BO'KA TUMANI HOKIMLIGI
3.07K subscribers
23.1K photos
1.97K videos
8 files
7.66K links
Toshkent viloyati Bo'ka tumani hokimligining rasmiy telegram kanali

Instagram: instagram.com/buka_tuman_hokimligi/
Facebook: facebook.com/bokahokimligi/
YouTube: YouTube.com/@buka_tuman_hokimligi/
Web-sayt: www.boka.uz/
Download Telegram
#Zakovat_2022
#Mantiqiy_bilimlar_sinovi
#Texnikum_birinchiligi

🌐O'zbekiston yoshlar ittifoqi Bo'ka tumani Kengashi, Ichki ishlar bo'limi, Madaniyat bo'limi bilan hamkorlikda Toshkent davlat Agrar Universiteti huzuridagi Bo'ka Agrotexnologiyalar texnikumida yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish va kitobxonlikni keng targ'ib qilish maqsadida "Zakovat" intellektual o'yini Final uchrashuvi o'tkazildi.

📊Turnirda olti jamoa g'oliblik uchun kurash olib bordi va yakunda jamoalar quyidagi o'rinlarni egalladi:
I o'rin - "Hosilot" jamoasi;
II o'rin - "Auditorlar" jamoasi;
III o'rin - "Eksklyuziv" jamoasi.

🔷Final baxsi so'ngida barcha jamoalar texnikum rahbariyati tomonidan diplom va kitoblar jamlanmasi bilan rag'batlantirildi.
#texnikum

Bo'ka Agrotexnologiyalar texnikumida ta'lim sifati va o'quvchilarni kasbga o'qitish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar o'rganildi.


🔹 Bugun tuman hokimi Baxtiyor Begmatov, tuman hokimining o'rinbosari Odil Djo'rayev bilan birga "Yangixayot" MFY da joylashgan Bo'ka Agrotexnologiyalar texnikumida bo'lib, ta'lim maskanida o'quv ishlarining tashkil etilishi, o'quvchilar davomati va texnikum bitiruvchilarining oliy ta'limda o'qishni davom ettirish imkoniyatlari bilan tanishdi.

🔸 Tuman hokimi tomonidan dars jarayonlari kuzatilib, o'quvchilarning fikrlari tinglandi va ular ta'lim olishlari uchun yaratilgan imkoniyatlarni ko'zdan kechirildi.

🔻 Shuningdek, tumandagi korxona-tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan nomutaxassis kadrlarni dual ta'lim orqali mutaxassislikka o'qitish, tadbirkorlik bilan shug'ullanish bo'yicha yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanish maqsadida o'quvchilarda tadbirkorlik ko'nikmalarini shakllantirish, texnikum qoshida tuman ixtisosligidan kelib chiqqan holda meva-sabzavotlar va qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlash ta'lim yo'nalishini tashkil etish bo'yicha ko'rsatmalar berildi.

🚀 Telegram 📷 Instagram
🔵 Facebook 🎬 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM