Buxoro Kadastr ️
1.29K subscribers
5.67K photos
979 videos
1 file
4.08K links
Kadastr Agentligi hamda Davlat Kadastrlari Palatasi Buxoro viloyat boshqarmalarining rasmiy kanali

Murojaat uchun:
@Kadastr_muloqot_bot
Download Telegram
#Davra_suhbati

Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi komplayens nazorati xizmati tomonidan boshqarmaning Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘limi xodimlari uchun davra suhbati tashkil etildi.

Unda, so‘ngi paytlarda aholidan kelayotgan murojaatlar tahlil qilinganda, bo‘limda ishlovchi xodimlarning ustidan shikoyatlar tushayotgani, uni yuzaga kelish sabablari va yechimlari muhokama qilindi.

Yig‘ilishda moddiy manfaat evaziga noqonuniy harakatlarni sodir etmaslik, fuqarolar bilan ishlashda manfaatlar to‘qnashuvini sodir qilmaslik hamda ma’lumotlarni bazaga kiritish jarayonida noaniqlikka yo‘l qo‘ymasliklari yuzasidan xodimlarga qat’iy ogohlantirish berildi.

Telegram | Facebook | Instagram
#Davra_suhbati
#Komplayens_nazorat

Qat'iy intizom—muvaffaqiyat garovi

Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Kogon tuman bo‘limi va filiali xodimlari ishtirokida davlat xizmatchilari o‘z kasbiy faoliyatida amal qilishi lozim bo‘lgan prinsiplar, belgilab qo‘yilgan majburiyatlar, ijro intizomi borasida davra suhbati tashkil qilindi.

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmalari komplayens nazorat xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan davra suhbatida xodimlarga ijro va mehnat intizomi qoidalariga rioya qilish ish unumdorligini oshirishga xizmat qilishi tushuntirildi.

Shuningdek, komplayens nazorat xizmati mutaxassislari tomonidan bo‘lim va filial xodimlariga kunlik ish faoliyatlarida kadastr ma’muriy binosiga kirib-chiqish va maxfiylik rejimlariga amal qilish, ishga kelib ketish tartibi, jamoada sog‘lom ma’naviy – ruhiy holatni saqlash bo‘yicha tegishli me’yoriy hujjatlarning talablari yetkazildi.

Telegram | Facebook | Instagram
#Davra_suhbati

🔰Xabaringiz bor, joriy yilning 8-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti «Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi.

▪️Bugun, Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasida ushbu qonunning ijrosi, mohiyati va ahamiyatini tushuntirish maqsadida davra suhbati tashkil qilindi.

▪️Tadbirda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Buxoro viloyati filiali hamda viloyat Adliya boshqarmasi mas'ullari tomonidan davlat fuqarolik xizmatini tartibga solishda davlat organlarining asosiy vazifalari, vakolatlari, davlat fuqarolik xizmatchilarining maqomi, huquq va majburiyatlari, huquqiy va ijtimoiy himoyasining kafolatlari, davlat fuqarolik xizmatiga kirish, uni o‘tash hamda tugatish asoslari kabi yo‘nalishlarda keng tushunchalar berildi.

Telegram | Facebook | Instagram
#Kadastr #Davra_suhbati
#Korrupsiyaga_qarshi_kurash

🔰Xodimlar o'rtasida qonunga xilof hatti-harakatlarni oldini olish, shaffoflikni ta'minlash, sohada korrupsiyadan holi tizim yaratish maqsadida Kadastr agentligi Buxoro viloyat boshqarmasi mutasaddilari tomonidan yig'ilish va davra suhbatlari o'tkazib kelinmoqda.

▪️Joriy haftada shu mavzudagi navbatdagi davra suhbati Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Qorako‘l tumani bo‘limi hamda filiali xodimlari uchun o'tkazildi.

▪️Yig‘ilishda muhandis va inspektorlar bilan korrupsion holatlarning oldini olish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, fuqarolar bilan kasb etikasi va odob-axloq normalariga rioya qilgan holda muloqot qilish kabi masalalar muhokama qilindi.

Telegram | Facebook | Instagram
#Kadastr #Davra_suhbati
#Korrupsiyaga_qarshi_kurash

Maqsad– korrupsiyaning oldini olish

Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i Y.Habibov rahbarligida Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Olot tuman bo‘limi va filiali xodimlari uchun tanqidiy-tahliliy profilaktik yig‘ilish o‘tkazildi.

▪️Yig‘ilishda davra suhbatidan ko‘zlangan asosiy maqsad — sohada faoliyat yuritayotgan xodimlarni korrupsiya illatidan asrash, korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga murosasiz bo‘lish, unga yo‘l qo‘ymaslik, bu illatning salbiy oqibatlardan ogohlantirishdan iboratligiga urg‘u berildi.

▪️Bundan tashqari, xodimlarga xizmat vazifalarini sidqidildan bajarish, ishga o‘z vaqtida kelib-ketish, kiyinish madaniyatiga va ijro intizomiga rioya qilish masalalariga e'tiborni kuchaytirish lozimligi bo‘yicha ham topshiriqlar berildi. Shuningdek, tumanda olib borilayotgan xatlov jarayonlari ham muhokama qilindi.

Telegram | Facebook | Instagram
#Davra_suhbati #Kadastr
#Korrupsiyaga_qarshi_kurash

Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i Y.Habibov rahbarligida Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining tuman shahar bo‘limlari va filiallari xodimlari uchun tanqidiy profilaktik yig‘ilishlar o‘tkazib kelinmoqda. Navbatdagi shunday davra suhbati Vobkent tuman bo‘limi va filiali xodimlari bilan o‘tkazildi.

▪️Y.Habibov tomonidan xodimlarga ish vaqti davomida xizmat intizomining buzilishi, tamagirlik, firibgarlik kabi holatlar hamda ularning huquqiy oqibatlari xususida aniq misollarga tayangan holda atroflicha tushuntirishlar berildi.

▪️Bundan tashqari, davra suhbati davomida xizmat vazifalarini o‘z vaqtida bajarish, ishga vaqtida kelib-ketish, ijro intizomiga rioya qilish masalalariga e'tiborni kuchaytirish lozimligi bo‘yicha ham mas'ullarga topshiriqlar berildi. Shuningdek, yig‘ilishda tumanda olib borilayotgan xatlov jarayonlari ham muhokama qilindi.

Telegram | Facebook | Instagram
#Kadastr #Davra_suhbati
#Korrupsiyaga_qarshi_kurash

🔰 Davlat kadastrlari palatasi Buxoro shahar filialida komplayens-nazorati xizmati tomonidan xodimlarini korrupsiya illatidan asrash, uning har qanday ko‘rinishiga murosasiz bo‘lish, turli ko‘rinishdagi korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan «Korrupsiya - taraqqiyot dushmani» mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

▪️Davra suhbatida yig‘ilganlarga korrupsion holatlar kuzatilganda hushyor bo‘lish lozimligi uqtirildi. Ish vaqti davomida xizmat intizomining buzilishi, tamagirlik, firibgarlik kabi holatlar hamda ularning huquqiy oqibatlari xususida aniq misollarga tayangan holda atroflicha tushuntirishlar berib o‘tildi.

▪️Shuningdek, xodimlarga xizmat, kiyinish madaniyatiga va ijro intizomiga rioya qilishlari, ichki muhitni sog‘lomlashtirish, guruhbozlikka yo‘l qo‘ymaslik lozimligi tushuntirildi.

Telegram | Facebook | Instagram
#Kadastr #Davra_suhbati
#Korrupsiyaga_qarshi_kurash

Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i Y.Habibov rahbarligida o‘tkazib kelinayotgan tanqidiy profilaktik yig‘ilishlarning navbatdagisi Shofirkon tuman bo‘lim va filial xodimlari bilan o‘tkazildi.

▪️Yig‘ilish davomida kun tartibidagi 10 dan ortiq masalalar tahlil qilinib, xodimlar ishtirokida muhokama qilindi. Jumladan, xizmat vazifalarini bajarish jarayonida korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, tamagirlik, manfaatlar to‘qnashuvi kabi holatlardan saqlanish, ijro intizomi va ichki tartib qoidalarga rioya qilish, auksionga taqdim etilayotgan yerlar, yer nazorati, xatlov jarayonlarini namunali tarzda tashkil etish, yer qonun buzilish holatlari bo’yicha qo‘llanilgan ma’muriy jarimalarning undiruvi kabi masalalar qamrab olindi.

▪️Muhokama qilingan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Telegram | Facebook | Instagram
#Kadastr #Davra_suhbati
#Korrupsiyaga_qarshi_kurash

🔰Xodimlar o'rtasida qonunga xilof hatti-harakatlarni oldini olish, shaffoflikni ta'minlash, sohada korrupsiyadan holi tizim yaratish maqsadida Kadastr agentligi Buxoro viloyat boshqarmasi boshlig‘i Y.Habibov rahbarligida hududiy bo‘lim va filiallarda davra suhbatlari o'tkazib kelinmoqda. Mazkur yo‘nalishdagi navbatdagi davra suhbati Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Buxoro tumani bo‘limi hamda filiali xodimlari uchun o'tkazildi.

▪️Yig‘ilishda muhandis va inspektorlar bilan korrupsion holatlarning oldini olish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, fuqarolar bilan kasb etikasi va odob-axloq normalariga rioya qilgan holda muloqot qilish, ijro intizomi, yer nazorati va yer qonun buzilish holatlari yuzasidan ko‘rilayotgan choralar, xatlov kabi masalalar muhokama qilindi.

▪️Yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Telegram | Facebook | Instagram
#Kadastr #Davra_suhbati
#Korrupsiyaga_qarshi_kurash

Maqsad– korrupsiyaning oldini olish

Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i Y.Habibov rahbarligida Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Peshko‘ tuman bo‘limi va filiali xodimlari ishtirokida tanqidiy-tahliliy profilaktik yig‘ilish o‘tkazildi.

▪️Yig‘ilishda olib borilayotgan doimiy targ‘ibot ishlaridan ko‘zlangan maqsad — sohada faoliyat yuritayotgan xodimlarni korrupsiya illatidan asrash, korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga murosasiz bo‘lish, unga yo‘l qo‘ymaslik, bu illatning salbiy oqibatlaridan ogohlantirish ekanligi ta’kidlandi.

▪️ Bundan tashqari, xodimlarga xizmat vazifalarini sidqidildan bajarish, ishga vaqtida kelib-ketish, kasb etikasi va ijro intizomiga rioya qilish masalalariga e'tiborni kuchaytirish lozimligi bo‘yicha ham topshiriqlar berildi. Shuningdek, tumanda olib borilayotgan yer nazorati tadbirlari hamda xatlov jarayonlari ham tahlil qilindi.

Telegram | Facebook | Instagram