#bayram_shukuhi
🟦 🟦 🟦
Bo'kada Navro'zi olam shodiyonalari keng nishonlandi.
🌸 Ezgulik, muhabbat, xayr-sahovat, muruvvat, yangilanish va yasharish ayyomi qalblarga surur, olam-olam quvonch va yangi-yangi orzu-havaslar baxsh etadigan, xalqimizga xos qadimiy qadriyat hisoblangan “Navro‘z” umumxalq bayrami Bo'ka tumanida ham juda ajoyib tarzda o‘tkazildi.
🔹 Azaliy urf-odatlarimizga muvofiq dasturxon bezatildi. Bahoriy taomlar, shirmoy kulchalar-u patirlar, doshqozonlarda tayyorlangan sumalak dasturxonlarga tortildi. Bahoriy go‘zallikka mos qizlar o‘zbekona odatlarga binoan kelin salomlar qildilar.
🔺 Sayilda turli millatlarning badiiy chiqishlari, sport o‘yinlari, laparu aytishuvlar, ayniqsa, o‘lmas qadriyatlarimizni namoyish etishga keng o‘rin berildi. Keksalar to‘kin dasturxon atrofida o‘tirib, yurtimiz tinchligi, farzandlarimiz omonligi, dehqonchiligimiz barakasi uchun duoga qo‘l ochdilar.
🔸 Asosiy bayram tadbirini nishonlash uchun tuman jamoatchiligi vakillari, mehmonlar maxsus sahna oldiga yig‘ildilar. Tuman hokimi B.Begmatov qadimiy va go‘zal bayram – Navro‘zi olam bilan barchani samimiy tabrikladi.
🔺 Sahnada tumandagi badiiy havaskorlik jamoalari, folklor-etnografik ansambllari, bolalar musiqa va sanʼat maktablari o‘quvchilarining chiqishlari, shuningdek, el arog‘idagi sanʼatkorlar tomonidan ijro etilgan ajoyib taronalar, ona-Vatanni, tinchlik, obod va ozod yurtimizni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar barchaga quvonch ulashdi.
🔺 Bayram tadbiri davomida milliy kurash, shaxmat-shashka musobaqalari o‘tkazilib, g‘olib va sovrindorlar taqdirlandi.
✉️ Telegram | 📱 Instagram|
📱 Facebook| 🌐 YouTube |
🌎 Web-sayt | 📲 X
Bo'kada Navro'zi olam shodiyonalari keng nishonlandi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bayram_shukuhi
🟦 🟦 🟦
Bo'kada Navro'zi olam shodiyonalari keng nishonlandi.
▶️ Batafsil videolavhada
✉️ Telegram | 📱 Instagram|
📱 Facebook| 🌐 YouTube |
🌎 Web-sayt | 📲 X
Bo'kada Navro'zi olam shodiyonalari keng nishonlandi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bayram
16-Ixtisoslashtirilgan Davlat umumta’lim maktabida Navro’z bayrami keng nishonlandi.
🔺 Boʻka tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi tasarrufidagi 16-Ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida "Qadriyatlaring boqiy boʻlsin, Navroʻz!" shiori ostida bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.
💠 21-mart Navroʻz umumxalq bayrami munosabati bilan oʻtkazilgan tadbirda maktab maʼmuriyati, oʻqituvchilar, oʻquvchilar va ota-onalar hamda Xalq deputatlari Bo’ka tumani Kengashi deputatlari ishtirok etdilar.
🌸 Yangi kun, yangi umid va yangi orzular fasli bo'lmish Navroʻz bayramida oʻquvchilar sheʼrlar, kuy-qoʻshiqlar, sahna koʻrinishlari namoyish etildi.
🌳 "Yashil makon" loyihasi doirasida deputatlar tomonidan mevali daraxt koʻchatlari ekilib, "Deputatlar bogʻi" barpo etildi.
✉️ Telegram | 📱 Instagram|
📱 Facebook| 🌐 YouTube |
🌎 Web-sayt | 📲 X
16-Ixtisoslashtirilgan Davlat umumta’lim maktabida Navro’z bayrami keng nishonlandi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bayram
🟦 🟦 🟦
"Do‘stlik va hamjihatlik ulug'langan yurt!" shiori ostida bayram tadbiri o'tkazildi.
🔸 Bugun Bo'ka tumanining Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh hududida joylashgan "O'rtatepa" mahallasida yurtimizdagi tinchlik, totuvlik va millatlararo hamjihatlikni ulug‘lovchi muhim tadbir bo‘lib o‘tdi.
🎗 “Do‘stlik va hamjihatlik ulug‘langan yurt!” shiori ostida tashkil etilayotgan shu kabi ma’naviy-ma’rifiy va madaniy tadbirlar xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
📑 Azal-azaldan xalqimiz mehr-oqibat, ahillik va birodarlik tamoyillariga tayanib yashagan. Bugun o’tkazilgan tadbir ham ana shu qadriyatlarning amaliy isboti bo‘lib, turli millat va elat vakillari o‘rtasidagi birdamlik, o‘zaro hurmat va madaniy aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan.
🔺 Mazkur tadbirda tuman hokimi B.Begmatov tomonidan yurtimizda turli millat vakillari hamjihatlikda yashab kelayotganligi, "O'zbekiston umumiy uyimiz" degan ezgu g'oya asosida xalqlar do'stligini yanada mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, yurtboshimiz tomonidan olib borilayotgan oqilona siyosatning asosiy yo'nalishlaridan biri ham aynan millatlararo hamjihatlikni mustahkamlashga qaratilganligi ta'kidlab o'tildi.
➡️ Tadbirda tuman Madaniyat bo'limi xonandalari va umumta'lim maktablari o'quvchilari tomonidan milliy madaniyatimizning betakror namunalari namoyish etildi.
Shuningdek, futbol, voleybol, belbog'li kurash, shaxmat-shashka, stol tennisi kabi sport turlaridan musobaqalar, varrak uchirish, o'rtaga tushar, arqon tortish kabi milliy o'yinlar tashkil etildi.
Do‘stlik va hamjihatlik bardavom bo‘lsin!
✉️ Telegram | 📱 Instagram|
📱 Facebook| 🌐 YouTube |
🌎 Web-sayt | 📲 X
"Do‘stlik va hamjihatlik ulug'langan yurt!" shiori ostida bayram tadbiri o'tkazildi.
Shuningdek, futbol, voleybol, belbog'li kurash, shaxmat-shashka, stol tennisi kabi sport turlaridan musobaqalar, varrak uchirish, o'rtaga tushar, arqon tortish kabi milliy o'yinlar tashkil etildi.
Do‘stlik va hamjihatlik bardavom bo‘lsin!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM