Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan tanqidiy materialga rasmiy munosabat.
Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlar orqali Bo’ka tumani “Bo’ston” mahallasida yashovchi nogironligi bor oila xonadoniga quyosh panellari o’rnatilganligi, biroq xonadonga ulanmaganligi yuzasidan tanqidiy material e’lon qilingan edi.
Haqiqatdan ham, Davlat xaridlari elektron tizimidagi Elektron do'kon platformasi orqali g'olib deb topilgan "SMART WATT" MCHJ tomonidan joriy yil 10-dekabr kuni quyosh elektr stansiyalari, ularning modullarini ishga tushirish va montaj qilish xizmatini ko'rsatish uchun tuzilgan shartnomaga asosan tuman hududida 15 ta ("Cho'lobod" mahallasida yashovchi 8 ta, "Ko'korol" mahallasida yashovchi 5 ta, "Bo'ston" mahallasida yashovchi 2 ta) kam ta'minlangan, ijtimoiy himoyaga muxtoj aholini ijtimoiy qo'llab-quvvatlash maqsadida ularning xonadonlariga quyosh panelli uskunalarni sotib olish va o’rnatilish ishlarini 1 oy muddatda amalga oshirish belgilangan.
🔺 Qarorga asosan, xonadonlarda quyosh panellarini o’rnatish ishlari boshlangan. Barcha xonadonlarga quyosh panellari metal konstruksiyalari va monokristal panellarini to'liq o'rnatib bo'lingandan so'ng invertor orqali tarmoqqa ulash ishlari bajariladi. Ijtimoiy tarmoq faollarining aniq ma’lumotga ega bo’lmasdan holatga yuzaki yondashganliklari tufayli tushunmovchilik yuzaga kelib, go’yoki quyosh panellari ko’zbo’yamachilik uchun o’rnatilib ketilganligi yuzasidan rasm va qisqa matn e’lon qilingan.
Belgilangan ishlar to’liq yakuniga yetkazilishini, ishlar yakunlangach “mahalla yettiligi” va elektr ta’minoti korxonasi vakillari ishtirokida tegishli tartibda bayonnoma rasmiylashtirilgandan so’ng panellar foydalanishga qabul qilinishini ma’lum qilamiz.
Shu o’rinda ijtimoiy tarmoqlardagi barcha sahifalar egalaridan bu kabi tasdiqlanmagan ma’lumotlarni tarqatmasliklarini so‘rab, asossiz va yolg‘on ma’lumotlarni tarqatish belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo’lishi mumkinligini eslatib o‘tamiz.
BATAFSIL
✉️ Telegram | 📱 Instagram |
📱 Facebook | 🌐 YouTube |
🌎 Web-sayt | 📲 X
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan tanqidiy materialga rasmiy munosabat.
Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlar orqali Bo’ka tumani “Bo’ston” mahallasida yashovchi nogironligi bor oila xonadoniga quyosh panellari o’rnatilganligi, biroq xonadonga ulanmaganligi yuzasidan tanqidiy material e’lon qilingan edi.
Haqiqatdan ham, Davlat xaridlari elektron tizimidagi Elektron do'kon platformasi orqali g'olib deb topilgan "SMART WATT" MCHJ tomonidan joriy yil 10-dekabr kuni quyosh elektr stansiyalari, ularning modullarini ishga tushirish va montaj qilish xizmatini ko'rsatish uchun tuzilgan shartnomaga asosan tuman hududida 15 ta ("Cho'lobod" mahallasida yashovchi 8 ta, "Ko'korol" mahallasida yashovchi 5 ta, "Bo'ston" mahallasida yashovchi 2 ta) kam ta'minlangan, ijtimoiy himoyaga muxtoj aholini ijtimoiy qo'llab-quvvatlash maqsadida ularning xonadonlariga quyosh panelli uskunalarni sotib olish va o’rnatilish ishlarini 1 oy muddatda amalga oshirish belgilangan.
Belgilangan ishlar to’liq yakuniga yetkazilishini, ishlar yakunlangach “mahalla yettiligi” va elektr ta’minoti korxonasi vakillari ishtirokida tegishli tartibda bayonnoma rasmiylashtirilgandan so’ng panellar foydalanishga qabul qilinishini ma’lum qilamiz.
Shu o’rinda ijtimoiy tarmoqlardagi barcha sahifalar egalaridan bu kabi tasdiqlanmagan ma’lumotlarni tarqatmasliklarini so‘rab, asossiz va yolg‘on ma’lumotlarni tarqatish belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo’lishi mumkinligini eslatib o‘tamiz.
BATAFSIL
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Янги йил байрамини нишонлаш даврида қўшимча ишланмайдиган кунни белгилаш ва дам олиш кунини кўчириш тўғрисида”ги қарори
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#muhokama
#hokimlik_soati
Dolzarb masalalar muhokamasiga bag'ishlangan "Hokimlik soati" o'tkazildi.
🔹 Bugun tuman hokimligi katta majlislar zalida bugungi kunning eng dolzarb masalalari muhokamasiga bag'ishlangan "Hokimlik soati" bo'lib o'tdi.
💠 Tuman hokimi B.Begmatov boshchiligida o'tkazilgan "Hokimlik soati"da sektor rahbarlari, hokim o'rinbosarlari, hokimlik xodimlari, tumandagi korxona-tashkilot rahbarlari, mahalla raislari, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari, xotin-qizlar faollari va ijtimoiy xodimlar ishtirok etdi.
🔹 Kun tartibiga asosan:
🔸 O'zbekiston Respublikasi Vaziralar Mahkamasining qarori, "Ijtimoiy himoya yagona reyestri" axborot tizimi orqali kam ta'minlangan oilalarni aniqlash va ularga ijtimoiy nafaqalar tayinlash bo'yicha elektron shaklda ariza berishni joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida;
🔸 "Kambag'allikdan farovonlik sari" dasturi doirasida kambag'al oilalar va mahallalarga biriktirilgan rahbarlarning zimmasiga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi;
🔸 2025-yil uchun mahalliy nashrlarga obuna kompaniyasini tashkil etish;
🔸 Ijro intizomi kabi masalalar yuzasidan mas'ullarning axboroti tinglandi.
💠 Yig'ilish yakunida mavjud muammolarni bartaraf etish va ishlarni tizimli tashkil etish yuzasidan mas'ullarga aniq topshiriqlar belgilab berildi.
✉️ Telegram | 📱 Instagram |
📱 Facebook | 🌐 YouTube |
🌎 Web-sayt | 📲 X
#hokimlik_soati
Dolzarb masalalar muhokamasiga bag'ishlangan "Hokimlik soati" o'tkazildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from O‘zbekiston mahallalari uyushmasi rasmiy kanali
Demak:
➖28-dekabr, shanba — 6 kun ishlovchilar uchun odatiy ish kuni, 5 kun ishlovchilar uchun odatiy dam olish kuni;
➖29-dekabr, yakshanba — barcha uchun odatiy dam olish kuni;
➖30-dekabr, dushanba — 6 kun ishlovchilar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kun ishlovchilar uchun 14-dekabr (shanba) kunidan ko‘chirilgan dam olish kuni;
➖31-dekabr, seshanba — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
➖1-yanvar, chorshanba — Yangi yil bayrami;
➖2-yanvar, payshanba — 6 kun ishlovchilar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kun ishlovchilar uchun 4-yanvar (shanba) kunidan ko‘chirilgan dam olish kuni.
#Mahallalaruyushmasi #bilasizmi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#sayyor_qabul
"Toshloq" mahallasida fuqarolar uchun sayyor qabul o'tkazildi.
🔸 Aholi murojaatlari bilan tizimli ishlash, mavjud muammolarni aniqlash va bartaraf etish maqsadida Bo'ka tumani hokimi B.Begmatov, Xalq qabulxonasi mudiri Z.Rahmonqulov, tegishli korxona-tashkilotlar rahbarlari, "mahalla yettiligi" va mahalliy aholi ishtirokida fuqarolar sayyor qabuli o'tkazildi.
🔹 Qabulda kommunal soha, moddiy yordam, ijtimoiy nafaqalar, bank-kredit ishga joylashish kabi yo'nalishlar bo'yicha jami 11 ta murojaatlar kelib tushgan bo'lib, ayrim murojaatlar joyida hal etilgan bo'lsa, o'rganish vaqt talab etiladigan murojaatlar asosida nazorat reja ishlab chiqilib, ijrosi ta'minlanishi ta'kidlandi.
✉️ Telegram | 📱 Instagram |
📱 Facebook | 🌐 YouTube |
🌎 Web-sayt | 📲 X
"Toshloq" mahallasida fuqarolar uchun sayyor qabul o'tkazildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Toshkent viloyati hokimligi
⭕️ Live
Nurafshon shahridagi asosiy archa atrofida bayramona muhit hukmron: bugun, soat 18:00 da rasmiy ochilish bo‘lib o‘tadi va archa chiroqlari yoqiladi.
Nurafshon shahrida balandligi 34 metr bo‘lgan viloyatning bosh archasi qad rostladi. Muhtasham archa 28 mingdan ziyod zumrad o‘yinchoq bilan bezatilgan. Maydonga yana qo‘shimcha 22 dona kichik archa va 200 ga yaqin dekorativ jihozlar ham o‘rnatildi.
Tadbir barcha aholi uchun xavfsiz va qulay tarzda tashkil etilmoqda. Bayram shodiyonalari ertalab soat 10:00 dan oqshom soat 22:00 gacha davom etadi. Bosh archaning rasmiy ochilishi bugun, soat 18:00 da bo‘lib o‘tadi. Bayramning eng qiziqarli sahnasi 300 nafar Qorbobo ishtirokidagi chiqish bo‘lishi kutilmoqda.
✅ Telegram 🌐 Website 📹 YouTube 📸 Instagram✅ Facebook 🕊 Twitter