Buxoro Kadastr ️
1.38K subscribers
6.25K photos
1.07K videos
1 file
4.49K links
Kadastr Agentligi hamda Davlat Kadastrlari Palatasi Buxoro viloyat boshqarmalarining rasmiy kanali

Murojaat uchun:
@Kadastr_muloqot_bot
Download Telegram
#Topografiya
#Seminar_trening

Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi va uning tuman(shahar) filiallarida bugungi kunda topografiya va kartografiya xaritalarini tayorlash bo‘yicha 13 nafar mutaxassis xodimlar faoliyat yuritadi.

Buxoro viloyat boshqarmasida ham topografiya va kartografiya xaritalarini tayorlash bo‘yicha mutaxassis xodimlar uchun maxsus seminar trening tashkil etildi. Unda shahar va tuman filiallarda foaliyat olib borayotgan topograflar ishtirok etishdi.

Seminarda topografik xaritalar tayyorlash uchun zarur bo'ladigan zamonaviy texnologiyalar haqida atroflicha ma'lumot berilib, sohadagi yutuq va kamchiliklar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish bo'yicha tegishli ko'rsatmalar berildi.

Seminar davomida sohada bo'layotgan o'zgarishlar topografik xaritalarni tayyorlash uchun xizmat etadigan yangi texnikalar atroflicha tushintirildi va topograflarning savollariga to‘liq javob berildi.

Telegram | Facebook | Instagram
#Seminar_trening
#Auksion

🔹Qorako‘l tumanida viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari B.Axmedov raisligida 2024-yilda makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy rivojlanish orqali aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan seminar-trening o‘tkazildi.

🔸Unda Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i Hamid Baqoyev hamda bo‘lim boshlig‘i Umid Vohidovlar tomonidan tuman tashkilotlari, hokim yordamchilari hamda yoshlar yetakchilariga tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer maydonlarini auksionga chiqarish tartiblari to‘g‘risida ma’lumot berildi.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

💠 Bugun, Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenting 2024-yil 14-noyabrdagi “Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–184-sonli Farmoni orqali belgilangan davlat yer va kadastr nazoratiga oid majburiy talablardan xodimlarning xabardorligini oshirish maqsadida seminar-trening tashkil etildi.

◾️Unda Biznes-ombudsman, Savdo-sanoat palatasi va boshqa manfaatdor idoralar xodimlari tomonidan mazkur farmon orqali joriy qilinayotgan yangi tartib-taomillar xususida boshqarma xodimlari va tuman-shahar bo‘limlari boshliqlariga atroflicha tushuntirishlar berildi.

◾️ Seminar doirasida yer va kadastr nazorati inspektorlari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga ham malakali mutaxassis va ekspertlardan javob olishdi.

◾️ Seminar so‘ngida Biznes-ombudsman vakili tomonidan, O‘zboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida bo‘lgan yer uchastkasini qaytarish, o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash to‘g‘risidagi ishlarni yuritishda Prokuror, o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni aniqlash hamda ularni bartaraf etishni (buzib tashlashni) tashkil etish sohasidagi vakolatli davlat organi o‘zboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida bo‘lgan yer uchastkasini qaytarish, o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash to‘g‘risidagi da’vo arizasi bilan sudga murojaat etish borasida 2024-yil 15-noyabrdagi 997-sonli Qonun bilan kiritilgan o‘zgarishlar bo‘yicha ham inspektorlarga atroflicha tushunchalar berildi.

#Seminar_trening #Kadastr #Buxoro

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM