BO'KA TUMANI HOKIMLIGI
3.38K subscribers
26.4K photos
2.23K videos
8 files
8.71K links
Toshkent viloyati Bo'ka tumani hokimligining rasmiy telegram kanali

Instagram: instagram.com/buka_tuman_hokimligi/
Facebook: facebook.com/bokahokimligi/
YouTube: YouTube.com/@buka_tuman_hokimligi/
Web-sayt: www.boka.uz/
Download Telegram
#Korrupsiya_illat

Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligiga start berildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-81-sonli qarori ijrosini taʼminlash, “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonunning 5-moddasi hamda Toshkent viloyati hokimining 13-noyabrdagi 396-10-0-F/23-sonli farmoyishiga asosan, viloyatimizda joriy yilning 14-noyabrdan 14-dekabrga qadar “Korrupsiyaga qarshi kurash oyligi” profilaktik tadbirlari oʻtkaziladi.

Ushbu oylik davomida jamiyatda poraxoʻrlikning oldini olish, unga olib boruvchi omillarga qarshi kurashish, korrupsiyaviy holatlarni tahlil etish va minimallashtirish, manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslikka qaratilgan profilaktik va targʻibot tadbirlari oʻtkazib boriladi.

Korrupsiya – jamiyat rivojiga toʻsqinlik qiluvchi illatdir. Shu bois ushbu oylikda faol qatnashing!

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM