridlari bo‘yicha buyurtmalarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida bajarilishi to‘xtatiladi 👉 Batafsil

▪️Tadbirkorlar soliq qarzini foizlarsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lashi mumkin bo‘ladi 👉 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_royxatidan_otkazish
#Statistika

🏢 Davlat kadastrlari palatasi hududlar bo‘yicha 2023-yil 22-28-fevral kunlari davomida ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish yuzasidan jami ma’lumotlarni taqdim etadi.

📊 Yuqorida ro‘yxatdan o'tkazish uchun kelib tushgan arizalar soni va ularning qanchasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi bo‘yicha statistik ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

📈 O'tgan vaqt oralig'ida davlat ro'yxatidan o'tkazilgan obyektlar soni umumiy 7 067 tani tashkil etdi. Shundan Buxoro viloyatida 270 ta ko‘chmas mulk obyekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Jami kelib tushgan arizalar soni esa, 1 239 tani tashkil etgan.

Telegram | Facebook | Instagram
#kadastr #infografika

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi hududida joylashgan ko'p qavatli va kvartirali uylar to'g'risida infografik ma'lumot.

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xabaringiz_bormi

🔰 Amaldagi tartibga ko‘ra, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini mulk huquqi asosida auksion savdolari orqali sotib olganda auksion g‘olibi sotib olish qiymatini 3 yilgacha bo‘lib to‘lash imkoniyati mavjud.

Telegram | Facebook | Instagram
#Kadastr #Infografika
#Xususiylashtirish

«Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga ko‘ra 6 toifa yer uchastkalari xususiylashtirilmaydi.

👆Xususiylashtirilmaydigan yer uchastkalari haqida yuqoridagi infografikada ma'lumot berilgan.

Telegram | Facebook | Instagram
#kadastr #milliy_atlas

Kartografiya davlat ilmiy ishlab chiqarish korxonasi tomonidan 2023- yilda:

Qoraqalpog‘iston Respublikasining toponimik atlasini yaratish bo‘yicha ishlarni amalga oshiriladi.

8-10-sinflar uchun atlas va yozuvsiz xaritalar qoraqalpoq tilida ishlab chiqiladi.

Buxoro, Navoiy, Jizzax, Samarqand, Sirdaryo, Surxonadaryo viloyatlari hamda Toshkent shahrining tuman (shahar)larining geografik obyektlar nomlari interaktiv raqamli xaritalari;

O‘zbekiston Respublikasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri va tuman (shahar)larning Etnokonfessional atlasi;

Xorijiy davlatlarda istiqomat qiluvchi O‘zbekistonliklar atlasi;

O‘zbekiston Respublikasining turli xududlarida faoliyat yuritayotgan diniy tashkilotlar joylashuvi xaritasi ishlab chiqiladi.

Toshkent, Jizzax va Surxondaryo viloyatlarining 1:25 000 masshtabdagi 627 ta nomenklatura topografik xaritalarini nashrga tayyorlanadi.

Andijon, Namangan, Qashqadaryo, Farg‘ona viloyatlarining 1:25 000 masshtabdagi 582 ta nomenklatura topografik xaritalari nashr qilinadi.

🇺🇿 Imkoniyati cheklangan aholi qatlamini brayl yozuvli kartografik mahsulotlar bilan taʼminlash uchun korxonani modernizatsiya qilinadi.

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Statistika
#DKP_Buxoro

🏢 Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyat boshqarmasi maʼlumotiga ko‘ra, hududda joriy yilning o‘tgan 2 oyi davrida jismoniy va yuridik shaxslarning 3397 ta ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

Shundan,

▪️ yakka tartibdagi turar joylar — 1385 ta;
▪️ ko‘p qavatli uylardagi xonadonlar — 1027 ta;
▪️ yer uchastkasi — 457 ta;
▪️ noturar joy ko‘chmas mulk obyektlari — 528 tani
tashkil qiladi.

Telegram |Facebook |Instagram
#DKP_statistika
#Kadastr_pasporti

Hafta davomida Buxoroda qancha kadastr pasporti shakllantirilgan?

Davlat kadastrlari palatasi axborot xizmatining ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning 23-fevral—1-mart kunlari davomida respublika bo‘yicha 6 226 ta kadastr pasporti tayyorlangan. Fuqarolardan kelib tushgan jami arizalar esa, 17 794 tani tashkil qilgan.

Shundan Buxoro viloyati bo‘yicha fuqarolarning murojaatlariga asosan 301 ta kadastr pasporti tayyorlab berilgan.

Batafsil ma’lumotlarni mazkur infografika orqali ko‘rishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram