Buxoro Kadastr ️
1.29K subscribers
5.67K photos
978 videos
1 file
4.08K links
Kadastr Agentligi hamda Davlat Kadastrlari Palatasi Buxoro viloyat boshqarmalarining rasmiy kanali

Murojaat uchun:
@Kadastr_muloqot_bot
Download Telegram
#Kadastr #Buxoro
#Yer_nazorati #Vobkent_tumani

🔰 VOBKENT TUMAN BO'LIMI INSPEKTORLARI TOMONIDAN 2022-YIL DAVOMIDA 53 TA YER QONUN BUZILISH HOLATLARI ANIQLANDI

🏢 Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi Vobkent tumani bo‘limi inspektorlari tomonidan 2022-yil davomida 53 ta holatda 1,94 gektar yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olinganligi aniqlangan.

❇️ Shundan 20 ta holat bo‘yicha 1,34 gektar yer uchastkalaridagi o'zboshimchalik bilan egallanish holatlari joyida bartaraf etilgan.

❇️ 18 ta holatda yer maydonlaridagi noqonuniy qurilmalarni buzdirish uchun sudga da`vo arizalari kiritilgan. 13 ta da’vo arizasi qanoatlantirilib, o‘zboshimcha qurilishlarni bartaraf qilish bo‘yicha sudning hal qiluv qarori chiqqan.

Yer qonun buzilishi holatlarini keltirib chiqargan 143 nafar qonunbuzar shaxsga 294 mln. 900 ming so’m jarimalar qo‘llanilgan.

Telegram | Facebook | Instagram
#Kadastr #Buxoro
#Yer_nazorati #Vobkent_tumani

🏢 Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi Vobkent tumani bo‘limi inspektorlari tomonidan 2023-yilning o‘tgan 6 oylik davrida 8 ta holatda 1,6 gektar yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olinganligi aniqlangan.

❇️ Shundan 3 ta holat bo‘yicha 1,1 gektar yer uchastkalaridagi o'zboshimchalik bilan egallanish holatlari belgilangan tartibda fuqarolar tomonidan ixtiyoriy bartaraf etilgan.

❇️ 5 ta holatda 0,5 gektar yer maydonidagi qurilmalarni buzdirish uchun sudga da`vo arizalari kiritilgan.

🟩 Yer qonun buzilishi holatlarini keltirib chiqargan 48 nafar qonunbuzar shaxslarga 201 mln. 30 ming so’m jarimalar qo‘llanilgan.

Telegram | Facebook | Instagram
#Kadastr #Buxoro
#Yer_nazorati #Vobkent_tumani


⭐️ Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi Vobkent tumani bo‘limi inspektorlari tomonidan 2023-yilning o‘tgan 9 oyi davomida 24 ta holatda 2,8 gektar yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olinganligi aniqlangan.

🤔 Shundan 1,3 gektar yer uchastkalaridagi o'zboshimchalik bilan egallanish holatlari ixtiyoriy bartaraf etilgan.

📝 8 ta holatda 0,5 gektar yer maydonidagi qurilmalarni buzdirish uchun sudga da'vo arizalari kiritilgan. Ayni vaqtda mazkur da’vo arizalari yuzasidan sud jarayonlari davom etmoqda.

🔰 2 ta holatda yer maydonidagi qonun buzilish holatlari bo‘yicha hujjatlar qo‘shma tartib asosida prokuratura organlariga yuborilgan

💰 Yer qonunbuzilishi holatlarini keltirib chiqargan 74 nafar qonunbuzar shaxslarga 445.23 mln so’m jarimalar qo‘llanilgan.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM