BO'KA TUMANI HOKIMLIGI
3.03K subscribers
22.6K photos
1.93K videos
8 files
7.47K links
Toshkent viloyati Bo'ka tumani hokimligining rasmiy telegram kanali

Instagram: instagram.com/buka_tuman_hokimligi/
Facebook: facebook.com/bokahokimligi/
YouTube: YouTube.com/@buka_tuman_hokimligi/
Web-sayt: www.boka.uz/
Download Telegram
#huquqiy_axborot

Kam ta'minlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlashga onlayn ariza berish mumkin.


🔹 Endilikda kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlashga onlayn ariza berish mumkin. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portal, my.gov.uz orqali ko‘rsatiladigan ushbu xizmatdan kam ta’minlangan, jumladan, oilasida 18 yoshgacha farzandi bor ijtimoiy nafaqa olish istagida bo‘lgan talabgorlar foydalanishi mumkin.

Bolalar nafaqasi 12 oy (bola 18 yoshga to‘lgangacha), moddiy yordam 6 oy muddatga to‘lanadi. Bolalar nafaqasi va moddiy yordam miqdorlari qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan.

🔹 Talabgorlar ushbu xizmatdan foydalanish uchun:
1️⃣ my.gov.uz da ro‘yxatdan o‘tishi;
2️⃣ tegishli xizmatni tanlashi;
3️⃣ undagi so‘rovnomani to‘ldirishi va yuborishi kerak.

Xizmatdan foydalanish bepul. Ariza “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi tomonidan o‘rganiladi. Bunda ariza beruvchi oilasining har bir a’zosiga to‘g‘ri keladigan daromad miqdori aniqlanadi va belgilangan mezonlarga mosligi solishtiriladi. Shundan so‘ng ijtimoiy nafaqani tayinlash yoki tayinlashni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. Va ariza javobi my.gov.uz orqali yuboriladi.

🔺 Mazkur xizmat O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan ko‘rsatiladi.

Bo‘ka tuman Adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi direktori K.Askarov

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#huquqiy_axborot

Pedagog kadrlarni kasbiy sertifikatlash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatiladi.


🟡 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlash bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida"gi 2024-yil 12-fevraldagi 87-son qarori tasdiqlandi.

🔸 Unga ko‘ra, pedagogik kasbga birinchi marta ishga qabul qilinadigan oliy maʼlumotli talabgorlar stajyor-o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritadi va ular ishga qabul qilingan vaqtdan boshlab 1 yil muddat davomida kasbiy sertifikatga ega bo‘lishi talab etiladi.

🔹 Kasbiy sertifikatlash jarayoniga talabgor o‘z muddatida jalb etilishi uchun u faoliyat ko‘rsatayotgan davlat umumiy o‘rta taʼlim tashkilotining rahbari masʼul hisoblanadi. Talabgor nazorat sinovida qatnashish uchun so‘rovnomani davlat xizmatlari markazlariga shaxsan borib yoki YIDXP (my.gov.uz)da to‘ldirgan holda ro‘yxatdan o‘tadi.

🟢 Birinchi marta kasbiy sertifikat olish bo‘yicha nazorat sinovida ishtirok etish uchun talabgordan to‘lov undirilmaydi. Kasbiy sertifikat olish uchun nazorat sinovi qoida tariqasida, har yili mart – may oylarida test shaklida o‘tkaziladi.

🔺 Nazorat sinovi natijasi bo‘yicha 56 va undan yuqori ball to‘plagan talabgor nazorat sinovidan o‘tgan hisoblanadi va elektron shakldagi sertifikat uning shaxsiy kabinetiga yuboriladi. Navbatdan tashqari nazorat sinovida ishtirok etib, yetarli ball to‘play olmagan talabgor bilan tuzilgan mehnat shartnomasi mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda bekor qilinadi.

🔸 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida pedagog kadrlarga malaka toifasini berishning yangi tartibi joriy qilinishi 2024-yildan boshlab o‘tkazilishi belgilangan.

Bo‘ka tumani Adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi sho‘ba boshlig‘i Sh.Akbarov


✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#huquqiy_axborot

"Ko'korol" mahallasida "mahalla yettiligi" va aholi bilan uchrashuv o'tkazildi.


🔺 Kuni kecha Boʻka tuman Davlat xizmatlari markazi boshligi K.Askarov ishtirokida “Koʻkorol” mahallasidagi “mahalla yettiligi” bilan uchrashuv oʻtkazilib, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-son "Ma’muriy islohotlari doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to’g’risida”gi farmoni mazmun mohiyati, unda koʻzlangan maqsad haqida batafsil tushuntirish berildi.

🔺 Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 312-sonli “Yoshlar muammolarini oʻrganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi yuzasidan “Koʻkorol” MFYda yashovchi yoshlarga ajratilgan yer maydonlaridan foydalanayotgan 5 nafar yoshlar bilan uchrashib, muammolari oʻrganildi va huquqiy tushuntirish berildi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM