#huquq
Tuman hokimining o'rinbosari va Adliya bo'limi mas'ullari ishtirokida huquqiy targ'ibot tadbiri tashkil qilindi.
🔹 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 24 maydagi “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF-80-son Farmoni qabul qilinganligi munosabati bilan Bo'ka tumani adliya bo'limi tomonidan 19-son bolalar va o'smirlar musiqa maktabi faollar zalida "Do'stlik" va "Toshloq" mahalla mas'ullari hamda fuqarolari uchun huquqiy targ'ibot tadbiri tashkil qilindi.
🔸 Mazkur tadbirda tuman hokimining o'rinbosari Z.Mannopova, Yuridik xizmat ko'rsatish markazi, Davlat xizmatlari markazi va Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo'limi rahbarlari ham ishtirok etishdi.
🔸 Xususan, mazkur tadbir davomida adliya bo'limi boshlig'i U.Azizov tomonidan Farmon bilan aholiga ko‘rsatiladigan huquqiy va davlat xizmatlari ko‘lamini kengaytirish maqsadida adliya organlariga qo‘shimcha ravishda yuklatilgan 4 ta faoliyat yo‘nalishlari, jumladan adliya bo‘limlarining 6 ta qo‘shimcha vazifalari, 7 ta kompozit va 11 ta proaktiv shakllariga o‘tkaziladigan davlat xizmatlari, yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan agent sifatida ko‘rsatiladigan 15 ta davlat xizmatlari, mahalla instituti, nodavlat notijorat tashkilotlari va ta’lim muassasalari bilan hamkorlik mexanizmlari haqida tadbir ishtirokchilariga to'liq ma’lumot taqdim qilindi.
✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Tuman hokimining o'rinbosari va Adliya bo'limi mas'ullari ishtirokida huquqiy targ'ibot tadbiri tashkil qilindi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM