#pilla
Pillachilikni rivojlantirish bo'yicha seminar o'tkazildi.
🔺 Bugun Bo'ka tumanida joylashgan “Tashkent Silk Pro" MChJ binosida pillachilikni rivojlantirish bo'yicha ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi.
💠 Toshkent viloyati hokimining o’rinbosari Z.Mirgaziyeva, tuman hokimining o’rinbosari Z.Mannopova va mas’ul rahbarlar ishtirok etgan seminarda ipakchilik sohasini rivojlantirish, pilla xomashyosi ishlab chiqarish hajmlarini oshirish hamda ipak qurti ozuqa bazasini rivojlantirish maqsadida yangi tutchilik xo‘jaliklari sonini oshirish borasidagi ishlar muhokama qilindi.
🔸 Shuningdek, pillachilik bo‘yicha 2024-yil hosilini yetishtirishni zamonaviy innovatsion texnologiyalar yordamida sifatli va samarali tashkil etish mavzusiga eʼtibor qaratildi.
🔻 Pilla yetishtirishda ipak qurtini tanlash, uni inkubatsiyadan chiqarish va ish bilan band bo‘lmagan xotin-qizlarni ipak qurtining yangi agrotexnik qoidalari asosida parvarishlashga jalb qilish, bu orqali pillachilikdan olinadigan daromad va mahsuldorlikni oshirish xususida fikr-mulohazalar bildirildi.
🔸 Shuningdek, ipakchilikda Vietnam tajribasi, tut ozuqa bazasini rivojlantirishda intensiv tutzorlar barpo etish hamda agrotexnika tadbirlarini o'z vaqtida o'tkazishning afzalliklari to'g'risida Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy xodimlari tomonidan ko'rgazmali materiallar va videoroliklar bilan batafsil ma'lumot berildi.
✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Pillachilikni rivojlantirish bo'yicha seminar o'tkazildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#pilla
Bo'kada pilla terish mavsumi boshlandi.
🔹 Ayni kunlarda Bo'ka tumanida “Tashkent silk Pro” MCHJ tomonidan tarqatilgan 3636 quti ipak qurti 4 ta sektorda bittadan bo'sh turgan binolarda markazlashgan holda va qolgan qismi xonadonlarda parvarishlanmoqda.
🟡 O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari Z.Mahkamova, Toshkent viloyati hokimining o’rinbosari Z.Mirgaziyeva tuman hokimining o’rinbosari Z.Mannopova bilan birgalikda “Achamayli Fayz-baraka” mahallasida yashovchi Muhabbat Abdiyeva xonadonida parvarishlanayotgan ipak qurtining holati hamda Nodira Zuhurovaning tadbirkorlik faoliyati bilan tanishdi.
🔺 Pillakor Muhabbat Abdiyeva joriy yil 8 quti ipak qurtini parvarishlab, davlatimizga 500 kgdan ortiq pilla xomashyosini topshirishni rejalashtirgan.
🔸 Tadbirkor Nodira Zuhurova esa uy sharoitida daromad topish maqsadida dastlab 100 dona hozirgi kunda esa 2 ming dona jo'jalarni parvarishlamoqda.
✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Bo'kada pilla terish mavsumi boshlandi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#pillachilik
🟢 Bo'ka tumanida pilla mavsumi uyushqoqlik bilan o'tkazilmoqda.
🌐 Batafsil videolavhada
✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
YouTube
#pilla Bo'kada pilla mavsumi uyushqoqlik bilan o'tkazilmoqda.
Ayni kunlarda Bo'ka tumanida “Tashkent silk Pro” MCHJ tomonidan tarqatilgan 3636 quti ipak qurti 4 ta sektorda bittadan bo'sh turgan binolarda markazlashgan holda va qolgan qismi xonadonlarda parvarishlanmoqda.
Oʻtgan yili tumanda 180 tonnadan oshiq pilla…
Oʻtgan yili tumanda 180 tonnadan oshiq pilla…
#pilla
Bo'ka tumani viloyatda birinchi bo'lib pilla rejasini bajardi.
🔹 Bo'ka tumani pillakorlari tomonidan bu yil 3636 quti ipak qurti parvarishlandi, 215,1 tonna “kumush tola” yetishtirilib, viloyatda birinchilardan bo’lib reja bajarildi.
🔹 Ta’kidlash joizki, tumandagi 556 ta fermer xo‘jaliklari va 651 nafar kasanachilar bilan "Tashkent Silk Pro" MChJ korxonasi o‘rtasida pilla yetishtirish bo‘yicha shartnomalar hamda fermer xo‘jaliklari bilan 3391 nafardan ziyod qurt boquvchilar o‘rtasida ichki mehnat shartnomalari tuzildi.
🔺 E’tiborlisi, muhtaram Prezidentimizning e’tiborlari tufayli keyingi yillarda pillachilik tarmog‘i jadal rivojlanmoqda. Bunda eksport imkoniyatlari yildan yilga yaxshilanib borayotgani, mehnat qonunchiligida alohida imtiyozlar joriy etilayotgani, ipak qurti boqish aholining doimiy daromad manbaiga aylanayotgani ahamiyatlidir.
🔸 Tumanda “kumush tola” xirmoni yuksalishida “Aziz Muhammad” (Baxmal hududi), “Mirishkor", “Navobod Bo'ston” (Bo'ston hududi), “Abdurafe Rajabzoda” (Mustaqil O'zbekiston hududi), “Osiyo Kelajagi” (S.Saymoqov hududi), “Ofarin Moytepa” (Y.Xojimetov hududi), "Mavluda Javlon" va "Umid Agro Grand" (G'.Azamatov hududi) kabi fermer xo‘jaliklarining hissasi katta bo‘ldi. O‘rtacha hosildorlik 60 kilogrammni tashkil etgani holda, pilla topshirish rejasi bajarildi.
🔸 Tuman bo'yicha qo'shimcha yana 19 tonna pilla yetishtirish va rejani ortig'i bilan bajarish yuzasidan zarur choralar ko'rilmoqda.
✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Bo'ka tumani viloyatda birinchi bo'lib pilla rejasini bajardi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Toshkent viloyati hokimligi
#Pilla_2025
Bo‘kalik pillakorlar peshqadam
Bu yil viloyatimizda 34 ming quti ipak qurti parvarishlandi. Ulardan 2 ming tonna pilla xom-ashyosi yetishtirish ko‘zda tutilgan. Ipak qurti parvarishlashda Vetnam tajribasi keng qo‘llanildi.
Pilla yetishtirish davomida viloyatda 100 ming nafar mavsumiy ish o‘rni yaratiladi. Asosiysi, xotin-qizlar daromad topib, omilkorlik bilan yangi agrotexnik tadbirlarni o‘zlashtirmoqda.
Bu borada joriy yil Bo‘ka tumani mehnatkashlari peshqadam bo‘ldi. Kuni kecha tumanda pilla terimi boshlab yuborildi.
Ma’lumot o‘rnida, Bo‘kada jami 3 ming 900 quti ipak qurti parvarishlanib, 234 tonna pilla xomashyosini yetishtirish rejalashtirilgan. Sohada bugun 10 ming nafar xotin-qiz mehnat qilmoqda.
✅ Telegram 🌐 Website 📹 YouTube 🌐 Instagram✅ Facebook 🕊 Twitter
Bo‘kalik pillakorlar peshqadam
Bu yil viloyatimizda 34 ming quti ipak qurti parvarishlandi. Ulardan 2 ming tonna pilla xom-ashyosi yetishtirish ko‘zda tutilgan. Ipak qurti parvarishlashda Vetnam tajribasi keng qo‘llanildi.
Pilla yetishtirish davomida viloyatda 100 ming nafar mavsumiy ish o‘rni yaratiladi. Asosiysi, xotin-qizlar daromad topib, omilkorlik bilan yangi agrotexnik tadbirlarni o‘zlashtirmoqda.
Bu borada joriy yil Bo‘ka tumani mehnatkashlari peshqadam bo‘ldi. Kuni kecha tumanda pilla terimi boshlab yuborildi.
Ma’lumot o‘rnida, Bo‘kada jami 3 ming 900 quti ipak qurti parvarishlanib, 234 tonna pilla xomashyosini yetishtirish rejalashtirilgan. Sohada bugun 10 ming nafar xotin-qiz mehnat qilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM