Бухоро вилояти Автомобиль йўллари бош бошқармаси
445 subscribers
8.04K photos
976 videos
14 files
2.87K links
Мурожаалар учун ишонч телфон рақами:
65 228 50 03
Download Telegram
Forwarded from BUXORO.UZ | Rasmiy kanal
#hokim_hududlarda
#qurilish_bunyodkorlik_nazorat
#Buxoro_Vobkent

Xalqaro ahamiyatdagi M37 “Samarqand - Buxoro - Turkmanboshi” avtomobil yo‘lining Buxoro tuman hududidan o‘tuvchi 255,6 km qismidagi ko‘prikning o‘ng tomoni to‘g‘ri yo‘nalishida temirbeton plitasi singan va yig‘ma temirbeton balkalar orasidagi shoflari yemirilishi natijasida yaroqsiz holga kelib qolgan. Mazkur ko‘prik 1974-yilda qurilgan bo‘lib, 2016-2017-yillarda ta’mirlash ishlari jarayonida PN-18 m.li yig‘ma temirbeton plitalardan 1 oraliqda 12 metrga kengaytirilgan. Ko‘prikning yuk ko‘tarish qobiliyati hozirgi og‘ir vaznli transport vositalarini o‘tkazish talablarini qanoatlantira olmaydi.

Shuningdek, mazkur avtomobil yo‘lining Vobkent tuman hududidan o‘tuvchi 239,65 km qismidagi ko‘prik ham yaroqsiz holga kelib qolgan.

Ko‘priklarda harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida yo‘lning "Gʻijduvon-Buxoro" yo‘nalishida transport vositalari harakati cheklanib, “Buxoro-Gʻijduvon" yo‘nalishida ikki tomonlama harakat tashkil etilgan va ko‘priklarda ta’mirlash ishlari boshlangan.

Bugun viloyat hokimi Botir Zaripov sektorlar rahbarlari hamrohligida mazkur ko‘priklar holati va u yerda borayotgan ish jarayonlari bilan tanishdi. Avtomobil yo‘llari hududiy bosh boshqarmasidan olingan ma’lumotga ko‘ra, og‘ir yuk avtotransport vositalari tomonidan me’yoridan ortiqcha yuk bilan harakatlanishi natijasida ko‘priklarga shikast yetkazilgan va yaroqsiz holga kelib qolgan. Ularni ta’mirlash esa uzoq muddat talab etadi. Biroq viloyat rahbari tomonidan ta’mirlash ishlarini smena asosida jadallashtirish orqali belgilangan muddattni qisqartirish imkoni mavjudligi alohida ta’kidlanib, bu borada muhim vaziflar belgilandi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube