Buxoro Kadastr ️
1.3K subscribers
5.66K photos
975 videos
1 file
4.07K links
Kadastr Agentligi hamda Davlat Kadastrlari Palatasi Buxoro viloyat boshqarmalarining rasmiy kanali

Murojaat uchun:
@Kadastr_muloqot_bot
Download Telegram
🔰Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan 01.01.2022 yildan 15.03.2022 yilga qadar 442 ta ma’muriy huquqbuzarlikka oid ishlar ko‘rib chiqilgan.

📌Jumladan,

🔹Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 60-moddasi 2-qismi bilan 133 ta, 60-moddasi 3-qismi bilan 2 ta, 601-modda bilan 5 ta, 68-modda 1-qismi bilan 138 ta, 681-modda bilan 164 tani tashkil etadi.

📄Ko‘rib chiqilgan ma’muriy ishlar bo’yicha 1 milliard 386 million 450 ming so‘m ma’muriy jarimalar qo‘llanilgan.

📋Qo‘llanilgan jarimalarning 254 million 445 ming so‘mi undirildi. 1 ta holatda 60-modda 1 qismi bilan qo‘llanilgan ma’muriy huquqbuzarlik huquqbuzarlar tomonidan bartaraf etilganligi sababli, Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 271-moddasi bilan tugatilib, egallab olingan yer maydonlari tuman zaxirasiga qaytarildi.

Telegram Facebook Instagram
#Bilasizmi

Navro‘z bayramida necha kun dam olamiz?

❗️Prezident farmoniga ko‘ra, 2022 yilda qo‘shimcha dam olish kunlari belgilangan.

Shunga ko‘ra, Navro‘z bayrami munosabati bilan 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar – 5 kun, 6 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar – 4 kun dam oladi.

🔰 Xususan:

● 19 mart (shanba) – 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni, 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun ish kuni;

● 20 mart (yakshanba) – dam olish kuni;

● 21 mart (dushanba) – Navro‘z bayrami;

● 22 mart (seshanba) – qo‘shimcha dam olish kuni (barcha xodimlar uchun, ish haftasining turidan qatʼi nazar);

● 23 mart (chorshanba) – qo‘shimcha dam olish kuni (barcha xodimlar uchun, ish haftasining turidan qatʼi nazar).

Telegram Facebook Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA

Buxoro teleradionali "Intervyu+"
ko‘rsatuvida Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi "Yer va kadastr nazorati bo'limi" boshlig'i Abdukarim Toyirov tomonidan

- yer uchastkalarini xususiylashtirish tartibi qanday?
- o'zboshimcha qurilishlarni kimlar nazorat qiladi?
- kadastrnin o'zboshimcha qurilishlarni buzdirishga vakolati bormi?
- o'zboshimcha yer egallash holatlariga qanday javobgarlik mavjud?
- yer olish uchun qayerga murojaat etish kerak?
-dehqonchilik bilan shug'ullanish uchun yer olishda qanday imkoniyatlar bor?

Shu kabi savollarga javob berildi.

Telegram Facebook Instagram
​​#Kadastr #bilasizmi

🔰Ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish uchun quyidagilar asos bo‘ladi
🔸davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organda ushbu ko‘chmas mulk obyektining mansubligi masalasida nizolar borligidan dalolat beruvchi sud hujjatlarining mavjudligi;
🔸vakolatli organ tomonidan ko‘chmas mulk obyektiga taqiq qo‘yilganligi;
🔸taqdim etilgan hujjatlarda noto‘g‘ri yoki buzilgan maʼlumotlar topilishi;
🔸birlamchi kadastr yig‘majildining (kadastr pasporti) mavjud emasligi;
🔸davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organda ushbu yer uchastkasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda olib qo‘yilganligi haqidagi maʼlumotlarning mavjudligi;
🔸ro‘yxatdan o‘tkazuvchi tomonidan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘xtatib turilgan hollarda, taqdim etilgan materiallardagi kamchiliklarning 3 ish kuni mobaynida bartaraf etilmasligi;
🔸yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda bekor qilinganligi;
🔸huquqlarning vujudga kelishini belgilamaydigan hujjatlarning taqdim etilishi.

Telegram Instagram YouTube  Facebook    Web-sayt
Президент Шавкат Мирзиёев Давлат солиқ қўмитасининг Маълумотларни қайта ишлаш марказини бориб кўрди.
Марказни солиқ тизимининг “мияси” дейиш мумкин. Бу ерга барча солиқ тўловчиларнинг маълумотлари интеграция қилинган. 50 нафарга яқин мутахассис солиқ айланмасини онлайн режимда кузатиб, масофадан тезкор хизмат кўрсатади.
Давлатимиз раҳбари марказдаги иш жараёнини кўздан кечирди. Солиқ органлари фаолияти самарадорлигини ошириш бўйича топшириқлар берди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с деятельностью Центра обработки данных Государственного налогового комитета.
Этот центр можно назвать «мозгом» отечественной налоговой системы. Здесь интегрированы данные всех налогоплательщиков. Около 50 специалистов отслеживают налоговый оборот в режиме реального времени и оперативно оказывают дистанционные услуги.
Глава государства ознакомился с работой центра. Дал поручения по повышению эффективности налоговой системы.

#Mirziyoyev #tanishuv #soliq #raqamlashtirish

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Yerni xususiylashtirish qanday yerlarga nisbatan amal qiladi.

Batafsil infografikada👆

Telegram Facebook Instagram
Ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasporti quyidagi hollarda rasmiylashtiriladi yoki qayta rasmiylashtiriladi:

🔹ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi xatlov ishlari bajarilganda;

🔹ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda yoki yer uchastkasi alohida bo‘linganda (bunda ikki qismga alohida kadastr pasporti shakllantiriladi);

🔹qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari xususiylashtirilgandan so‘ng ularning bir qismiga bo‘lgan huquq boshqa shaxsga o‘tganda;

🔹yer uchastkasining maydoni yoki chegara nuqtalari o‘zgarganda;

🔹ko‘chmas mulk obyektining manzilini belgilashda yoki o‘zgartirishda;

🔹ko‘chmas mulk obyektining toifasi o‘zgarganda;

🔹o‘z yer uchastkasida tegishli ruxsatnomalarni rasmiylashtirmasdan qurilgan bino va inshootlar mavjud bo‘lganda.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
⚡️Ko‘chmas mulk obyektlarining turar joy fondiga oid qismiga kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish

🏢Ko‘p kvartirali uydagi kvartira uchun

▫️Ob’yektning 1 kvadrat metr maydoni uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1,15 foizi

🏠Yakka tartibdagi turarjoy uchun

▫️Obyektning 1 kvadrat metr maydoni uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1,15 foizi

Hozirgi kunda bazaviy hisoblash miqdori 270 000 so‘m bo‘lsa demak 1 kvadrat metr uchun 3 105 so‘m miqdorida to‘g‘ri keladi.

Telegram Facebook Instagram
#Siyosiy_marifat_soati

🇺🇿Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmalari xodimlari bugungi "Siyosiy-maʼrifat soati"da faol ishtirok etishdi.

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan uyushtirilgan maʼrifat soatida:

💠 Аdolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish
(Yangi Oʼzbekistonning 2022–2026 yillarga moʼljallangan taraqqiyot strategiyasining toʼrtinchi yoʼnalishi mazmun-mohiyati)

💠 Huquqiy savodxonlik (hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati)

💠 Oʼzbekiston va xorijdagi muhim jarayonlar haqida ham maʼlumot berildi.

Telegram Facebook Instagram
▫️Kadastr atamasining ma'nosi▫️

📝 Kadastr atamasi ko‘pincha "ko‘chmas mulk" tushunchasi yoki barcha ko‘chmas mulkni uslubiy jihozlangan inventarizatsiyasi bilan bog‘liq bo‘lib, chegaralarni belgilashga va xaritalarda grafik tasvirlashga asoslangan va davlat, xuquqlar va foydalanish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan arxiv bilan uzviy bog‘liqdir.

🌐 "Kadastr" atamasi butun dunyoda keng tarqalgan. "kadastr suratga olish" atamasi kadastr bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, ko‘chmas mulk uchastkalarining chegaralarini o‘rganishni ta’minlaydi.

📝 Kadastr tushunchasi ko‘chmas mulkka soliq solish va qonuniy huquqlarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar tizimini ham o‘z ichiga oladi.

#DavKadastrPalata #kadastr_atamasi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
#Bayram_tabrigi

Yosharish va yangilanish fasli ortidan o'lkamizga xalqimiz suyib, ardoqlaydigan bayram – Navro'zi olam kirib keldi. Shu munosabat bilan, Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmalari jamoasi barcha vatandoshlarimizni tabriklaydi.

Oilangizdan qut-baraka, taningizdan sogʻlik-salomatlik arimasin. Tinchlik va farovonlik doimo hamrohingiz bo'lishiga tilakdoshmiz!

@buxkadastr
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌱 “Kadastrda Ko‘Klam Kayfiyati”🌱
22 mart, soat 17:00

📍Manzil: Tashkent city

#DavKadastrPalata #bahor #navro_z

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube