BO'KA TUMANI HOKIMLIGI
3.05K subscribers
22.9K photos
1.95K videos
8 files
7.58K links
Toshkent viloyati Bo'ka tumani hokimligining rasmiy telegram kanali

Instagram: instagram.com/buka_tuman_hokimligi/
Facebook: facebook.com/bokahokimligi/
YouTube: YouTube.com/@buka_tuman_hokimligi/
Web-sayt: www.boka.uz/
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Paxta yig‘im-terim mavsumida nimalarga e’tibor berilishi kerak?


Shuningdek,

➡️mavsumiy hamda vaqtincha ishlarni bajarish to‘g‘risidagi mehnat shartnomasining na'munaviy shakli;

➡️2024-yil paxta hosilini nes-nobud qilmasdan uyushqoqlik bilan yig‘ib-terib olishga ko‘maklashishni tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar;

➡️terimchilar uchun mehnat sharoitlarining minimal me'yorlari;

Qadrli ish beruvchilar❗️

Mavsumiy paxta terimida qonun buzilish holatlariga yo‘l qo‘ymang!

Terimchilar muammoli vaziyatlarga duch kelsangiz, mehnat huquqlaringiz buzilayotgan bo‘lsa, hududingizdagi Bandlikka ko‘maklashish bo‘limlari yoki 1282 - qisqa raqami hamda
@munosibmehnat_bot telegram boti orqali Davlat mehnat inspeksiyasiga murojaat qilishingiz mumkin!

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

✳️ Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarining qiymatini to'liq to'lagan holda ularni xarid qilgan va o'rnatgan iste'molchilarga xarid xarajatlarining bir qismi quyidagi miqdorlarda Tarmoqlararo energiyani tejash jamg'armasi hisobidan kompensasiya qilinadi:

▶️ Quyosh yoki shamol elektr stansiyasini o'rnatganlik uchun kompensasiyalar miqdori o'rnatilgan quvvati:

🔹 0,5 kVtdan 1 kVtgacha bo'lganda BHMning 7 barobar;

🔹1 kVtdan 1,5 kVtgacha bo'lganda BHMning 10 barobar;

🔹1,5 kVtdan 2 kVtgacha bo'lganda BHMning 15 barobar;

🔹2 kVt va undan yuqori bo'lganda BHMning 20 barobar;

🔹5 kVt va undan yuqori bo'lganda BHMning 50 barobar (faqatgina yangi yerlar o'zlashtirilganda va tik quduqlarda o'rnatilgan suv nasoslarining elektr energiyasi iste'moli qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari orqali ta'minlanganda).

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

❇️ Qonunchilikka ko'ra, quyosh suv isitish qurilmalarini o'rnatganlik uchun quyidagi miqdorlarda kompensasiya berilishi belgilangan:

🔹Suv isitish hajmi 100 litr (yoki suv isitish uchun kunlik 4 kVt/soat energiya ishlab chiqaruvchi qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmasi) bo'lganda BHMning 5 barobar;

🔹Suv isitish hajmi 200 litr (yoki suv isitish uchun kunlik 8 kVt/soat energiya ishlab chiqaruvchi qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmasi) bo'lganda BHMning 7 barobar.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

✳️ Banklar tomonidan “yashil” iste'mol krediti quyosh fotoelektr stansiyasi, quyosh suv isitkichlari va shamol elektr stansiyalarini o'rnatish maqsadlari uchun ajratiladi.

✔️ BHMning 500 baravarigacha bo'lgan “yashil” iste'mol kreditlari bo'yicha foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshgan, biroq 5 foizli banddan ko'p bo'lmagan qismi uchun 3 yil kompensasiya beriladi.

Ya'ni bugungi kunda MB asosiy stavkasi 14 foiz, agar kredit foizi 19 foiz bo'lsa uning 5 foizi davlat tomonidan qoplab beriladi.

📝 Mazkur kompensasiya uchun alohida murojaat qilish talab etilmaydi, “yashil” kredit ajratadigan banklar avtomat tarzda arizani o'zlari yuboradi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

📁 Qonunchilikka ko'ra, mulkdor o'ziga tegishli mol-mulkdan o'z xohishicha foydalanadi.

Ammo, mol-mulkdan foydalanish atrof-muhitga zarar yetkazmasligi, boshqa shaxslarning, jamiyat va davlatning huquqlarini hamda qonuniy manfaatlarini buzmasligi kerak.

❗️Shuningdek,
fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo'lishga majburdir.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Uy-joy olmoqchi bo'lganlar diqqatiga!


➡️Ko'p qavatli yangi uylardan xarid qilmoqchimisiz?
➡️Xo'sh, bunda nimalarga e'tibor berish kerak?

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🔰 Qonunchilikka ko'ra, bank mijozlar bilan tuzilgan shartnomalar shartlarini, shu jumladan kreditlar bo'yicha foiz stavkalarini va ularni belgilash tartibini, depozitlar bo'yicha foiz stavkalarini, vositachilik haqi miqdorini va ushbu shartnomalarning amal qilish muddatlarini bir taraflama o'zgartirish huquqiga ega emas.

✉️ Telegram | 📱 Instagram |
📱 Facebook | 🌐 YouTube |
🌎 Web-sayt | 📲 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🔰Qonunchilikka ko'ra, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo'nalishlari quyidagilardan iborat:

🔹aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish;

🔹davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish;

🔹korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o'z vaqtida aniqlash, ularga chek qo'yish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta'minlash.

✉️ Telegram | 📱 Instagram |
📱 Facebook | 🌐 YouTube |
🌎 Web-sayt | 📲 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

❗️Elektr energiyasi va gazdan foydalanish qoidalarini buzish jinoiy javobgarlikka sabab
bo‘ladi.

✉️ Telegram | 📱 Instagram |
📱 Facebook | 🌐 YouTube |
🌎 Web-sayt | 📲 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎄Yangi yil bayramida dam olish kunlari belgilandi

🇺🇿 Prezident “Yangi yil bayramini nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunni belgilash va dam olish kunini ko‘chirish to‘g‘risida” qaror qabul qilindi.

🔍Bugun, 24-dekabr kuni imzolangan qaror bilan, 2025-yilda 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni 4-yanvar – shanba kunidan 2-yanvar – payshanba kuniga ko‘chirildi. 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun 2-yanvar – payshanba qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilandi.

Demak:

28-dekabr, shanba — 6 kun ishlovchilar uchun odatiy ish kuni, 5 kun ishlovchilar uchun odatiy dam olish kuni;

29-dekabr, yakshanba — barcha uchun odatiy dam olish kuni;

30-dekabr, dushanba — 6 kun ishlovchilar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kun ishlovchilar uchun 14-dekabr (shanba) kunidan ko‘chirilgan dam olish kuni;

31-dekabr, seshanba — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni;

1-yanvar, chorshanba — Yangi yil bayrami;

2-yanvar, payshanba — 6 kun ishlovchilar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kun ishlovchilar uchun 4-yanvar (shanba) kunidan ko‘chirilgan dam olish kuni.

#Mahallalaruyushmasi #bilasizmi

Facebook | Instagram | X | Telegram | You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🔰Qonunchilikka ko'ra, quyidagilar Bolalar uyiga qabul qilinadi:

🔹 yetim bolalar;

🔹 ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan quyidagi bolalar:

▫️ota-onalari vafot etgan, ota-onalar ota-onalik huquqlaridan mahrum etilgan yoxud ota-onalik huquqlari cheklangan, ota-onalar muomalaga layoqatsiz deb topilgan, ota-onalarda og'ir kasalliklar aniqlangan, ota-onalar uzoq vaqt (6 oydan ortiq) bo'lmagan, shu jumladan ota-onalar o'z bolalarini tibbiyot muassasalaridan olishni rad etgan hollarda, shuningdek, ota-ona qarovi mavjud bo'lmagan boshqa hollarda;

▫️topib olingan bolalar;

▫️qoldirib ketilgan bolalar;

🔹ota-onalar roziligi bilan va ota-onalari bor yoki yo'qligidan qat'i nazar o'ziga o'zi xizmat ko'rsatish imkoni yo'qligi tufayli doimiy ravishda yakka tartibda parvarish qilishga muhtoj psixofizik rivojlanishi buzilgan bolalar.

✉️ Telegram | 📱 Instagram |
📱 Facebook | 🌐 YouTube |
🌎 Web-sayt | 📲 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Hozirgi kunda Oʻzbekiston hududida:


🔹mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori – 1 155 000 soʻm;

🔹bazaviy hisoblash miqdori – 375 000 soʻm;

🔹pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 428 000 soʻm;

🔹yoshga doir eng kam pensiya – 834 000 soʻm;

🔹nogironlik pensiyalari, jumladan ish staji toʻliq boʻlmagan chogʻdagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori – 920 000 soʻm;

🔹mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 920 000 soʻm;

🔹belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan (834 000 soʻmdan) 920 000 soʻmgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir pensiyalari – 920 000 soʻm;

🔹zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa – 745 000 soʻm;

🔹ish staji toʻliq boʻlmagan chogʻdagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qoʻshimcha toʻlovni hisobga olgan holda – 745 000 soʻm.


✉️ Telegram | 📱 Instagram |
📱 Facebook | 🌐 YouTube |
🌎 Web-sayt | 📲 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Qonunchilikka ko'ra, ish kuni davomida xodimga dam olish va ovqatlanish uchun davomiyligi kamida 30 daqiqa va ko'pi bilan 2 soat bo'lgan, ish vaqtiga kiritilmaydigan tanaffus berilishi kerak.

📋 Dam olish va ovqatlanish uchun tanaffus berish vaqti va uning aniq davomiyligi ichki mehnat tartibi qoidalarida yoki xodim va ish beruvchi o'rtasidagi kelishuvga ko'ra belgilanadi.

⚠️ Xodimlar dam olish va ovqatlanish uchun tanaffusdan o'z ixtiyoriga ko'ra foydalanadi. Bu vaqtda ular ish joyidan chiqib ketishi mumkin.

✉️ Telegram | 📱 Instagram |
📱 Facebook | 🌐 YouTube |
🌎 Web-sayt | 📲 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

📝Fuqarolar dinga munosabatidan qat'i nazar qonun oldida tengdir.

🌐 Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar O'zbekiston fuqarolari bilan teng ravishda vijdon erkinligi va dinga e'tiqod qilish erkinligi huquqidan foydalanadi.

🚫 Rasmiy hujjatlarda fuqarolarning dinga nisbatan munosabatini ko'rsatishga yo'l qo'yilmaydi.

✉️ Telegram | 📱 Instagram |
📱 Facebook | 🌐 YouTube |
🌎 Web-sayt | 📲 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🏢 O'zbekistonda diniy tashkilotlar va davlat organlarining faoliyati o'zaro aralashmaslik asosida amalga oshiriladi.

📌 Davlat turli dinlarga e'tiqod qiladigan va ularga e'tiqod qilmaydigan fuqarolar, turli dinlarga mansub diniy tashkilotlar o'rtasida o'zaro murosa va hurmat o'rnatilishiga ko'maklashadi.

✔️ Davlat konfessiyalarning tinch-totuv yashashiga kafil bo'ladi.

✉️ Telegram | 📱 Instagram |
📱 Facebook | 🌐 YouTube |
🌎 Web-sayt | 📲 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🔖Huquq-tartibot idoralarining ilmiy tashkilot va ta'lim muassasalari tomonidan jinoyat sodir etilgan mahallalarda ilmiy yondashuvlar asosida o'rganishlar o'tkaziladi.

📝 Bunda bevosita joylarga chiqqan holda, jinoyat sodir etilayotgan mahallalardagi kriminogen vaziyatga ta'sir qilayotgan asl omillarni o'rganish hamda ularning xususiyatlaridan kelib chiqib, manzilli profilaktika tizimini yo'lga qo'yishga qaratilgan ilmiy asoslantirilgan takliflar ishlab chiqiladi va hududiy «yo'l xaritalari»ga kiritiladi.

✉️ Telegram | 📱 Instagram |
📱 Facebook | 🌐 YouTube |
🌎 Web-sayt | 📲 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🔖 Mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan fuqarolar orasida jinoyatchilikning barvaqt oldini olish bo'yicha manzilli ishlarni tashkil etish, mahalla profilaktika inspektorlarining bu boradagi faoliyatini muvofiqlashtirish hamda aniqlangan muammolarni mas'ul idoralar bilan hamkorlikda bartaraf etish choralarini ko'rish vazifasini amalga oshiruvchi migratsion profilaktika bo'linmalari tashkil etiladi.

✉️ Telegram | 📱 Instagram |
📱 Facebook | 🌐 YouTube |
🌎 Web-sayt | 📲 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM