BO'KA TUMANI HOKIMLIGI
3.04K subscribers
22.3K photos
1.91K videos
8 files
7.38K links
Toshkent viloyati Bo'ka tumani hokimligining rasmiy telegram kanali

Instagram: instagram.com/buka_tuman_hokimligi/
Facebook: facebook.com/bokahokimligi/
YouTube: YouTube.com/@buka_tuman_hokimligi/
Web-sayt: www.boka.uz/
Download Telegram
#Tanlov_2022
#Eng_namunali_Sardorlar_Kengashi
#2_maktab

"FAZODAGI YULDUZLAR" PARVOZI

🔥Bo'ka tumani 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Bo‘ka tumani Kengashi, IIB, Yoshlar ishlari Agentligi va Xalq ta’limi bo‘limi bilan hamkorlikda “Eng namunali maktab Sardorlar Kengashi” tanlovining Bo‘ka tumani bosqichi o‘tkazildi.
🌈Tanlovning uch sharti davomida turli badiiy chiqishlar taqdim qilinib, bir-biridan qiziq loyihalar munosib himoya qilindi. Intellektual ring shartida esa jamoalar o‘z bilimini namoyish qildilar. Tanlov hakamlarining xulosalariga ko‘ra jamoalar quyidagi o‘rinlarni egallashdi:
1-o‘rin – 24-maktabning “Fazodagi yulduzlar” jamoasi,
2-o‘rin – 2-maktabning “World stars” jamoasi,
3-o‘rin – 23-maktabning “Yosh sardorlar” jamoasi.
Tanlov so‘nggida barcha g‘olib va sovrindorlarga O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Bo‘ka tumani Kengashi tomonidan diplom, statuetka va esdalik sovg‘alari topshirildi.
#TANLOV_2022
#BO'KA_TUMANI_YOSHLARI

TEMUR TUZUKLARI BILIMDONI ANIQLANDI

🔥Bo‘ka tumani Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi binosida qurolli kuchlar tizimidagi yosh harbiy xizmatchilar o'rtasida “Temur tuzuklari bilimdoni” tanlovining Bo'ka tumani bosqichi tashkil etildi.

🔍Test sinovi natijalariga ko'ra Favqulodda vaziyatlar bo'limi xodimi - Nodirjon Sharofutdinov hamda Milliy gvardiya Qo'riqlash bo'limi xodimi - Elyor Qo'yliboyevlar yuqori bal to'plab, tanlovning viloyat bosqichida ishtirok etish uchun tavsiya etildi.

Tanlov yakunida g'oliblar O'zbekiston yoshlar ittifoqi Bo'ka tumani Kengashi tomonidan rag'batlantirildi.
#Tanlov_2022

🎓O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi “O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zolariga oliy ta’lim muassasalariga kirishda imtiyozlar berish to‘g‘risida”gi 914-sonli Qaroriga muvofiq nomzodlarni tanlov asosida saralab olish yuzasidan Bo‘ka tumani Komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.

📈Tanlovda eng yuqori bal bilan 14-umumiy o'rta ta'lim maktabi 11-sinf o'quvchisi, "Yoshlar ittifoqi" sardori - Mansurova Dilshoda Mavlonbek qizi g'oliblikni qo'lga kiritdi.

💼O'zbekiston yoshlar ittifoqi Bo'ka tumani Kengashi D.Mansurovaga tanlovning viloyat bosqichida muvaffaqiyat tilaydi!