Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ijtimoiy_himoya
❓ 2024-yil 1-yanvardan ijtimoiy to'lovlar yo'nalishida qaysi nafaqalar Agentlikka o'tkaziladi?
❓ Ushbu nafaqalarni olish uchun arizachi qayerga murojaat qilishi kerak?
❓ Nafaqa to'lashda "Inson" markazlarini roli va maqsadi qanday?
Ushbu savollarga video orqali batafsil javob olasiz.
✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
Ushbu savollarga video orqali batafsil javob olasiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ijtimoiy_himoya
Ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari yozgi oromgohlarga kuzatildi.
🔺 Bo'ka tumanidagi mahallalarda istiqomat qiluvchi boquvchisini yo'qotgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari O'zbekiston Mahallalar Uyushmasi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan Bo'stonliq tumanidagi bolalar sog'lomlashtirish oromgohiga jo'natiladi.
🔸 Bolalarni O'zbekiston Mahallalar Uyushmasi Bo'ka tumani bo'limi boshlig'i Z.Obidov hamda ma'sul xodimlar kuzatib qo'yishdi.
🌐O'ZBEKISTON MAHALLALAR UYUSHMASI BO'KA TUMAN BO'LIMI
Ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari yozgi oromgohlarga kuzatildi.
🌐O'ZBEKISTON MAHALLALAR UYUSHMASI BO'KA TUMAN BO'LIMI
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ijtimoiy_himoya
Prezidentning ijtimoiy himoya masalalari bo'yicha maslahatchisi Bo'ka tumanida bo'ldi.
🔸 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy masalalar bo'yicha maslahatchisi - Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori Mansurbek Olloyorov Bo'ka tumanida bo'lib, "mahalla yettiligi", jumladan mahallalarda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qo'llab-quvvatlash, ularni kambag’allikdan chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
🔸 Dastlab, tuman hokimi B.Begmatov, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktori M.Ubaydullayev, 2-sektor rahbari B.Yuldashev, mas'ul tashkilotlar rahbarlari ishtirokida 27-Ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida "mahalla yettiligi" vakillari, shuningdek "Xo'jaqo'rg'on" mahallasi hokim yordamchisi tomonidan aholini kambag'allikdan chiqarish, ishsiz fuqarolarning bandligini ta'minlash kabi yo'nalishlardagi faoliyati yuzasidan hisobotlari tinglandi.
🔹 Shundan so'ng, mahalla drayveridan kelib chiqqan holda tomorqasida issiqxona tashkil etilgan Fozil Ziyovuddinovning xonadonida bo'lib, o’z tajribasini qo’shnilarining xonadonlarida ham tatbiq etish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko'zdan kechirildi.
🔹 O'rganish davomida mahalla hududida joylashgan "Hilol Tekstil" MChJ da mahalladagi ishsiz xotin-qizlarni "Ustoz-shogird" an'analari asosida ishga jalb qilish imkoniyatlari tahlil qilindi.
🔹 Shuningdek, dukkakli don mahsulotlarini qayta ishlash faoliyati bilan shug'ullanuvchi "Oltin Don" MChJ da bo'lib, ishsiz aholiga berilgan yerlarda yetishtirilgan mahsulotlarni bozor narxlarida sotib olish, bu orqali fuqarolarni ortiqcha ovoragarchiliklarsiz yetishtirgan mahsulotlariga xaridor topish bilan birgalikda, korxona faoliyatini yanada kengaytirishiga imkon yaratilishi ta'kidlandi.
🔹 Shuningdek, "Xo'jaqo'rg'on" va "Quldiroq" mahallalarida yashovchi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar olinib, ularni kambag'allikdan chiqarish bo'yicha qanday instrumentlarni qo'llash orqali daromadlarini oshirish yo'llari bilan tanishdi. Ularning muammolarini ijobiy hal etish bo'yicha mas'ullarga topshiriq berildi.
🔹 Umuman olganda, mavjud imkoniyatlardan to'liq foydalangan holda ishsiz aholi vakillarini, jumladan ijtimoiy reyestrda turuvchi oilalarning sof daromadlarini oshirish yo'llari, tumanni kambag’allikdan holi hududga aylantirish haqida tavsiyalar berildi.
✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Prezidentning ijtimoiy himoya masalalari bo'yicha maslahatchisi Bo'ka tumanida bo'ldi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ijtimoiy_himoya
Prezident maslahatchisi va Toshkent viloyati hokimi Bo'ka tumanida bo'ldi.
🔸 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy masalalar bo'yicha maslahatchisi - Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori Mansurbek Olloyorov va Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Bo'ka tumanida bo'lib, "mahalla yettiligi" tomonidan mahallalarda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qo'llab-quvvatlash, ularni kambag’allikdan chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
🔻 Dastlab, "Ezgulik" mahallasi binosida shu hududda joylashgan mahallalar yettiligi tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qo'llab, quvvatlash, ishsiz fuqarolarning bandligini ta'minlash va ularni kambag'allikdan chiqarish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar to'g'risida ma'lumot berildi.
🔹 Shuningdek, yirik korxonalar tomonidan yangi ish o'rinlarini yaratish, bunda asosan ijtimoiy himoyaga muhtoj oila vakillarini ishga qabul qilish, faoliyatini yanada kengaytirish bo'yicha yangi loyihalar taqdimoti o'tkazilib, o'zaro fikr almashildi.
🔸 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha vakil D.Kasimov, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktori M.Ubaydullayev, viloyat hokimining birinchi o'rinbosari E.Muhitdinov, tuman hokimi B.Begmatov, sektor rahbarlari, viloyat va tuman hokimining o'rinbosarlari, mas'ul tashkilotlar rahbarlari ishtirokida "Ezgulik" mahallasida yashovchi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar olinib, ularni kambag'allikdan chiqarish bo'yicha amaliy yordam berish va bu orqali ularning daromadlarini oshirish yo'llari bilan tanishdi. Ularning muammolarini ijobiy hal etish bo'yicha mas'ullarga topshiriq berildi.
🔹 Mavjud imkoniyatlardan to'liq foydalangan holda ishsiz fuqarolarning bandligini ta'minlash, shuningdek ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, umuman olganda tumanni kambag’allikdan holi hududga aylantirish bo'yicha qator masalalar muhokama qilindi.
✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Prezident maslahatchisi va Toshkent viloyati hokimi Bo'ka tumanida bo'ldi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM