#ijtimoiy_himoya
Prezidentning ijtimoiy himoya masalalari bo'yicha maslahatchisi Bo'ka tumanida bo'ldi.
🔸 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy masalalar bo'yicha maslahatchisi - Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori Mansurbek Olloyorov Bo'ka tumanida bo'lib, "mahalla yettiligi", jumladan mahallalarda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qo'llab-quvvatlash, ularni kambag’allikdan chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
🔸 Dastlab, tuman hokimi B.Begmatov, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktori M.Ubaydullayev, 2-sektor rahbari B.Yuldashev, mas'ul tashkilotlar rahbarlari ishtirokida 27-Ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida "mahalla yettiligi" vakillari, shuningdek "Xo'jaqo'rg'on" mahallasi hokim yordamchisi tomonidan aholini kambag'allikdan chiqarish, ishsiz fuqarolarning bandligini ta'minlash kabi yo'nalishlardagi faoliyati yuzasidan hisobotlari tinglandi.
🔹 Shundan so'ng, mahalla drayveridan kelib chiqqan holda tomorqasida issiqxona tashkil etilgan Fozil Ziyovuddinovning xonadonida bo'lib, o’z tajribasini qo’shnilarining xonadonlarida ham tatbiq etish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko'zdan kechirildi.
🔹 O'rganish davomida mahalla hududida joylashgan "Hilol Tekstil" MChJ da mahalladagi ishsiz xotin-qizlarni "Ustoz-shogird" an'analari asosida ishga jalb qilish imkoniyatlari tahlil qilindi.
🔹 Shuningdek, dukkakli don mahsulotlarini qayta ishlash faoliyati bilan shug'ullanuvchi "Oltin Don" MChJ da bo'lib, ishsiz aholiga berilgan yerlarda yetishtirilgan mahsulotlarni bozor narxlarida sotib olish, bu orqali fuqarolarni ortiqcha ovoragarchiliklarsiz yetishtirgan mahsulotlariga xaridor topish bilan birgalikda, korxona faoliyatini yanada kengaytirishiga imkon yaratilishi ta'kidlandi.
🔹 Shuningdek, "Xo'jaqo'rg'on" va "Quldiroq" mahallalarida yashovchi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar olinib, ularni kambag'allikdan chiqarish bo'yicha qanday instrumentlarni qo'llash orqali daromadlarini oshirish yo'llari bilan tanishdi. Ularning muammolarini ijobiy hal etish bo'yicha mas'ullarga topshiriq berildi.
🔹 Umuman olganda, mavjud imkoniyatlardan to'liq foydalangan holda ishsiz aholi vakillarini, jumladan ijtimoiy reyestrda turuvchi oilalarning sof daromadlarini oshirish yo'llari, tumanni kambag’allikdan holi hududga aylantirish haqida tavsiyalar berildi.
✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Prezidentning ijtimoiy himoya masalalari bo'yicha maslahatchisi Bo'ka tumanida bo'ldi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from BO'KA TUMANI MAHALLALAR UYUSHMASI
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mahallalaruyushmasi
#obodlikda_fayz_bor
#hashardahikmatbor
📻"Mahalla obod - yurt obod"
✅ Bo'ka tumanida bo'lib o'tayotgan umumxalq xayriya hashari doirasida Jag'albayli mahallasida bolalar maydonchasi qurib bitkazildi.
✅O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi Quronboyev Qahramon Qo‘chqorovich jaroyon bilan onlayn video aloqa korinishda tanishdi.
🌐O'ZBEKISTON MAHALLALAR UYUSHMASI BO'KA TUMAN BO'LIMI
#obodlikda_fayz_bor
#hashardahikmatbor
📻"Mahalla obod - yurt obod"
✅ Bo'ka tumanida bo'lib o'tayotgan umumxalq xayriya hashari doirasida Jag'albayli mahallasida bolalar maydonchasi qurib bitkazildi.
✅O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi Quronboyev Qahramon Qo‘chqorovich jaroyon bilan onlayn video aloqa korinishda tanishdi.
🌐O'ZBEKISTON MAHALLALAR UYUSHMASI BO'KA TUMAN BO'LIMI
#Xalq_deputatlari
#Sessiya
📍 Kuni kecha Xalq deputatlari Bo'ka tuman Kengashining navbatdagi VI-chaqiriq 99-sessiyasi bo'lib o'tdi.
🟢 Tuman Kengashi deputatlari, hokim o'rinbosarlari va tegishli korxona-tashkilotlar rahbarlari ishtirokida o'tgan sessiya kun tartibiga muvofiq
🔸 O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatligiga saylov o'tkazuvchi uchastka saylov komissiyalari a'zoligiga nomzodlarni tavsiya etish;
🔸 Tumandagi fermer xo'jaliklari va yer egalariga ajratib berilgan yer maydonlaridan foydalanish holati;
🔸 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-apreldagi "2022-2026-yillarda Toshkent viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi 228-sonli qarorining ijrosi yuzasidan 4-sektor rahbari Sh.Xazratovning hisoboti;
🔸 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi "Oila va xotin-qizlar tizimli qo'llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-87-son farmoni ijrosi;
🔸 Oila va xotin-qizlar bo'limi tomonidan oilaviy ajrimlarning oldini olish va gender tengligini ta'minlash kabi masalalar yuzasidan olib borilayotgan ishlar holati;
🔸 Bo'ka tumani mahalliy byudjetining 2024-yil 2-chorak yakuni bilan daromadlar rejasining ortig'i bilan bajarilgan qismi hisobidan mablag' ajratish;
🔸 Xalq deputatlari Bo'ka tumani Kengashi kotibiyatining ichki mehnat tartib qoidalarini tasdiqlash;
🔸 Tumandagi Madaniyat bo’limlarining moddiy texnik bazasini yaxshilash va Tibbiyot muassasalarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash uchun mablag’ ajratish to'g'risidagi masalalar ko'rib chiqildi.
🔹 Kun tartibidagi masalalar yuzasidan mas'ullarning hisobotlari tinglandi hamda tegishli Kengash qarorlari qabul qilindi.
✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
#Sessiya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
BO'KA TUMANI HOKIMLIGI
Hurmatli tumandoshlar va tumanimiz mehmonlari.
Bayram tadbiri mehmoni sifatida estradamizning yorqin yulduzlaridan Ravshan Komilov, Abdurashid Yo’ldoshev, “Sahar” guruhi va boshqa sirli san'atkorlar tashrif buyurishi kutilmoqda.
Barchangizni bayram tadbirida kutib qolamiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM