BO'KA TUMANI HOKIMLIGI
3.05K subscribers
22.8K photos
1.93K videos
8 files
7.52K links
Toshkent viloyati Bo'ka tumani hokimligining rasmiy telegram kanali

Instagram: instagram.com/buka_tuman_hokimligi/
Facebook: facebook.com/bokahokimligi/
YouTube: YouTube.com/@buka_tuman_hokimligi/
Web-sayt: www.boka.uz/
Download Telegram
#Korrupsiyaga_qarshi_kurash

✔️ Bo'ka tumani hokimligi katta majlislar zalida tuman hokimi Nizomiddin Abbosov, sektor rahbarlari va korxona tashkilotlar rahbarlari ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish, korrupsiyaning yomon illatlari hamda korrupsiya holatlariga yo'l qo'ygan fuqarolar va davlat xizmatchilariga nisbatan qonunda belgilangan javobgarlik mavjudligi yuzasidan davra suhbati o'tkazildi.

Bo'ka tuman hokimligi Axborot xizmati
#Korrupsiyaga_qarshi_kurash

Korrupsiyaga qarshi kurashish yuzasidan yig'ilish o'tkazildi.

🔹 Bo'ka tumani hokimligi kichik majlislar zalida tuman hokimi v.v.b. Xusan Ashurov, sektorlar va korxona tashkilotlar rahbarlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-yanvardagi Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-81-son Qarori, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining 2023-yil 11-martdagi “Davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan xizmat safarlari, xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlar munosabati bilan olinishi mumkin bo‘lgan sovg‘a qiymati, shuningdek uni tasarruf etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 54-son buyrug‘ining mazmun mohiyati bo‘yicha yig‘ilish o'tkazildi.

🔺 Yig‘ilishda tuman hokimi v.v.b. Xusan Ashurov so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-yanvardagi PQ-81-son Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati yuzasidan hokimlik apparat xodimlari va korxona-tashkilotlar rahbarlariga qisqacha tushunchalar berib o‘tdi.

🚀 Telegram 📷 Instagram
🔵 Facebook 🎬 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#korrupsiyaga_qarshi_kurash

Korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olish yuzasidan o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.

🔸 Bugun Bo'ka tumani hokimi rahbarligida tuman sektor rahbarlari, Jinoyat ishlari bo'yicha Bo'ka tumani sudi raisi, Adliya bo'limi boshlig'i va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar rahbarlari bilan birgalikda korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olish yuzasidan o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi. Unda hokimlik apparat xodimlari, mahalla yettiligi, korxona, tashkilot va muassasa rahbarlari ishtirok etishdi.

💠 Jinoyat ishlari bo'yicha Bo'ka tuman sudi raisi Sh.Abduqodirov tomonidan Toshkent viloyati hokimining "Viloyat hududida korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan tadbirlarni yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoyishiga asosan 13-noyabrdan 13-dekabrgacha viloyatimizda Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” profilaktik tadbiri o'tkazilayotganligi to'g'risida ma'lumot berilib, korrupsiya illatining oqibatlari aniq misollar bilan tushuntirildi.

🔹 Seminarda sektor rahbarlari tomonidan korrupsiya va uning oqibatlari, vujudga kelish tarixi, bugungi xalqaro jamoatchilikning korrupsiyaga qarshi faoliyati va O‘zbekistonda korrupsiyani oldini olish, sodir etilgan jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar, qonunda belgilangan javobgarlik turlari va shu kabi ko‘plab ma’lumotlar o‘qib eshittirildi.

🔸 Shuningdek, bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashish har bir insonning burch va vazifasi bo‘lishi, korrupsiya jamiyat taraqqiyoti uchun to‘siqlardan biri ekanligi, rivojlanishni tanazzulga olib kelishi tahliliy misollar bilan aytib o‘tildi. Bu illatga qarshi nafaqat soha xodimlari, balki barcha barobar kurashishi kerakligi ta’kidlandi.

✉️ Telegram | 📱 Instagram |
📱 Facebook | 🌐 YouTube |
🌎 Web-sayt | 📲 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM