Buxoro Kadastr ️
1.3K subscribers
5.66K photos
976 videos
1 file
4.07K links
Kadastr Agentligi hamda Davlat Kadastrlari Palatasi Buxoro viloyat boshqarmalarining rasmiy kanali

Murojaat uchun:
@Kadastr_muloqot_bot
Download Telegram
Forwarded from Tashkent City Park
"KADASTRDA KO'KLAM KAYFIYATI" konsert dasturi!

📅 22 -Mart kuni "Tashkent city" sayilgohida Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi bilan hamkorlikda xalqimizga Navro'z kayfiyatini ulashish maqsadida tashkil etilayotgan shou konsert dasturiga barchani taklif etamiz.

Dasturda estradamizning yorqin yulduzlari VIA MAROQAND, mashhur blogerlar, DJ shou, musiqali karaoke, qiziqarli o'yinlar va ko'plab sovg'alar sizlarni kutmoqda.

"Tashkent city" sayligohiga kirish bepul.

TASHKENT CITY sayilgohi rasmiy sahifalari:
👇 Instagram | Facebook | Telegram
Yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga ajratishning ma’muriy reglamenti:

🔹yer uchastkasini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga ajratiladigan holatlar ro‘yxati;
🔹yer uchastkasini doimiy foydalanishga ajratish uchun materiallarni tayyorlash tartibi;
🔹yer uchastkasi ajratish materiallarini vakolatli organlar bilan kelishish tartibi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 543-son qarori

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔹Diqqat e’lon!🔹

🔊 Hurmatli jurnalistlar va ommaviy axborot vositalari vakillari!

🔷 Sizlarni 2022 yil 29 mart kuni Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparati tomonidan tashkil etilayotgan “Yerlarni xatlovdan o‘tkazish va geoportalga joylashtirish” mavzusidagi PRESS-TURga taklif qilamiz.

📍Uchrashuv joyi va vaqti: Humo arena muz saroyi, soat 10:00da!

#DavKadastrPalata #press_tur #e_lon

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
#Kadastr #ma_rifat_soati

⚜️ Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmalari va uning hududiy bo'limlari hodimlariga bugungi "Siyosiy-ma'rifat soati"da:

🔸 Manaviy taraqqiyotni ta'minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish ( 2022-2026-yillarga mo'ljallangan taraqqiyot strategyasining 5-yo'nalishi mazmun-mohiyati);

🔸 Huquqiy savodxonlik (hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati);

🔸 O'zbekiston va xorijdagi muhim jarayonlar haqida ham ma'lumot berildi.

@buxkadastr
🔹Diqqat e’lon!🔹

🏢 Davlat kadastrlari palatasi Press turga taklif etadi!

📝 Mavzu: “Yerlarni xatlovdan o‘tkazish va geoportalga joylashtirish”.

📍 Uchrashuv joyi : Humo arena muz saroyi.
🗓 Vaqti: 2022 yil 29 mart soat 10:00da!

Press turda ishtirok etmoqchi bo‘lgan OAV vakillari 71 207 00 03 raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

#DavKadastrPalata #press_tur #e_lon

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
Savol: Yerni xususiylashtirish qanday toifidagi yerlarga amal qiladi?

Javob: Bu tartib qishloq xo`jaligiga mo`ljallanmagan yerlarga nisbatan amal qiladi.

Bular:
 Yuridik shaxslarga tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan yer uchastkalari;
 O`zbekiston Respublikasi fuqarolariga yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish, shuningdek tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan yer uchastkalari;
 xususiylashtirilishi lozim bo`lgan davlat ko`chmas mulk ob’ektlari joylashgan yer uchastkalari;
 bo`sh turgan yer uchastkalari.

Telegram Facebook Instagram
YER BERISH TARTIBINI BUZISH📃

Yer berish tartibini buzish, shunday harakat uchun maʼmuriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa,

🟥 bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravaridan 300 baravarigacha miqdorda jarima yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud muayyan huquqdan mahrum qilib, 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

📌O‘sha harakat:

A) takroran sodir etilgan bo‘lsa;

B) sug‘oriladigan yerlarning qishloq xo‘jaligi oborotidan chiqishiga sabab bo‘lsa,

🟥 bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravaridan 600 baravarigacha miqdorda jarima yoki 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud muayyan huquqdan mahrum qilib, 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

🇺🇿🇺🇿🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 229/4-moddasi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Кўчмас мулкка тақиқ қўйилса, бу ҳақда ҳуқуқ эгалари хабардор этилади

📍
https://uza.uz/posts/359286

🔻 ЎзАнинг телеграм каналларини кузатиб боринг

Ўзбекча | O`zbekcha | Русская | Илм-фан | Тезкор
#Sayyor_qabul

Hurmatli Buxoro viloyati fuqarolari hamda tadbirkorlari!

🏢 Aholining kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Buxoro viloyati Peshku tumanida sayyor qabul o‘tkaziladi.

📝 Kadastr bilan bog‘liq boshqa muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 31-mart kuni soat 11-00 dan boshlab sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.


📍Manzil: Peshku tumani "Navbahor" MFY yangi binosi.

‼️Sayyor qabulga kelish istagida bo‘lgan yurtdoshlarimizdan karantin qoidalariga rioya qilgan holda tashrif buyurishlarini so‘rab qolamiz.

📝 Tel: (+99865) 221-06-42

Telegram Facebook Instagram
#Sayyor_qabul

O‘zbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunning ijrosini ta’minlash hamda aholining kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i boshchiligida Peshko‘ tumanida sayyor qabul o‘tkazildi.

Sayyor qabul davomida kadastr sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohatlar, qonunchilikda kiritilayotgan o‘zgarishlar va sohadagi yangiliklar batafsil tushuntirishlar berildi.

Shuningdek fuqarolar va tadbirkorlarni qiynab kelayotgan bir qator muammolar jumladan kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, davlat ro‘yhatidan o‘tkazish hamda bir qator murojaatlar ko‘rib chiqildi.

Sayyor qabulda aholi hamda tadbirkorlarning 10 ortiq murojaatlar eshitilib, ularning askari joyida hal qilindi. Murojaatlari tegishli tartibda o'rganish talab qilinadigan masalalar yuzasidan tuman bo'lim va filial rahbarlariga topshiriqlar berildi.

Telegram Facebook Instagram
▫️Yer uchastkalarini e-auksion.uz orqali▫️

🌐 e-auksion.uz 87 mingdan ortiq dehqon xo'jaligi yerlarini ijaraga oling

🔸 Andijon viloyatidan 4111 ta (ko'rish)
🔸 Buxoro viloyatidan 11038 ta (ko'rish)
🔸 Jizzax viloyatidan 4710 ta (ko'rish)
🔸Qashqadaryo viloyatidan 8879 ta (ko'rish)
🔸 Navoiy viloyatidan 5716 ta (ko'rish)
🔸 Namangan viloyatidan 9547 ta (ko'rish)
🔸 Samarqand viloyatidan 6183 ta (ko'rish)
🔸 Surxondaryo viloyatidan 8044 ta (ko'rish)
🔸 Sirdaryo viloyatidan 2684 ta (ko'rish)
🔸 Toshkent viloyatidan 3995 ta (ko'rish)
🔸 Farg'ona viloyatidan 6276 ta (ko'rish)
🔸 Xorazm viloyatidan 2961 ta (ko'rish)
🔸Qoraqalpog'iston Respublikasidan 13034 ta (ko'rish)

#DavKadastrPalata #hududiy_yangiliklar #auksion

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube