BO'KA TUMANI HOKIMLIGI
3.09K subscribers
23.3K photos
1.98K videos
8 files
7.69K links
Toshkent viloyati Bo'ka tumani hokimligining rasmiy telegram kanali

Instagram: instagram.com/buka_tuman_hokimligi/
Facebook: facebook.com/bokahokimligi/
YouTube: YouTube.com/@buka_tuman_hokimligi/
Web-sayt: www.boka.uz/
Download Telegram
December 28, 2023
#muloqot

Tuman hokimi maktab o'quvchilarining ota-onalari bilan
muloqot o'tkazdi.

🔺 Bugun "Do'stlik" MFY da joylashgan tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga qarashli 3-umumiy o'rta ta'lim maktabi faollar zalida tuman hokimi Baxtiyor Begmatov, hokim o'rinbosari Odil Djo'rayev, tuman Milliy Gvardiya bo'limi boshlig'i Farrux Salimov, tegishli korxona-tashkilotlar rahbarlari va o'quvchilarning ota-onalari ishtirokida muloqot o'tkazildi.

🔺 Kuni kecha O'zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.Mirziyoyev raisligida o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlash, umumiy o'rta ta'lim maktablarida ta'lim olayotgan o'quvchilarning ota-onalari bilan yaqindan muloqot qilish maqsadida bo'lib o'tgan mazkur uchrashuvda tuman hokimi tomonidan bugungi kunda hukumatimiz tomonidan maktab o'quvchilari uchun yaratib berilayotgan imkoniyatlar, o'quv binolarining zamon talablariga mos ravishda jihozlanganligi, har bir o'quvchi yoshlar erkin bilim olishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berilganligi ta'kidlandi.

🔹 Shuningdek, maktablarning ichki muhitini yaxshilash, o'qituvchi va o'quvchilarning ma'naviyatini yanada oshirish, buning uchun ota-onalar va maktab ma'muriyati hamkorlikda ishlashi lozimligi qayd etildi.

🔹 Muloqot yakunida ota-onalar va o'qituvchilar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar tinglandi, savollarga javob berildi va kelgusida yuqorida qayd etilgan yo'nalishlarda o'zaro hamkorlikda ishni tashkil qilishga kelishib olindi.

🚀 Telegram 📷 Instagram
🔵 Facebook 🎬 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
February 8, 2024
#muloqot

Tuman hokimi Parij paralimpiya o'yinlari yo'llanmasini qo'lga kiritgan Izzat Turg'unov xonadonida bo'ldi.


🔸 Bugun tuman hokimi Baxtiyor Begmatov hokim o'rinbosari O.Djo'rayev va Mahallalar uyushmasi Bo’ka tumani bo’limi boshlig’i Z.Obidov bilan birga "Yangiqo'rg'on" mahallasida yashovchi joriy yilda o'tkaziladigan Parij Paralimpiya o'yinlari litsenziyasini qo'lga kiritgan Izzat Turg'unov xonadonida bo'lib, uning ota-onasi bilan yaqindan muloqot qildi.

🔺Tuman hokimi tomonidan Izzat Turg'unovning otasi Abdurashid aka bilan suhbat jarayonida sportchimizning shu darajaga yetib kelishida o'zlarining munosib hissalarini qo'shganliklari, shunday farzandni tarbiyalab kamolga yetkazgani uchun minnatdorchilik bildirib, yurtimiz sharafini xalqaro arenalarda himoya qiladigan sportchilar orasida I.Turg'unovning ham borligi Bo'kaliklar uchun o'zgacha faxr ekanligi aytib o'tildi.

💠 Suhbat yakunida B.Begmatov tomonidan tuman hokimligi sportchimizni har tomonlama moddiy va ijtimoiy qo'llab-quvvatlashga tayyor ekanligi, shuningdek joriy yilda Fransiyaning Parij shahrida o'tkaziladigan paralimpiya o'yinlarida birinchi o'rinni egallab, vatanimiz bayrog'ini baland ko'tarishiga ishonch bildirishi ta'kidlandi.

🚀 Telegram 📷 Instagram
🔵 Facebook 🎬 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
February 8, 2024
February 26, 2024
#muloqot

Tuman hokimi tumandagi maktabgacha ta'lim tashkilotlari rahbarlari bilan uchrashdi.


🔸 Bugun tuman hokimi B.Begmatov tumanda joylashgan maktabgacha ta'lim tashkilotlari rahbarlari va mas’ul mutasaddilari bilan uchrashdi.

🔺 Hokimning tegishli o'rinbosarlari, Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi mas'ullari, muassasa rahbarlari va mas’ul xodimlar ishtirokida o'tgan mazkur uchrashuvda sohada yo'l qo'yilayotgan kamchiliklar va mavjud muammolar tahlil qilindi.

🔹 Shuningdek, muassasa rahbarlari bolalarni sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlanishlarini nazorat qilishlari, tashkilot hududini obodonlashtirishlari ishlarini olib borishlari, ta’lim-tarbiya sifatiga alohida e’tibor qaratishlari lozimligi, tajribali, namunali rahbarlarni nisbatan og’ir holatdagi tashkilotlar rahbarligiga almashtirish (rotatsiya qilish) masalasini ko’rib chiqish bo’yicha alohida topshiriq berildi. Ushbu ishlarni amalga oshirishda tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari O.Djo'rayev tomonidan nazorat tadbirlari olib borilishi, o'z navbatida bu ishlar shaxsan tuman hokimi tomonidan nazorat qilib borilishi aytib o'tildi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
February 29, 2024
March 18, 2024
April 7, 2024
#Muloqot

Xabaringiz bor, viloyatimizda jamoatchilik asosida faoliyat koʻrsatuvchi “Tadbirkorlar kengashi” tuzilgan edi.

Bugun Boʻka tumanida Kengash aʼzolarining navbatdagi muloqoti boʻlib oʻtdi. Tadbirni Kengash raisi Ravshan Joʻrayev olib bordi.

Toshkent viloyatining eng faol tadbirkorlari oʻzaro muloqot qilib, maslahatlashib, hududda biznes muhitni yanada yaxshilash borasida oʻzlarini yangi takliflarini bildirishdi.

Xususan, kichik va oʻrta biznes vakillariga yordam koʻrsatish, zarur axborot bilan taʼminlash orqali viloyatda mavjud ish oʻrnini karrasiga koʻpaytirish imkoniyati borligi taʼkidlandi.

Tadbirlar Kengashining yigʻilishida Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etdi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
September 3, 2024
September 30, 2024
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Muloqot #Общение

Zoyir Mirzayevning mehnat migrantlari bilan onlayn muloqoti qanday boʻldi?
_____

Как прошла онлайн-беседа Зойира Мирзаева с трудовым мигрантами?


📱 Instagram | 📱 Twitter | 🌐YouTube📱 Facebook  | 🕊Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
October 22, 2024
December 5, 2024
December 11, 2024
December 17, 2024
December 19, 2024
December 24, 2024
January 27