Buxoro Kadastr ️
2.83K subscribers
6.33K photos
1.08K videos
1 file
4.55K links
Kadastr Agentligi hamda Davlat Kadastrlari Palatasi Buxoro viloyat boshqarmalarining rasmiy kanali

Murojaat uchun:
@Kadastr_muloqot_bot
Download Telegram
#Bilasizmi #Qonunchilik
#Kadastr #Buxoro

Fuqarolar, yuridik shaxslar va boshqa subyektlar o‘rtasida ko‘chmas mol-mulklarni notarial ravishda rasmiylashtirishda yuzaga keladigan muammolarning biri taqiqlar bilan bog‘liqdir.

📃 Qonunchilikka ko‘ra, sud yoki boshqa organlar qarorlari bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaganda, qarzdorliklar bartaraf etilmagan taqdirda, qarzdorlar jismoniy yoxud yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulklarga taqiqlar qo‘yilishi mumkin.

◾️ Fuqarolar ko‘chmas mulklarga oid qidiruv yoki taqiq bo‘yicha ma’lumotlarni Majburiy ijro byurosining Mib.uz rasmiy saytidagi “Interaktiv xizmatlar” sahifasida “Ko‘chmas mulkni tekshirish” ruknlari orqali bilib olishlari mumkin. 

☝️ Buning uchun “Ko‘chmas mulkni tekshirish” rukniga kirib kadastr raqamlarni kiritish orqali taqiq mavjud yoki yo‘qligi haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lish mumkin.

❗️Agarda, ko‘chmas mulkda taqiqlar aniqlansa, ushbu saytning “Qarzdorlikni tekshirish” rukni orqali bu haqida batafsil ma’lumot olish mumkin.

◾️Shuningdek, qarzdorlik elektron to‘lov tizimi orqali bartaraf etilganida, mavjud qidiruv va taqiqlar shu zahoti bekor qilinadi.

Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#Qonunchilik_yangiliklari
#Kadastr #Buxoro

Yer to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda

🇺🇿 Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida yer uchastkalaridan samarali foydalanish hamda sohadagi huquqbuzarliklarning oldini olish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.

📃Ushbu qonun loyihasi bilan yer to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablarini buzganlik bilan bog‘liq qilmishlar uchun javobgarlik choralari kuchaytirilmoqda.

Jinoyat, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi hamda Jinoyat-protsessual kodekslarida yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish bilan bog‘liq jinoyatlar prokuratura organlarining tergoviga taalluqli ekanligi belgilanmoqda.

Iqtisodiy va Fuqarolik protsessual kodekslari sudlarda o‘zboshimchalik bilan egallangan davlat egaligidagi yer uchastkalarini qaytarish hamda noqonuniy qurilmalarni buzib tashlashga oid ishlarni ko‘rib chiqishning alohida tartibini belgilovchi normalar bilan to‘ldirilmoqda.

mahalliy davlat hokimiyati organlari fuqarolik va iqtisodiy sudlarga yer to‘g‘risidagi qonun buzilishi bilan bog‘liq ariza kiritganda davlat bojidan ozod etilishi belgilanmoqda.

Qonun loyihasining qabul qilinishi yer resurslaridan oqilona va maqsadli foydalanilishini ta’minlash, yerlarni noqonuniy egallab olishning oldini olish, yer qonunchiligiga rioya qilishga xizmat qiladi.


🔖Qonun loyihasi uchinchi o‘qishda qabul qilindi.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilik_yangiliklari
#Kadastr #Buxoro

“O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi Qonun Prezident tomonidan
imzolandi.

Unga ko‘ra, fuqarolar quyidagi ko‘chmas mulklarni o‘z nomiga (ijara va mulk huquqi asosida) qonuniy o‘tkazib olishi mumkin:

🟢2018 yil 1 may kunigacha yakka tartibdagi uy-joy qurib o‘zboshimchalik bilan egallagan yer hamda undagi bino va inshootlar;

🟢2018 yil 1 may kunigacha fuqarolar va tashkilotlar tomonidan hujjatda ko‘rsatilgan maydondan ortiqcha egallangan yer hamda undagi bino va inshootlar;

🟢“bir martalik aksiya” doirasida huquqlarni eʼtirof etish oxiriga yetmagan yer hamda undagi bino va inshootlar;

🟢2021-yil 8-iyunga (hokimlarning vakolati bekor qilinguniga) qadar tuman (shahar) hokimlari qarori bilan ajratilgan, lekin viloyat hokimi yoki xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanmagan yer;

🟢bog‘dorchilik va uzumchilik shirkatlari hududidagi turar joylar hamda ular egallagan yer;

🟢kichik sanoat zonalari hududiga 2020-yil 9-martgacha joylashtirilgan tadbirkorlarning yeri;

🟢davlat orderi bilan xususiylashtirilgan binolar va uylar egallagan yer;

🟢hokim qarori bilan mulk huquqi eʼtirof etilgan binolar va uylar egallagan yer uchastkasi.

❗️Qonun 3 oydan so‘ng kuchga kiradi.


🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📑📑📑📑

“O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi.

Unga ko‘ra, fuqarolar quyidagi ko‘chmas mulklarni o‘z nomiga (ijara va mulk huquqi asosida) qonuniy o‘tkazib olishi mumkin.

Qonun talablariga ko‘ra, yakka tartibdagi uy-joylar egallagan yerlarga ijara huquqi quyidagi hajmgacha beriladi:

🟠1998-yil 1-iyulgacha egallangan bo‘lsa – 0,24 gektargacha;

🟠1998-yil 1-iyuldan 2018-yil 1-may kuniga qadar egallangan bo‘lsa – Toshkent, Nukus shaharlari hamda viloyat markazlarida 0,06 gektar, qolgan hududlarda 0,12 gektardan oshmagan hajmda.

🔴Ushbu hajmdan ortiqcha yerlar, agar nizo bo‘lmasa, dehqon xo‘jaligi yoki tomorqa xo‘jaligi yuritish uchun rasmiylashtirib beriladi.

❗️Qonun 3 oydan so‘ng kuchga kiradi.


#Qonunchilik_yangiliklari #Kadastr #Buxoro

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

⭐️ Kadastr agentligi tomonidan tuzilgan reja-jadvalga asosan binolar va inshootlar xatlovdan o'tkaziladi

🫥 O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarni aniqlash ishlarini tashkil etish.

🟣O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini hamda ularda qurilgan binolar inshootlar bosqichma bosqich xatlovdan o'tkazish har yilgi reja-jadval asosida amalga oshiriladi.

🟣Reja-jadval Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining taklifiga ko'ra Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlanadi va jamoatchilikka e'lon qilinadi.

🟣Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining qarori bilan reja-jadvalga asosan, ushbu Qonunning 16-moddasida nazarda tutilgan vakolatli tashkilotlarning hududiy bo'linmalari vakillaridan iborat ishchi guruhlar tashkil etiladi.

🇺🇿 “O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi 937-sonli qonunning 13-moddasi.

#Qonunchilik_yangiliklari #Kadastr #Buxoro
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#Qonunchilik #Kadastr
#Buxoro

❗️Fuqarolar tomonidan 2018-yil 1-mayiga qadar yakka tartibda uy-joy qurish orqali o‘zboshimchalik bilan egallab olingan binolar va inshootlarga mulk huquqi eʼtirof etiladi.


Mazkur toifadagi yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqini e’tirof etish uchun quyidagi shartlarning barchasiga rioya etilganligi asos bo‘ladi:

🔴 Agar mazkur yer uchastkasi boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga ajratilmagan yoki elektron onlayn-auksionga qo‘yilmagan bo‘lsa;

🔴Agar mazkur yer uchastkasidan foydalanish yuzasidan jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar o‘rtasida nizo mavjud bo‘lmasa;

🔴 Agar mazkur yer uchastkasi uchun yer solig‘i bo‘yicha, unda qurilgan binolar va inshootlar uchun esa mol-mulk solig‘i bo‘yicha qarzdorlik mavjud bo‘lmasa.


🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🗂🗂🗂🗂

⭐️ Kadastr agentligi tomonidan tuzilgan reja-jadvalga asosan binolar va inshootlar xatlovdan o'tkaziladi

🫥 O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarni aniqlash ishlarini tashkil etish.

🟣O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini hamda ularda qurilgan binolar inshootlar bosqichma bosqich xatlovdan o'tkazish har yilgi reja-jadval asosida amalga oshiriladi.

🟣Reja-jadval Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining taklifiga ko'ra Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlanadi va jamoatchilikka e'lon qilinadi.

🟣Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining qarori bilan reja-jadvalga asosan, ushbu Qonunning 16-moddasida nazarda tutilgan vakolatli tashkilotlarning hududiy bo'linmalari vakillaridan iborat ishchi guruhlar tashkil etiladi.

🇺🇿 “O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi 937-sonli qonunning 13-moddasi.


#Qonunchilik #Kadastr #Buxoro

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#Qonunchilik_yangiliklari
#Kadastr #Buxoro

Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflik taʼminlanadi

🇺🇿 Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-973-son, 09.10.2024 y.) bilan ayrim qonun hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi

📃 Qonunga ko‘ra, Yer kodeksiga va boshqa qonunlarga ijaraga oluvchi tomonidan ijaraga olingan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalariga bo‘lgan o‘z huquqlari va majburiyatlari yer uchastkasidan foydalanish maqsadlari o‘zgartirilmagan holda boshqa shaxsga o‘tkazilishi (qayta ijaraga berilishi) mumkinligini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

◾️Shuningdek, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berishda ochiq elektron tanlov o‘rniga elektron onlayn-auksionlar joriy etilishi belgilanmoqda.

◾️Bundan tashqari, eng yaxshi taklifni tanlab olish yo‘li bilan aniqlanadigan yirik investitsiya loyihasini amalga oshruvchi jismoniy va yuridik shaxslarga yer uchastkalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ijaraga berishda ijaraga oluvchi tomonidan Davlat byudjetiga mablag‘lar to‘lanishi nazarda tutilmoqda.

⚠️Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.


🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (30.09.2024 y.) “Yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlari va kapital qurilish obyektlarining yagona klassifikatorini amalga kiritish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 614-sonli qarori

⚡️ Ushbu qarorga asosan 2025-yil 1-yanvardan quydagilar tatbiq qilinadi

➡️yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlari va kapital qurilish obyektlarining foydalanish maqsadi har bir hududiy zona uchun joylardagi tegishli tuman (shahar) hokimliklari tomonidan shaharsozlik reglamentlari talablariga muvofiq belgilanadi va Davlat shaharsozlik kadastri maʼlumotlarida aks ettiriladi;

➡️yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy yoki shartli ruxsat etilgan turi Kadastr va ko‘chmas mulkni ro‘yxatga olishning integratsiyalashgan axborot tizimiga bu haqidagi maʼlumotlar kiritilgan kundan boshlab belgilangan hisoblanadi;

➡️yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning yordamchi turlari to‘g‘risidagi maʼlumotlar Kadastr va ko‘chmas mulkni ro‘yxatga olishning integratsiyalashgan axborot tizimiga kiritilmaydi va hududni funksional zonalashtirilishini belgilovchi shaharsozlik hujjatlari tasdiqlangan kundan boshlab belgilangan hisoblanadi;

📌 Qaror 2025-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.


#Qonunchilik_yangiliklari #Kadastr #Buxoro

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Shaharsozlik hujjatlarini tayyorlash tizimi takomillashtiriladi.

🌏Prezident tomonidan imzolangan "Shaharsozlik faoliyati sohasidagi davlat boshqaruvi va aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida" gi O‘RQ-960-sonli Qonunga ko‘ra, Shaharsozlik kodeksiga Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining nomini va vakolatlarini aniqlashtirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritildi.

◼️Shuningdek, mazkur qonun bilan O‘zbekiston hududini rivojlantirishni rejalashtirish bosh tarhini hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar hududlarini rivojlantirishni rejalashtirish tarhlarini ishlab chiqish yo‘li bilan aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini tayyorlash tizimi takomillashtirilmoqda.

#Qonunchilik_yangiliklari #Kadastr #Buxoro

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM