BO'KA TUMANI HOKIMLIGI
3.39K subscribers
25.9K photos
2.19K videos
8 files
8.51K links
Toshkent viloyati Bo'ka tumani hokimligining rasmiy telegram kanali

Instagram: instagram.com/buka_tuman_hokimligi/
Facebook: facebook.com/bokahokimligi/
YouTube: YouTube.com/@buka_tuman_hokimligi/
Web-sayt: www.boka.uz/
Download Telegram
#Tibbiyot
#Aksiya

✔️ Xabaringiz bor, 1-fevraldan 1-martgacha yurtimizda “Qishloq xo‘jaligi xodimlari salomatligi oyligi” aksiyasi o‘tkaziladi.

🚜 Bu davrda mamlakatdagi agrar soha xodimlari — fermerlar, dehqon, bog‘bonlar, klaster xodimlari va ularning oila a’zolari, profilaktik va chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar hamda skriningdan o‘tkaziladi. Tekshiruv natijalariga muvofiq, aniqlangan kasalliklar bo‘yicha davlat ko‘magida ularning salomatligini tiklash va mustahkamlash choralari ko‘riladi.

🔹 Bugun ushbu oylik doirasida Bo'ka tumanidagi 6-oilaviy poliklinikada qishloq xo'jaligi xodimlari maxsus tibbiy brigadalar tomonidan profilaktik va chuqurlashtirilgan tekshiruvlardan o‘tkazildi.

🩺 Tekshiruvlar jarayonida qishloq xo'jaligi xodimlari o'zlarining sog'liklaridagi shikoyatlari yuzasidan malakali tibbiy mutaxassislarga murojaat qilishdi va tibbiy ko'rikdan o'tib, zarur tavsiyalarni olishdi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌐 Web-sayt
#tibbiyot

Tumandagi “Ravot” mahalla fuqarolar yig‘inida yangi tibbiyot punkti ishga tushirilib, foydalanishga topshirildi.

🩺 Tibbiyot punktining ochilish marosimida tuman hokimi o‘rinbosari Q.Sattorov, tuman tibbiyot birlashmasi bosh shifokori X.Vaxobov, mahalla vakillari va nuroniylar ishtirok etib, mamlakatimizda sog‘liqni saqlash tizimidagi ijobiy o‘zgarishlar, sohani xalqimizga yana-da yaqinlashtirish borasidagi dadil qadamlar haqida fikr yuritishdi.

🟢 Hokim o‘rinbosari ushbu yangi tibbiyot punkti bilan mahalla ahlini qutlab, tibbiyot punkti mudirasiga ramziy kalitni topshirdi.

🚀 Telegram 📷 Instagram
🔵 Facebook 🎬 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tibbiyot

Tumandagi “Mirzabek” mahalla fuqarolar yig‘inida yangi tibbiyot punkti ishga tushirilib, foydalanishga topshirildi.

🩺 Tibbiyot punktining ochilish marosimida tuman hokimi o‘rinbosari Q.Sattorov, tuman tibbiyot birlashmasi bosh shifokori X.Vaxobov, mahalla vakillari va nuroniylar ishtirok etib, mamlakatimizda sog‘liqni saqlash tizimidagi ijobiy o‘zgarishlar, sohani xalqimizga yanada yaqinlashtirish borasidagi dadil qadamlar haqida fikr yuritishdi.

🟢 Hokim o‘rinbosari ushbu yangi tibbiyot punkti bilan mahalla ahlini qutlab, tibbiyot punkti mudirasiga ramziy kalitni topshirdi.

🔺 Ma’lumot uchun, “Mirzabek” MFY da 3527 nafar aholi istiqomat qiladi. Yangi shifokorlik punktida jami 16 nafar xodimlar faoliyat yuritib, 1 kunda 50 nafar fuqarolarga xizmat ko’rsatish quvvatiga ega.

🚀 Telegram 📷 Instagram
🔵 Facebook 🎬 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon
#hashar
#tibbiyot

HASHAR — ELGA YARASHAR

🌳 Bugun Bo'ka tuman Tibbiyot birlashmasi tasarrufidagi tibbiyot maskanlari hududida “Yangi O‘zbekiston – yashil makonda birga yashaylik!” shiori ostida hashar tashkil etildi.

🔺 Hasharda tibbiyot xodimlari faol ishtirok etib, bog' maydonlari, ariq va yo'laklar chiqindilardan tozalandi, 1000 dan ortiq mevali va manzarali daraxt ko'chatlari ekildi.

🔺 Hashar davom etmoqda.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tibbiyot

Tibbiyot xodimlari kuni nishonlandi.

▶️ BATAFSIL

🚀 Telegram 📷 Instagram
🔵 Facebook 🎬 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tibbiyot

🖊 Hokim qarori: "Qoraquduq" mahalla fuqarolar yig'ini hududida 50 qatnovli qishloq vrachlik punkti tashkil etiladi.

🔹 Qarorga ko'ra O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-noyabrdagi “Birlamchi tibbiy – sanitariya yordami muassasalari faoliyatiga mutlaqo yangi mexanizmlarni joriy qilish va sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini yanada oshirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6110-sonli farmoni, Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020-yil 23-noyabrdagi 306–sonli buyrug‘i hamda Toshkent viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasining 2021–yil 1–fevraldagi 35–sonli buyruqlari ijrosini taʼminlash maqsadida "Qoraquduq” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida 50 qatnovli qishloq vrachlik punkti tashkil etiladi va belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.

🚀 Telegram 📷 Instagram
🔵 Facebook 🎬 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tibbiyot

Tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va yo'l qo'yilayotgan kamchiliklar muhokama qilindi.

🔸 Bugun tuman tibbiyot birlashmasi majlislar zalida tuman hokimi Baxtiyor Begmatov, DXX Bo’ka tumani bo’limi boshlig’i B.Xaitov, tegishli hokim o'rinbosarlari, tashkilot rahbarlari, tibbiyot birlashmasi shifokorlari va dorixonalar mudirlari ishtirokida sohada amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo'yicha ko'rilayotgan chora-tadbirlar muhokamasiga bag'ishlangan muhokama yig'ilish o'tkazildi.

💠 Tuman hokimi tomonidan O'zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.Mirziyoyev raisligida o'tkazilgan videoselektor yig'ilishlarida farmasevtika mahsulotlari narxlarining asossiz ravishda oshirilish holatlari kuzatilayotganligi, bu esa o'z navbatida aholining noroziligiga sabab bo'layotganligi, ushbu yo'nalishni tartibga solish yuzasidan berilgan topshiriqlar ijrosi, aholini sifatli va arzon dori-darmon vositalari bilan ta’minlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish va shoshilinch tibbiy yordam xizmat ko'rsatish sifatini yaxshilash bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlarni yanada jadallashtirish, shuningdek, dorixonalarda narxlarning asossiz oshirilish holatlariga yo'l qo'ymaslik lozimligi ta'kidlandi.

🔻 Yig'ilishda tibbiyot birlashmasi shifokorlarining sohaga oid muammolarni bartaraf etish yuzasidan takliflari tinglanib, muammolarni bartaraf etish bo'yicha barcha zaruriy choralar ko'rilishi aytib o'tildi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook  🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев Соғлиқни сақлаш лойиҳалари маркази томонидан амалга оширилаётган ишлар ва янги таклифлар тақдимоти билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией о деятельности и новыми предложениями Центра проектов здравоохранения.

#Mirziyoyev #taqdimot #tibbiyot #sugurta

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Президент Шавкат Мирзиёев тиббиёт муассасаларини жиҳозлаш ва хизматлар сифатини оширишга доир таклифлар тақдимоти билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией предложений по оснащению медицинских учреждений и повышению качества услуг.

#Mirziyoyev #taqdimot #tibbiyot #jihozlash

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tibbiyot

🔺 Tuman tibbiyot birlashmasi shifokorlari ishtirokida hududlarda chuqurlashtirilgan tibbiy ko'riklar o'tkazilmoqda.

▶️ Jarayonlar videolavhada

✉️ Telegram | 📱 Instagram |
📱 Facebook | 🌐 YouTube |
🌎 Web-sayt | 📲 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tibbiyot

Aholi tibbiy ko'rikdan o'tkazildi.

🔹 "Sog'lom avlod uchun" Xalqaro xayriya fondi Toshkent Viloyati hududiy filiali Ko'chma tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi tomonidan Bo'ka tumani 8-oilaviy poliklinikasida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar a'zolari, o'smirlar, bolalar va keksa yoshdagi aholi tibbiy ko'rikdan o'tkazildi.

💠 Shuningdek, bemorlarga xayriya sifatida dori-darmonlar tarqatildi. Tibbiy ko'rik davomida jami 200 nafarga yaqin bemorlarga tibbiy yordam ko'rsatildi. "Reproduktiv salomatlik, yod tanqisligi kasalliklari", "Sog'lom turmush tarzi" mavzulari bo'yicha ma'lumotlar berildi.

✉️ Telegram | 📱 Instagram |
📱 Facebook| 🌐 YouTube |
🌎 Web-sayt | 📲 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tibbiyot
🟦🟦🟦

Tuman
tibbiyot birlashmasiga yangi tibbiy uskunalar olib kelindi.

🔹 Bugun Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan Bo’ka tumani Tibbiyot birlashmasiga yangi turdagi tibbiy uskunalar keltirildi.

🔺 Jumladan, tug’ruq bo’limiga sun’iy nafas olish apparati, chaqaloqlar bo’limiga isitish stoli (kuvez), sun’iy nafas olish apparati va 2 ta kardiomonitor o’rnatildi.

🔺 Endilikda ushbu uskunalar tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan aholiga tibbiy xizmat ko’rsatish sifati yanada oshirilishiga xizmat qiladi.

✉️ Telegram| 📱 Instagram |
📱 Facebook| 🌐 YouTube |
🌎 Web-sayt| 📲 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tibbiyot

Bo‘ka tuman
tibbiyot birlashmasi tug‘ruq bo‘limiga qabul qilingan va hozirda amaliyotda qo‘llanilayotgan tibbiy jihozlar monitoring qilindi.

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-iyuldagi "Sog‘liqni saqlash sohasida ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 5199-sonli qarori asosida “Ishonch 2030” loyihasi chora tadbirlari va yo‘l xaritasi ishlab chiqilgan. “Ishonch 2030” loyihasida Respublikamizdagi barcha tug‘ruq komplekslarini, tug‘ruq bo‘limlarini to‘laqonli va sifatli tibbiy jihozlar bilan ta’minlash rejasi qo‘yilgan. Shu maqsadda  barcha tug‘ruq muassasalari monitoring qilingan va ularning ehtiyojiga qarab zarur zamonaviy tibbiy apparaturalar bilan ta’minlash rejalashtirilgan.

🔻 Ushbu zamonaviy tibbiy jihozlari o‘z navbatida onalar va go‘daklar o‘limini oldini olish, muddatidan oldin tug‘ilgan chaqaloqlarni parvarishlashda muhim ahamiyatga ega. Shu maqsadda Bo‘ka tuman Tibbiyot birlashmasi tug‘ruq bo‘limi “Ishonch 2030” loyihasi asosida 9 xil turdagi 11 ta tibbiy apparatura va jihozlar bilan ta’minlandi.

🔹 Jumladan, chaqaloqlar Neo-term 1, IVL, SIPAP, Narkoz apparati, jarrohlik amaliyoti xonasiga yoritgich lampa, jarrohlik stoli, Kardiomonitor, tug‘ruq krovati va Kardiotoxogramma jihozlari o‘rnatilib, hozirda  to‘liq ish jarayonida qo‘llanilmoqda.

🔹 Kuni kecha Bo‘ka tuman tibbiyot birlashmasi tug‘ruq bo‘limiga qabul qilingan va hozirda amaliyotda qo‘llanilayotgan tibbiy jihozlarni monitoring qilish maqsadida Sog‘liqni Saqlash vazirining Onalik va Bolalikni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari E.Bositxonova, hukumat vakili S.Xodjayeva, Toshkent viloyati Sog‘liqni Saqlash boshqarma boshlig‘ining Onalik va Bolalikni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari F.Rahmatullayeva, Shveytsariya banki, YUNESKO, YUNFPA jahon tashkilotlari vakillari va bir qancha ekspertlar tashrif buyurishdi.

💠 O'rganish davomida tibbiy jihozlarning to‘liq amaliyotda tatbiq etilayotganligi va ularni ona va bola salomatligini muhofaza qilishda katta ahamiyat ega ekanligi ta'kidlandi.

✉️ Telegram| 📱 Instagram|
📱 Facebook| 🌐 YouTube |
🌎 Web-sayt| 📲 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tibbiyot

"Sog'lomlashtirish oyligi" doirasida tibbiy ko'riklar o'tkazilmoqda.


🔻 Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj nogiron yolg'iz va o'zgalar parvarishga muhtoj bemorlarga tezkor va manzilli yordam ko'rsatish maqsadida Bo'ka tumanida "Sog'lomlashtirish oyligi"ga start berildi.

💠 "Bor mehrimiz shu, Vatan shu xalq uchun!" shiori ostidagi ushbu aksiya Bo'ka tumanining G'.Azamatov Oilaviy shifokorlik punktida "Qoraqo'yli", "Beshkapa", "Ibrat" mahalla fuqarolar yig'inidagi kambag'allik reyestriga kiritilgan fuqarolar tibbiy ko'rikdan o'tkazildi.

🔻 Bo'ka tumani Ko'p tarmoqli markaziy poliklinikasidagi tor doiradagi mutaxassislar va oilaviy shifokorlar tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj kambag'allik reyestriga kiritilgan aholi vakillari uchun tibbiy ko'rik tashkil etildi.

🔺 Jami 142 nafar aholi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan bo'lsa, shulardan 74 nafarida turli darajadagi kasalliklar aniqlandi. 1 nafari viloyat miqyosida, 1 nafari tuman tibbiyot birlashmasida, 72 nafari ambulator sharoitda davolanish uchun tavsiya berildi.

✉️ Telegram| 📱 Instagram|
📱 Facebook| 🌐 YouTube |
🌎 Web-sayt| 📲 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tibbiyot

Bo'ka tumani
Tibbiyot birlashmasida ilk bor total endoprotez amaliyoti o'tkazildi

🩺 Kuni kecha Bo'ka tumani Tibbiyot birlashmasida Toshkent viloyatidagi ayrim shahar-tumanlardagina o'tkaziladigan murakkab total endoprotez (shikastlangan yoki yemirilgan bo'g'imlarni sun'iy implant bilan almashtirish) operatsiyasi o'tkazildi.

🔺 BATAFSIL

✉️ Telegram| 📱 Instagram|
📱 Facebook| 🌐 YouTube |
🌎 Web-sayt| 📲 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tibbiyot

Tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va yo'l qo'yilayotgan kamchiliklar muhokama qilindi.

🔸 Bugun tuman tibbiyot birlashmasi majlislar zalida tuman hokimining o’rinbosari O.Djo’rayev boshchiligida tibbiyot birlashmasi shifokorlari, oilaviy poliklinikalar va oilaviy shifokorlik punktlari rahbarlari ishtirokida sohada amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo'yicha ko'rilayotgan chora-tadbirlar, shuningdek davlatimiz rahbari raisligida joriy yilning 7-may kuni o’tkazilgan videoselektor yig’ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

🔻 Yig'ilishda tibbiyot birlashmasi shifokorlarining sohaga oid muammolarni bartaraf etish yuzasidan takliflari tinglanib, muammolarni bartaraf etish bo'yicha barcha zaruriy choralar ko'rilishi aytib o'tildi.

✉️ Telegram| 📱 Instagram |
📱 Facebook| 🌐 YouTube |
🌎 Web-sayt| 📲 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tibbiyot

Shveytsariyaning O'zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Bo‘ka tuman
tibbiyot birlashmasiga tashrif buyurdi.

➡️ BATAFSIL

✉️ Telegram| 📱 Instagram|
📱 Facebook| 🌐 YouTube |
🌎 Web-sayt| 📲 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM