Бухоро вилояти Автомобиль йўллари бош бошқармаси
445 subscribers
8.04K photos
976 videos
14 files
2.87K links
Мурожаалар учун ишонч телфон рақами:
65 228 50 03
Download Telegram
Forwarded from BUXORO.UZ | Rasmiy kanal
#hududlar_hayoti
#Vobkent_tumani

Муҳандислик–коммуникация тармоқлари орасида йўл инфратузилмасининг нақадар муҳим аҳамият касб этишини ортиқча изоҳлашга ҳожат йўқ. Республикамизнинг барча ҳудудлари қатори Вобкент туманида ҳам йўллар инфратузилмасини яхшилаш борасида салмоқли ишлар амалга оширилмоқда. Хусусан, туманнинг “Кумушкент” маҳалласидаги Буччала қишлоғининг 400 метр масофадаги йўлида туман йўллардан фойдаланиш унитар корхонасининг 6 та техника ва 18 нафар ишчи ходимлари томонидан асфальтлаштириш ишлари олиб борилмоқда.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from BUXORO.UZ | Rasmiy kanal
#hokim_hududlarda
#Vobkent_tumani

Xalqaro ahamiyatdagi M37 “Samarqand - Buxoro - Turkmanboshi” avtomobil yo‘lining Vobkent tuman hududidan o‘tuvchi 239,65 km qismidagi ko‘prik yaroqsiz holga kelib qolgan.

Ko‘priklarda harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida yo‘lning "Gʻijduvon-Buxoro" yo‘nalishida transport vositalari harakati cheklanib, “Buxoro-Gʻijduvon" yo‘nalishida ikki tomonlama harakat tashkil etilgan va ko‘priklarda ta’mirlash ishlari boshlangan.

Bugun viloyat hokimi Botir Zaripov sektorlar rahbarlari hamrohligida mazkur ko‘priklar holati va u yerda borayotgan ish jarayonlari bilan tanishdi. Avtomobil yo‘llari hududiy bosh boshqarmasidan olingan ma’lumotga ko‘ra, og‘ir yuk avtotransport vositalari tomonidan me’yoridan ortiqcha yuk bilan harakatlanishi natijasida ko‘priklarga shikast yetkazilgan va yaroqsiz holga kelib qolgan. Ularni ta’mirlash esa uzoq muddat talab etadi. Biroq viloyat rahbari tomonidan ta’mirlash ishlarini smena asosida jadallashtirish orqali belgilangan muddattni qisqartirish imkoni mavjudligi alohida ta’kidlanib, bu borada muhim vazifalar belgilandi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube