Buxoro Kadastr ️
1.29K subscribers
5.69K photos
984 videos
1 file
4.1K links
Kadastr Agentligi hamda Davlat Kadastrlari Palatasi Buxoro viloyat boshqarmalarining rasmiy kanali

Murojaat uchun:
@Kadastr_muloqot_bot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Sarhisob_DKP
#Davlat_royxatidan_otkazish

👍 Davlat kadastrlari palatasi hududlar bo‘yicha 2022-yil davomida ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish yuzasidan jami ma’lumotlarni taqdim etadi.

📁 Yuqorida ro‘yxatdan o'tkazish uchun kelib tushgan arizalar soni va ularning qanchasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi bo‘yicha statistik ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

📈 O'tgan vaqt oralig'ida davlat ro'yxatidan o'tkazilgan obyektlar soni umumiy 807 360 tani tashkil etdi. Shundan Buxoro viloyatida 49 093 ta ko‘chmas mulk obyekti davlat davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Jami kelib tushgan arizalar soni esa, 68 516 tani tashkil etgan.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sarhisob_DPK
#Auksion

🌟 Davlat kadastrlari palatasi respublikamizning barcha hududlari bo‘yicha 2022-yil davomida auksion savdolariga taqdim etilgan yer uchastkalarining statistik ma’lumotlarini taqdim qildi.

🫥Unga ko‘ra, respublika bo‘yicha 2022-yilda tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun 53 852 ta yer uchastkalari e-auksion.uz platformasi orqali savdoga chiqarilgan.
Shundan 474,5 gektar maydondagi 3 906 ta yer uchastkasi Buxoro viloyatidan savdoga chiqarilgan.

❗️ Davlat kadastrlari palatasi taqdim etgan ma'lumotlar asosida e-auksion.uz platformasidagi savdolarda qatnashing va shaffof, ochiq yo'l bilan yer uchastkalarini sotib oling!

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Live
#Sarhisob_DKP

▪️ Ayni paytda Davlat kadastrlari palatasi raisi Moxir Valiyev boshchiligida Markaziy apparat va hududiy boshqarmalar rahbarlari ishtirokida 2022-yil yakunlari hamda 2023-yil rejalariga bag'ishlangan yig'ilish bo‘lib o‘tmoqda.

▪️ Mazkur sarhisob yig‘ilishda Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i Amriddin Toyirov ham ishtirok etmoqda. Yig‘ilish kun tartibidan A.Toyirovning 2022-yil davomida tizimda amalga oshirilgan ishlar tahliliga bag'ishlangan hisoboti ham eshitiladi.

Telegram | Facebook | Instagram
#Sarhisob_DPK

🏢 Davlat kadastrlari palatasida Markaziy apparat mutasaddilari va hududiy boshqarma rahbarlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i A.Toyirovning hisoboti tinglandi.

▪️Hisobotda ta’kidlanishicha, Buxoro viloyatida hozirda 514,98 mingta ko‘chmas mulk qayd qilingan bo‘lib, shundan 412,40 mingta yakka tartibdagi uy-joylar, 66,67 mingta ko‘p qavatli uylardagi xonadonlar hamda 35,90 mingta noturar joylar obyektlari hisoblanadi. O‘tgan 2022-yil davomida mazkur obyektlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha buyurtmalar qabul qilinib, belgilangan tartibda ijrosi ta’minlangan.

▪️ Bundan tashqari, UZKAD tizimida viloyatning jami 3 mln 892 ming gektar (qishloq xo‘jaligi 3,244 ming gektar, o‘rmon fondi 549,1 ming gektar, tabiatni muhofaza qilish yerlari 17,95 ming gektar) yoki 93 foiz yer maydonlari «Kadastr va ro‘yxatdan o‘tkazishning integratsiyalashgan axborot tizimi»da elektron xaritasi yaratilib, tizimga kiritildi.

Telegram | Facebook | Instagram
#Sarhisob_DKP
#Statistika
#Ayol_mulkdorlar

Buxoroda mulkdor ayollar soni qancha?

🏢 Davlat kadastrlari palatasi ma’lumotlariga ko‘ra, respublika bo‘yicha 2023-yil 1-yanvar holatiga jami jismoniy shaxslar nomidagi ko‘chmas mulk obyektlari soni 7 872 939 tani tashkil etadi.

👩🧳 Respublikamiz bo‘yicha eng ko‘p mulkdor ayollar poytaxt Toshkent shahri hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. Keyingi o'rinlarda Toshkent va Farg'ona viloyatlari, so'nggida esa Sirdaryo viloyatini ko'rish mumkin. Buxoro viloyatida esa, ayollar egaligidagi ko‘chmas mulk obyektlari soni 117 196 tani tashkil qilmoqda.

❗️Avvalroq, DKP axborot xizmati ma’lumotlariga tayangan holda Buxoro viloyatida 30 yoshgacha bo'lgan yosh mulkdorlar haqida ma'lumot bergan edik.

Telegram | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sarhisob
#Kadastr #Buxoro

🎊2024-YIL SARHISOBI

🇺🇿Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan 2024-yilda amalga oshirilgan asosiy ishlar haqida qisqacha ushbu video orqali tanishishingiz mumkin.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM