BO'KA TUMANI HOKIMLIGI
3.05K subscribers
22.8K photos
1.94K videos
8 files
7.54K links
Toshkent viloyati Bo'ka tumani hokimligining rasmiy telegram kanali

Instagram: instagram.com/buka_tuman_hokimligi/
Facebook: facebook.com/bokahokimligi/
YouTube: YouTube.com/@buka_tuman_hokimligi/
Web-sayt: www.boka.uz/
Download Telegram
#seminar

Bo'ka tumanida g'oza agrotexnikasi va paxta yig'im-terimiga tayyorgarlik mavzusida
seminar o'tkazildi.

🔺 Bo'ka tumanida 2024-yil hosili uchun ekilgan paxta maydonlarida agrotexnik ishlov berish, defoliatsiya ishlariga tayyorgarlik, shuningdek paxta yig'im-terim ishlarini uyushqoqlikda tashkil etish bo'yicha o'tkazilgan seminarda tuman hokimi B.Begmatov, Toshkent viloyati Qishloq xo'jaligi boshqarmasi boshlig'i Sh.Xaydarov, tuman prokurori B.Yuldashev, IIB boshlig'i J.Manazarov, DSI boshlig'i Sh.Xazratov, qishloq xo'jaligi korxonalari rahbarlari, klasterlar, hudud raislari va fermer xo'jaliklari rahbarlari ishtirok etishdi.

🔹 Seminarda mas'ullar tomonidan agrotexnik tadbirlarni amalga oshirishda e'tibor qaratilishi lozim bo'lgan jihatlar, terim kombaynlari va tashish texnikalarini mavsumga tayyorlash kabi muhim yo'nalishlar bo'yicha zarur tavsiyalar berildi.

🔸 Seminar yakunida fermer xo'jaliklari rahbarlari o'zlarini qiziqtirgan savollarga soha mutaxassislari, shuningdek klasterlar rahbarlaridan tegishli javoblarni olishdi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar

"Dolzarb qirq kunlik" bo'yicha ilmiy-amaliy
seminar bo'lib o'tdi.

🔸 Bugun Bo‘ka tumani "Baxmal" hududida joylashgan "Olimov Shodiyor" fermer xo'jalik g'o'za maydonida O'simliklar karantini va himoyasi agentligi Bo‘ka tumani bo‘limi inspektorlari hamda Bo‘ka tuman klaster, fermer xo‘jaliklar rahbarlari ishtirokida g'o'za maydonlarida "Dolzarb qirq kunlik" bo'yicha ilmiy-amaliy seminar bo'lib o'tdi.

🔹 Seminarda 2024-yil g'o'za maydonlarida olib borilishi kerak bo'lgan agrotexnik tadbirlar, kimyoviy mahsulotlarni o'z vaqtida sifatli qo'llash va shu kabi dolzarb masalalar bo'yicha zarur tavsiyalar berib o'tildi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar

Direktor o'rinbosarlari ishtirokida
seminar tashkil etildi.

🔹 Toshkent viloyati Boʻka tumani MMTB tasarrufidagi umumtaʼlim maktablari uchun MMIBDOʻ ishtirokida "Taʼlim tashkilotlari rahbarlari faoliyatini tizimli tashkil etish, muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalar" mavzusidagi oʻquv-seminari oʻtkazildi.

🔹 Seminarda mas'ullar tomonidan mamlakatimizda davlat tomonidan taʼlim tizimini rivojlantirish, oʻquvchilarning sifatli taʼlim olishlari uchun barcha sharoitlar yaratilayotgani haqida fikrlar bildirildi.

🔹 Milliy gvardiya Boʻka tumani bo'limi bolalar bilan ishlash boʻyicha katta inspektor psixolog Sh.Ergashev, Sh.Davranov, S.Tajibayevlar ishtirok etib, oʻquvchi-yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va ota-onaning farzand tarbiyasidagi maʼsuliyatini oshirish borasida soʻz yuritdi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar

Paxta maydonlarini defoliatsiya qilish yuzasidan ko’rgazmali seminar o’tkazildi.

🔸 Bo'ka tumani “Jambul” hududidagi “Baxtiyor Samariddin” fermer xo’jaligi dala maydonida g’o’za ekin maydonlarida defoliatsiya ishlarini o'z vaqtida va sifatli olib borilishi bo'yicha ko’rgazmali seminar bo’lib o’tdi.

🔹 Tuman hokimi B.Begmatov, IIB boshlig’i J.Manazarov, tuman hokimining o’rinbosari, qishloq xo’jaligi mas’ullari, fermer xo’jaligi rahbarlari hamda qishloq xo’jaligi sohasida ko’p yillik tajribaga ega agronomlar ishtirok etishdi.

🔹 Tuman hokimi tomonidan g‘o‘za defoliatsiyasini o'z muddatida sifatli qilib amalga oshirish, defoliantlarni qo‘llash meʼyorlariga rioya etilib o‘tkazilishi, defoliatsiya oʻtkazishdan oldin tuproq namligiga, tadbir davomida ishlatiladigan texnika va agregatlarning sozligiga alohida eʼtibor berish kerakligi ta'kidlandi.

🔹 Seminar ishtirokchilariga gʻoʻza defoliatsiyasi boʻyicha mutaxassislar tomonidan zarur maslahat va tavsiyalar berildi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar

Bo'ka tumanida 2025-yil hosili uchun g‘alla ekish bo‘yicha
seminar bo‘lib o‘tdi.

🔹 Kuni kecha "B.Umarov" hududidagi "Xaydar Ahmad Chorbog'i" fermer xo‘jaligida tashkil etilgan seminarda tuman hokimi B.Begmatov, Qishloq xo’jaligi vazirligi G’allachilik bo’limi boshlig’i Z.Artiqov, Qishloq xo’jaligi vazirligi huzuridagi ilmiy-tadqiqot instituti vakili Z.Ziyodullayev, tuman hokimining o‘rinbosari O'.Alimov, Qishloq xo'jaligi bo'limi boshlig'i B.Turg'unboyev, qishloq xo‘jaligiga aloqador tashkilotlar hamda fermer xo'jaliklari rahbarlari ishtirok etishdi.

🔸 Unda asosiy e’tibor 2025-yil hosili uchun ekiladigan g‘alla agrotexnik tadbirlarga qaratilib, yer tayyorlash, g’alla ekishda navlarni tanlash, tadbirlarni o‘z vaqtida sifatli o‘tkazish, xususan, zararli hasharot va kasalliklarga qarshi kurashish, mineral o‘g‘itlar bilan to‘yintirish, bu orqali yuqori hosildorlikka erishish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

🔹 Seminarda fermer xo’jaliklari rahbarlari faoliyatlari davomida duch kelgan muammolar, kelgusidagi rejalar yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga soha mutaxassislari va olimlardan tegishli javoblar oldi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar

🇺🇿🇩🇪O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi, Yosh Fermerlar kengashi va Germaniya Yosh amaliyotchilarni qo‘llab-quvvatlash Dasturi tomonidan seminar tashkil etildi.

Bugun Toshkent viloyati Bo'ka tumanida O‘zbekiston yoshlar ishlari agentligi va Germaniyaning Yosh amaliyotchilarni qo‘llab-quvvatlash dasturi hamkorligida "Germaniyada Ta’lim Imkoniyatlari" mavzusidagi seminar-trening muvaffaqiyatli tarzda o‘tkazildi.

Seminarni Germaniyalik 18 yoshli Tom Berger olib bordi. U ishtirokchilarga Germaniyada ta’lim olish imkoniyatlari, universitetlar va ta’lim dasturlari haqida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, seminar davomida Germaniyada o‘qish uchun mavjud bo‘lgan imkoniyatlar haqida aytib berdi.

Tom Bergerning taqdimoti ishtirokchilarga Germaniyada ta’lim olish jarayoni, qabul va grantlar haqida keng qamrovli tushunchalar berdi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar

🧅 “Bog' vа tok” oralariga piyoz, sarimsoq piyoz hamda to'qsonbosti usulida eksportbop sabzavot ekinlarni ekish bo’yicha amaliy seminar bo’lib o’tdi.

🔺 Bugun Bo'ka tumani A.Navoiy hududida joylashgan "Temur Agro Zamin" fermer xo’jaligi dala maydonida tuman hokimining qishloq va suv xo'jaligi bo'yicha o'rinbosari O'.Alimov, Agroinspeksiyaning Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig'i S.Sodiqov, qishloq xo'jaligiga tegishli korxona-tashkilotlar va fermer xo'jaliklari rahbarlari ishtirokida "Bog' vа tok” oralariga piyoz va sarimsoqpiyoz hamda to'qsonbosti usulida eksportbop sabzavot ekinlarni ekish bo’yicha seminar tashkil etildi.

🔺 Seminarda mas’ullarga dala madaniyatini shakllantirish, "Bog' vа tok” oralariga piyoz va sarimsoqpiyoz hamda to'qsonbosti usulida eksportbop sabzavot ekinlarni ekish ishlarini tashkil qilishda e’tibor qaratiladigan agrotexnik tadbirlar bo’yicha tushunchalar berildi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#SEMINAR

O'simliklar karantini va himoyasi agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan dala o'quv seminari o'tkazildi.


🔸 O'simliklar karantini va himoyasi agentligining topshirig'iga asosan agntlikning Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan 2025-yil hosili uchun qishloq xo'jaligi ekinlariga zarar keltiruvchi zararli organizmlarni hududlarda qishlovga ketish miqdoriga aniqlik kiritish maqsadida dala o'quv-seminari bo'lib o'tdi.

💠 Bo'ka tumanida kuzgi yer kavlash (raskopka) bo'yicha o'tkazilgan seminarda inspektorlarga zarur tavsiyalar berib o'tildi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar
#yashil_makon
🟦🟦🟦

“Yashil makon” umummilliy loyihasi – bu bir yillik tadbir emas”


🔸 Respublikada ekotizimlarni himoya qilish va tiklash, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish va yashil maydonlarni kengaytirish borasida «Yashil makon» umummilliy loyihasini amalga oshirilishi muhim qadam bo‘ldi.

🔺 Bugun Bo'ka tumani Bo'ston hududidagi "Bahodir Javohir Agro" fermer xo'jaligi dala maydonida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshiriladigan ishlar, dala chetlariga ko'chat ekishni tashkil qilish va parvarishlash yuzasidan seminar o'tkazildi.

Seminarda Toshkent viloyati Qishloq xo'jaligi boshqarmasi boshlig'i Sh.Xaydarov, Toshkent viloyati Fermer, dehqon xo'jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi raisi X.Niyozov, viloyatdagi tumanlar hokimlarining qishloq va suv xo'jaligi masalalari bo'yicha o'rinbosarlari, tegishli mutasaddilar va fermer xo'jaliklari rahbarlari ishtirok etdi.

🔹 Mas'ullar tomonidan har bir fermer xo'jaligi rahbari dala chetlarini tartibga keltirish va "yashil zona"larni tashkil etish, ko'chat ekishda e'tibor qaratilishi lozim bo'lgan jihatlar, shuningdek zarur agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan zarur ma'lumotlar berildi.

🔹 Seminar ishtirokchilari o'zlarini qiziqtirgan savollarga soha mutaxassislaridan javoblar olishdi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar
🟦🟦🟦

Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirish tizimini takomillashtirish yuzasidan
seminar o'tkazildi.

🔺 Bugun "Mustaqil O'zbekiston" hududidagi “Odil Xosiyat” fermer xo’jaligi dala shiyponida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-dekabrdagi “Qishloq xo’jaligi maydonlaridagi qo’shimcha imkoniyatlardan foydalangan holda mahsulot yetishtirishni ko’paytirishga doir chora-tadbirlar to’g’risida”gi 465-sonli qarori ijrosini ta’minlash, Qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yer uchastkalarining dala chetlari hamda kanallar, sug’orish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi maydonlarda, aholi tomorqasi, xonadonlar, mahallaning ichki ko’chalarida qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirilishini samarali tashkil qilish va ko’paytirish orqali mamlakatning eksport ko’rsatkichlarini oshirish maqsadida o’quv seminar tashkil etildi.

🔺 O’quv seminarda tuman hokimi B.Begmatov, Qishloq xo’jaligi masalalari bo’yicha Respublika ishchi guruhi rahbari K.Sobirov, tuman IIB boshlig’i R.Abdusamadov, Paxtachilik ilmiy markazi vakili Q.Yusupov, Agrosanoat majmuyi ustidan nazorat qilish inspeksiyasining Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari O’.Nurbekov, qishloq xo’jaligi korxona-tashkilotlari va fermer xo’jaliklari rahbarlari ishtirok etishdi.

Seminarda dala chetlaridagi bo’sh maydonlarni o’zlashtirish, suv tejovchi texnologiyalardan foydalanishning afzalliklari, dala madaniyatiga rioya etilishi, agrotexnik tadbirlarni o’z vaqtida va sifali amalga oshirish lozimligi yuzasidan fikrlar bildirib o’tildi.

✉️ Telegram | 📱 Instagram |
📱 Facebook | 🌐 YouTube |
🌎 Web-sayt | 📲 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar
🟦🟦🟦

"Bir kontur - bir mahsulot" mavzusida
seminar tashkil etildi.

🔸 Bugun "Bunyodkor" mahallasida tuman hokimi B.Begmatov boshchiligida "Bir kontur - bir mahsulot" tamoyilini amaliyotga tatbiq etish bo'yicha seminar tashkil etildi.

🔹 Seminarda tumanda faoliyat yurituvchi banklar boshqaruvchilari, Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limi vakillari, shuningdek "Bunyodkor", "O'zbek" va "Madaniyat" mahallalari raislari, hokim yordamchilari va ushbu mahallalarda yashovchi aholi vakillari ishtirok etishdi.

🔹 Tuman hokimi yurtboshimiz tomonidan olib borilayotgan izchil islohotlarni amalga oshirish mexanizmlari, jumladan "Bir kontur - bir mahsulot" tamoyilini amaliyotga tatbiq etish, bunda faqatgina qishloq xo'jaligi yerlari bilan cheklanib qolmasdan "mahalla drayveri"dan kelib chiqqan holda bir mahalladagi aholi tomorqalarida asosan bir turdagi mahsulotlarni yetishtirish, bu esa o'z navbatida yetishtirilgan mahsulotni sotishda ham qulay bo'lishi, bir qarich yerdan ham unumli foydalanib yuqori daromadga erishish to'g'risida aniq misollar bilan ma'lumot berib o'tdi.

💠 Seminarda "O'zbek" mahallasida yashovchi M.Yo'ldoshev xonadonidagi 9 sotix issiqxonada qulupnayning Koreya navini yetishtirib, 50 mingta qulupnay ko'chatini sotishdan 150 mln. so'm daromadga erishganligi, bugungi kunda 1 kg qulupnayni 120 ming so'mdan 150 ming so'mgacha bozorga yetkazib berayotganligi to'g'risida ma'lumot berib, xonadonida issiqxona tashkil etish istagida bo'lgan fuqarolarni qulupnay ko'chatlari bilan ta'minlab, hosil yetishtirishga ko'maklashishini aytib o'tdi.

🔸 Shuningdek, "Quldiroq" mahallasida yashovchi F.Nurmamatov xonadonida issiqxona tashkil etib, qovoq (кабачки) yetishtirish orqali bir mavsumda 200 mln. so'm daromadga erishganligi, joriy mavsumda qo'shimcha yer maydonida mahsulot yetishtirish va 1 mlrd. so'm daromadga erishishni rejalashtirayotganligi, ushbu sohaga qiziquvchi fuqarolarga zarur tavsiyalar berilib, faoliyatini yo'lga qo'ygach zarur maslahat va yordamlarini ayamasliklarini bildirib o'tdi.

🔹 Seminarda kelib tushgan takliflarni inobatga olib, ATB "Agrobank" Bo'ka tumani filiali rahbari A.Eshnazarov, mahalla raisi va hokim yordamchisiga bugungi kunda "O'zbek" mahallasida yashovchi aholi xonadonlarida 10 dan ortiq issiqxona mavjudligini inobatga olib, 3 kun muddatda yana 25 ta qulupnaychilik yo'nalishida issiqxona tashkil etish istagida bo'lgan fuqarolar ro'yxatini shakllantirish hamda shu yo'nalishda "Ustoz - shogird" an'analarini yo'lga qo'yishga ko'maklashish ko'rsatmalari berildi.

✉️ Telegram | 📱 Instagram |
📱 Facebook | 🌐 YouTube |
🌎 Web-sayt | 📲 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar
🟦🟦🟦

"Bir kontur bir mahsulot" tamoyilini amalga oshirish bo'yicha seminarlar tashkil qilinmoqda.


🔹 Avval xabar berganimizdek, tuman hokimi B.Begmatov boshchiligida mahallalarda "Bir kontur - bir mahsulot" tamoyilini amaliyotga tatbiq etish bo'yicha seminarlar tashkil etilmoqda. Bugun qator mahallalar aholisi uchun ayni mavzuda seminar bo'lib o'tdi.

🔹 Bugun tumandagi "Parkent", "Yangibog'", "Oltish", "Guliston" mahallalarida tuman hokimi B.Begmatov, tuman hokimining birinchi o'rinbosari M.Saydullayev, tumanda faoliyat yurituvchi banklar boshqaruvchilari, tuman Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limi, mahalla raislari, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari, namunali tomorqa egalari va mahalliy aholi vakillari ishtirokida o'tgan mazkur seminarda qator yo'nalishlarda amalga oshirilishi lozim bo'lgan muhim vazifalar to'g'risida ma'lumot berildi.

🔻 Jumladan, "Bir kontur - bir mahsulot" tamoyilini amaliyotga tatbiq etish, bunda faqatgina qishloq xo'jaligi yerlari bilan cheklanib qolmasdan "mahalla drayveri"dan kelib chiqqan holda bir mahalladagi aholi tomorqalarida asosan bir turdagi mahsulotlarni yetishtirish, bu esa o'z navbatida yetishtirilgan mahsulotni sotishda ham qulay bo'lishi, bir qarich yerdan ham unumli foydalanib yuqori daromadga erishish to'g'risida aniq misollar bilan ma'lumot berib o'tildi.

🔹 Xonadonida issiqxona tashkil etish istagida bo'lgan fuqarolar shu yerning o'zida banklarga biriktirilib, mas'ullarga fuqarolarga kreditlar ajratish va faoliyatini yo'lga qo'yishga ko'maklashish topshirig'i berildi.

✉️ Telegram | 📱 Instagram |
📱 Facebook | 🌐 YouTube |
🌎 Web-sayt | 📲 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar #qonunchilikdagi_yangiliklar
#soliq_siyosati_2025

Soliq va budjet siyosatining 2025-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi

Bugun Bo'ka tumani hokimligi katta majlislar zalida “Soliq va budjet siyosatining 2025 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunga asosan seminar bo'lib o'tdi.

🛫Seminarda Toshkent viloyati soliq boshqarmasi rahbariyati hamda Bo'ka tumani Soliq inspeksiyasi mas'ullari tomonidan 2025-yildan soliq siyosatiga kiritilgan yangiliklar yuzasidan tadbirkorlarga ma'lumot berildi.

Tadbirkorlar tomonidan yo‘llangan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berilib, Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgarishlar aks etgan maxsus qo‘llanmalar tarqatildi.

✉️ Telegram | 📱 Instagram |
📱 Facebook | 🌐 YouTube |
🌎 Web-sayt | 📲 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar
🟦🟦🟦

"Kambag'allikdan farovonlik sari" dasturi doirasida "Bir kontur bir mahsulot" tamoyilini amalga oshirish bo'yicha seminalar tashkil qilinmoqda.


🔹 Avval xabar berganimizdek, tuman hokimi B.Begmatov boshchiligida mahallalarda "Bir kontur - bir mahsulot" tamoyilini amaliyotga tatbiq etish bo'yicha seminarlar tashkil etilmoqda. Bugun qator mahallalar aholisi uchun ayni mavzuda seminar bo'lib o'tdi.

🔹 Bugun tumandagi "Ramadon", "Kiyikchi", "Qo'ldoshtepa", "Shodlik" mahallalarida tuman hokimi B.Begmatov boshchiligida tumanda faoliyat yurituvchi banklar boshqaruvchilari, tuman Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limi, mahalla raislari, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari, namunali tomorqa egalari va mahalliy aholi vakillari ishtirokida o'tgan mazkur seminarda qator yo'nalishlarda amalga oshirilishi lozim bo'lgan muhim vazifalar to'g'risida ma'lumot berildi.

🔻 Jumladan, "Kambag'allikdan farovonlik sari" dasturi doirasida "Bir kontur - bir mahsulot" tamoyilini amaliyotga tadbiq etish, bunda faqatgina qishloq xo'jaligi yerlari bilan cheklanib qolmasdan "mahalla drayveri"dan kelib chiqqan holda bir mahalladagi aholi tomorqalarida asosan bir turdagi mahsulotlarni yetishtirish, bu esa o'z navbatida yetishtirilgan mhsulotni sotishda ham qulay bo'lishi, bir qarich yerdan ham unumli foydalanib yuqori daromadga erishish to'g'risida aniq misollar bilan ma'lumot berib o'tildi.

🔹 Xonadonida issiqxona tashkil etish istagida bo'lgan fuqarolar shu yerning o'zida banklarga biriktirilib, mas'ullarga fuqarolarga kreditlar ajratish va faoliyatini yo'lga qo'yishga ko'maklashish topshirig'i berildi.

✉️ Telegram | 📱 Instagram |
📱 Facebook | 🌐 YouTube |
🌎 Web-sayt | 📲 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM