Buxoro Kadastr ️
1.29K subscribers
5.67K photos
978 videos
1 file
4.08K links
Kadastr Agentligi hamda Davlat Kadastrlari Palatasi Buxoro viloyat boshqarmalarining rasmiy kanali

Murojaat uchun:
@Kadastr_muloqot_bot
Download Telegram
#Savol_Javob

Savol: Qurilishi tugallanmagan obyektni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish mumkinmi?

Javob: Qurilishi tugallanmagan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlar tegishli loyiha tashkiloti tomonidan ularning qurilishi boshlanganligi tasdiqlangan taqdirda, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi mumkin.

▪️Bunda bino va inshootning poydevor va birinchi qavati devorlarining qurilish ishlari yakunlanganligi qurilishni boshlangan deb topish uchun asosi hisoblanadi.

Telegram | Facebook | Instagram
#xabaringiz_bormi

⚡️«Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida»gi qonun ko‘chmas mulkning quyidagi turlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga nisbatan tatbiq etiladi:

🔹yer uchastkalariga;
🔹binolarga, inshootlarga, shu jumladan qurilishi tugallanmagan obyektlarga;
🔹ko‘p yillik dov-daraxtlarga;
🔹mulkiy majmua sifatidagi korxonaga.

❗️ Binolarga, inshootlarga hamda qurilishi tugallanmagan obyektlarga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ushbu ko‘chmas mulk joylashgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaguniga qadar amalga oshirilmaydi.

Telegram | Facebook | Instagram
#Sayyor_qabul
#Kadastr #Buxoro

Hurmatli Peshku tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari!

Aholining Kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Peshku tumani aholisi uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bo‘yicha va kadastr bilan bog‘liq boshqa muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 25-fevral kuni soat 11:00 dan boshlab sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

Sayyor qabul Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i Habibov Yashin Xayrullayevich boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

📍Manzil: Peshku tumani, «Zandani» MFY binosi

Telegram | Facebook | Instagram
#DKP_statistika
#Kadastr_pasporti

Hafta davomida Buxoroda qancha kadastr pasporti shakllantirilgan?

Davlat kadastrlari palatasi axborot xizmatining ma’lumotlariga ko‘ra, hafta davomida respublika bo‘yicha 8 490 ta kadastr pasporti tayyorlangan. Fuqarolardan kelib tushgan jami arizalar esa, 21 360 tani tashkil qilgan.

Shundan Buxoro viloyati bo‘yicha fuqarolarning murojaatlariga asosan 320 ta kadastr pasporti tayyorlab berilgan.

Batafsil ma’lumotlarni mazkur infografika orqali ko‘rishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram
#Huquqiy_asos
#Kadastr #Qonunchilik

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, yer berish tartibini buzish, xuddi shuningdek fermer va dehqon xo'jaligini yuritish uchun, yakka tartibda uy-joy qurish va turar joy binosiga xizmat ko'rsatish, jamoa bog'dorchiligi va polizchiligi uchun fuqarolarga yer berilishiga to'sqinlik qilish, - mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Telegram | Facebook | Instagram
#siyosiy_marifat_soati

📸 Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmalari xodimlari bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi navbatdagi «Siyosiy (ma’rifat) o‘quv soati»da ishtirok etishdi.

Telegram | Facebook | Instagram
#DKP_statistikasi #Buxoro
#Mulkdor_erkaklar

Buxoroda erkak mulkdorlar soni qancha?

🏢 Davlat kadastrlari palatasining 2022-yilgi ma’lumotlariga ko‘ra, respublika bo‘yicha erkak mulkdorlar nomidagi jami ko‘chmas mulk obyektlari soni 5 488 325 tani tashkil etadi.

📊 Respublikamiz bo‘yicha eng ko‘p erkak mulkdorlar Samarqand viloyati hisobiga to'g'ri kelmoqda — 629 109 ta. So'nggida esa 129 529 ta mulkdor bilan Sirdaryo viloyatini ko'rish mumkin. Buxoro viloyatida esa, ko‘chmas mulk obyektlarining 370 739 tasi erkak mulkdorlar tasarrufida.

🔹Avvalroq, Davlat kadastrlari palatasi ma’lumotlari asosida Buxoro viloyatidagi ayol mulkdorlar soni haqidagi ma'lumotni bergan edik.

Telegram | Facebook | Instagram
#ayni_damda #matbuot_anjumani

🟢 Ayni damda O‘zbekiston Milliy matbuot markazida 👍Kadastr agentligining matbuot anjumani boshlandi.

➡️Mavzu: “Geografik obyektlar nomlari hamda kartografiya sohasida 2022 yilda amalga oshirilgan ishlar va 2023 yil rejalari”

📲 Matbuot anjumani translyatsiyasini UzReport TV telekanali va telekanalning YouTube va Facebookdagi sahifalari orqali JONLI tomosha qiling.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Savol_javob
#Kadastr

Uy-joyning kadastr pasportini yo‘qotib qo‘yganda nima qilish kerak?

📌Bunday vaziyatda ko‘chmas mulk obyektining kadastr pasporti istalgan hududdagi Davlat xizmatlari markaziga tashrif buyurgan holda yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ro‘yxatdan o‘tib elektron ariza berish yo‘li bilan qayta rasmiylashtirib olinishi mumkin. Bunda kadastr pasportini rasmiylashtirish uchun to‘lov undirilmaydi, ariza ikki ish kuni mobaynida ko‘rib chiqiladi.

⚡️Eslatma: Arizani rasmiylashtirish uchun ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjat ilova qilinishi lozim.

Telegram | Facebook | Instagram
#Kadastr #Komplayens_nazorati
#Buxoro

KORRUPSIYAGA QARSHI BIRGALIKDA KURASHAMIZ!

🔰 Hurmatli fuqarolar, siz kadastr yo‘nalishida korrupsiyaga duch kelsangiz, bizga xabar bering!

📲 Korrupsiya holatlari haqida ma’lumotlarni Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmalarining komplayens-nazorati xizmatining +998 88-238-45-45 raqamli telefoniga qo‘ng‘iroq qilib xabar qilishingiz mumkin.

❗️Yuborilgan xabarlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi hamda murojaat qiluvchining shaxsi sir saqlanadi.

Telegram |Facebook |Instagram
#Kadastr #Buxoro

Faoliyat tanqidiy muhokama qilindi

🏢 Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i Y.Habibov boshchiligida agentlikning tuman va shahar bo‘limlari xodimlari ishtirokida ZOOM platformasi orqali yig'ilish tashkil etildi.

▪️ Unda Yer qonun buzilishi, uning kelib chiqish sabablari va bunga imkoniyat yaratib berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida viloyat Prokuraturasining taqdimnomasida qayd etilgan kamchiliklar tanqidiy ko‘rib chiqildi.

▪️Shuningdek, yig‘ilishda Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan 2022-yil davomida amalga oshirilgan ishlari ahvoli tahlil qilindi.

▪️Yig‘ilish ishtirokchilariga vakolat doirasida yer qonun buzilishi holatlarini erta aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha ishlarni keskin kuchaytirish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Telegram | Facebook | Instagram