#Narx_navo_barqarorligi
Bozorlarda narx-navo barqarorligi nazorat qilinmoqda.
🔻 Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, bozorlarda narxlar barqarorligini saqlash, mahsulotlar qiymatining sun’iy ravishda oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik borasida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan hududlarda qator ishlar amalga oshirilmoqda.
🔺 Aholining kunlik ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan birlamchi oziq-ovqat mahsulotlari narxlarini barqaror saqlab turish dolzarb masalalardan hisoblanadi. Shu maqsadda, Bo'ka tumanidagi "Istiqlol dehqon bozori"da arzon narxlarda savdo yarmarkalari tashkil qilingan.
🔺 Bugun tuman hokimi B.Begmatovning topshirig'iga asosan hokimning birinchi o'rinbosari M.Saydullayev, DSI boshlig'i Sh.Xazratov, IIB YHXB, DSI, Veterenariya va chorvachilikni rivojlantirish, SEO va JSB xodimlari ishtirokida bozorlardagi narx-navolar, oziq-ovqat mahsulotlarini sotish rastalarining sanitariya holati, shuningdek bozor hududiga yaqin joydan o'tuvchi yo'llarda transport vositalarining harakati o'rganildi.
🔸 O'rganish jarayonida mas'ullar tomonidan mahsulotlar narxini asossiz oshirish holatlariga yo'l qo'ymaslik, sanitariya qoidalariga amal qilish lozimligi, shuningdek barcha soliqlarni o'z vaqtida so'ndirish lozimligi ta'kidlandi.
🚀 Telegram 📷 Instagram
🔵 Facebook 🎬 YouTube
Bozorlarda narx-navo barqarorligi nazorat qilinmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM