BO'KA TUMANI HOKIMLIGI
3.39K subscribers
25.7K photos
2.17K videos
8 files
8.45K links
Toshkent viloyati Bo'ka tumani hokimligining rasmiy telegram kanali

Instagram: instagram.com/buka_tuman_hokimligi/
Facebook: facebook.com/bokahokimligi/
YouTube: YouTube.com/@buka_tuman_hokimligi/
Web-sayt: www.boka.uz/
Download Telegram
#Rasmiy

Toshkent viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari Abdurasul Abdullayev boshqa ishga oʻtgani munosabati bilan lavozimidan ozod qilindi.

Bugun viloyat hokimligida Zoyir Mirzayev Abdurasul Abdullayev bilan samimiy xayrlashib, kelgusi faoliyatiga omad va zafarlar tiladi

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy

Erkin Madorbekovich Muhiddinov Toshkent viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi.

Erkin Muhiddinov bunga qadar Ohangaron tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan tanqidiy materialga
rasmiy munosabat.

🔸 Bir necha soat oldin "Yoshlar kundaligi" telegram kanali orqali "Piskent va Bo'ka tumanlariga o't qo'yvorishdi" nomli tanqidiy material e'lon qilingan, unda g'alladan bo'shagan maydonlar yoqib yuborilayotganligi, bu esa o'z navbatida ekologiyaga zarar yetkazayotganligi qayd etilgan edi.

🔸 BATAFSIL O'QISH

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy

Faol tadbirkorlarga davlat mukofotlari topshirildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan bir guruh tadbirkorlar davlat mukofotlari bilan taqdirlangan edi. Ular orasida viloyatimizning yetakchi tadbirkorlari ham bor.

Bugun Qibray tumanida mazkur yuksak davlat mukofotlarini oʻz egalariga topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.

Tantanali marosimda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etdi va nutq soʻzladi.

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan tanqidiy materialga
rasmiy munosabat

🔹 Bir necha soat oldin ijtimoiy tarmoqlar orqali "Mirzabek" mahallasi aholisining murojaatlari e'lon qilingan edi.

🔹 Murojaatga asosan, "Mirzabek" mahallasi "Oqtepa" ko'chasidagi holat tuman hokimi B.Begmatov boshchiligida mutasaddi tashkilotlar rahbarlari tomonidan o'rganildi.

💠 O'rganish davomida "Oqtepa" ko'chasida yangi xonadonlarga olib boruvchi yo'l ta'mirtalab holatda ekanligi aniqlandi.

🔺 Mazkur (700 metr uzunlikda) ko'chani shag'allashtirish ishlari 10 kun muddat ichida boshlanishini, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan qo'shimcha axborot berilishini ma'lum qilamiz.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat
🟦🟦🟦🟦

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan tanqidiy materialga tuman hokimligining
rasmiy munosabati

🔹 Bir necha soat oldin ijtimoiy tarmoqlar orqali “Bo’ka tumani hokimi lavozimni suiste’mol qilmoqdami?” nomli tanqidiy maqola e’lon qilindi.

🔸 Unda keltirilishicha, tuman hokimi tajribali xodimlarni ishdan bo’shatib, o’rniga o’ziga yaqin xodimlarni ishga olganligi, shuningdek xodimlar ishlamayotgan bo’lsa ham ustama va mukofot pullarini olishayotganligi bayon etilgan.

🔺 Qayd etish joizki, davlat fuqarolik xizmati bo’sh ish o’rinlari (vakant lavozimlari) Davlat fuqarolik xizmati vakant lavozimlarining yagona ochiq portali (Argos) orqali e’lon qilinishi, ishga kirish istagida bo’lgan fuqarolar ariza topshirish, belgilangan tartibda test sinovlari va suhbatdan o’tish orqali ishga qabul qilinishi belgilab qo’yilgan.

🔻 Tuman hokimligida mavjud (bir necha oy davomida vakant bo’lgan) bo’sh ish o’rinlari ham belgilangan tartibda e’lon qilingan va nomzodlar yuqoridagi bosqichlardan o’tib, tashkiliy kadrlar guruhi va mas’ul xodimlardan iborat ishchi guruh ishtirokida suhbatdan o’tkazilgan va lavozimlarga qabul qilingan.

🔺 Bugungi kunda ham tuman hokimligida mavjud bo'sh ish o'rinlari Davlat fuqarolik xizmati vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida e'lon qilingan va arizalarni qabul qilish jarayoni davom etmoqda.

🔹 Shuningdek, tuman hokimligi xodimlarini moddiy rag’batlantirish maxsus jamg’armasi (FMS) hisobidan rag’batlantirish to’g’risidagi qaror imzolangan va hokim hamda o’rinbosarlardan tashqari barcha xodimlar ishchanlik qobiliyatlari va sharoitlaridan kelib chiqqan holda amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq 5% dan 30% gacha ustama to’lash belgilanganligini ma’lum qilamiz.

🔸 Tuman hokimining topshirig’iga asosan hokim o’rinbosarlari va hokimlikning barcha xodimlaridan manfaatlar to’qnashuviga, shuningdek moddiy manfaatdorlikni ko’zlagan holda korrupsiya holatlariga yo’l qo’ymaslik to’g’risida kafolat xatlari olinib, tashkiliy kadrlar guruhi tomonidan xodimlarning yig’ma jildlariga jamlab kelinadi.

🔹 Ma’lumot o’rnida tuman hokimi hokimlikning barcha xodimlariga bir xil muomalada bo’lib, bu mavzuda xodimlar tomonidan hech qanday e’tirozlar bildirilmaganligini, shaffof tizim yaratilganligini, noqonuniy topshiriqlar berilgan taqdirda yuqori turuvchi tashkilotlar va huquq-tartibot idoralariga murojaat qilishlari mumkinligi tuman hokimi tomonidan doim ta’kidlab kelinadi.

🔺 Shu o’rinda barcha norasmiy sahifalar egalaridan, tasdiqlanmagan, huquqiy asosga ega bo‘lmagan ma’lumotlarni tarqatmasliklarini so‘rab, asossiz va yolg‘on ma’lumotlarni tarqatish belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo’lishi mumkinligini eslatib o‘tamiz.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan tanqidiy materialga Bo’ka tumani hokimligining
rasmiy munosabati

🔻 BATAFSIL

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy

Tayinlov

Toshkent viloyati hokimiga birinchi oʻrinbosar tayinlandi

Tursunov Otabek Ravshanbek oʻgʻli Toshkent viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari – viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshligʻi

O.Tursunov 1984 - yilda Andijon viloyati Andijon shahrida tugʻilgan. Maʼlumoti – oliy. 2007-yilda Andijon muhandislik-iqtisodiyot institutini tamomlagan. 

O. Tursunov ilk mehnat faoliyatini Andijon shahar “Sanoat qurilish temp” MCHJ taʼminotchisi vazifasidan boshlagan. Faoliyati davomida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligida masʼuliyatli lavozimlarda ishlagan.

Tayinlovga qadar, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Iqtisodiyot, sanoat, moliya-bank, soliq, davlat aktivlari, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari kotibiyati mudirining oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

Viloyat hokimi raisligida oʻtgan navbatdagi faollar yigʻilishida Otabek Tursunov yangi rahbar sifatida tanishtirildi hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy

Bugun Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi oʻtkazildi


Unda viloyat Hududiy saylov komissiyasi raisi Ulugʻbek Toʻxtayevning joriy yil 27-oktyabrda boʻlib oʻtgan saylov yakunlari toʻgʻrisidagi axboroti tinglandi.

Sessiyada deputat Fayziyeva Sayyora Mavlonovna Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi raisi etib saylandi.

Shuningdek, sessiyada xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashiga saylangan deputatlarning partiya guruhlari roʻyxatdan oʻtkazilib, viloyat Kengashining reglamenti va doimiy komissiyalar toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlandi.

Maslahatlashuvda Prezident tomonidan Toshkent viloyati hokimi lavozimiga Zoyir Mirzayev nomzodi koʻrsatilganligi bildirildi.

Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining qarori bilan Mirzayev Zoyir Toirovich Toshkent viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy

Bugun Xalq deputatlari Bo'ka tumani Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi oʻtkazildi


Unda tuman saylov komissiyasi raisining o'rinbosari M.Madaliyevaning joriy yil 27-oktyabrda boʻlib oʻtgan saylov yakunlari toʻgʻrisidagi axboroti tinglandi.

Shuningdek, sessiyada xalq deputatlari Bo'ka tumani Kengashiga saylangan deputatlarning partiya guruhlari roʻyxatdan oʻtkazilib, tuman Kengashining reglamenti va doimiy komissiyalar toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlandi.

Maslahatlashuvda Toshkent viloyati hokimi tomonidan Bo'ka tumani hokimi lavozimiga Baxtiyor Begmatov nomzodi koʻrsatilganligi bildirildi.

Xalq deputatlari Bo'ka tumani Kengashining qarori bilan Baxtiyor Paxriddinovich Begmatov Bo'ka tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

✉️ Telegram | 📱 Instagram |
📱 Facebook | 🌐 YouTube |
🌎 Web-sayt | 📲 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM