BO'KA TUMANI HOKIMLIGI
3.05K subscribers
22.4K photos
1.91K videos
8 files
7.38K links
Toshkent viloyati Bo'ka tumani hokimligining rasmiy telegram kanali

Instagram: instagram.com/buka_tuman_hokimligi/
Facebook: facebook.com/bokahokimligi/
YouTube: YouTube.com/@buka_tuman_hokimligi/
Web-sayt: www.boka.uz/
Download Telegram
#Xushxabar
#Yangi_tanlov
#Yangi_yutuqlar

MUNISANING IRODALI G‘ALABASI!

🎓Nurafshon shahridagi viloyat “Yoshlar markazi” binosida Innovatsion rivojlanish Vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi, Yoshlar ishlari Agentligi, O'zbekiston Respublikasi iste'dodli yoshlarni qo'llab-quvvatlash "Ulug'bek" jamg'armasi tomonidan “Mirzo Ulug’bek vorislari” Respublika tanlovining Toshkent viloyati bosqichi o’tkazildi.

📊Ikki kun davomida o’tkazilgan tanlovda Bo’ka tumani 2-umumiy o’rta ta’lim maktabi 10-sinf o’quvchisi – Tojiboyeva Munisabonu Abduraxmon qizi munosib ishtirok etib, g’oliblikni qo’lga kiritdi.

🟣M.Tojiboyevaga joriy yilning may oyida o‘tkaziladigan tanlovning Respublika bosqichida omad va muvaffaqiyat tilaymiz!
#Xushxabar

Boʻka va Piskent tumanida birinchilardan boʻlib, pilla rejasi bajarildi

Boʻka tumani pillakorlari tomonidan bu yil 3636 quti ipak qurti parvarishlandi, 215,1 tonna “kumush tola” yetishtirilib, viloyatda birinchilardan boʻlib rejani bajardi.

Taʼkidlash joizki, tumandagi 556 ta fermer xoʻjaliklari va 651 nafar kasanachilar bilan “Tashkent Silk Pro” MCHJ korxonasi oʻrtasida pilla yetishtirish boʻyicha shartnomalar hamda fermer xoʻjaliklari bilan 3391 nafardan ziyod qurt boquvchilar oʻrtasida ichki mehnat shartnomalari tuzildi.

Tuman boʻyicha qoʻshimcha yana 19 tonna pilla yetishtirish va rejani ortigʻi bilan bajarish yuzasidan zarur choralar koʻrilmoqda.

Piskent tumani boʻyicha ham joriy yilda 2840  quti ipak qurti parvarishlandi. Bugun tuman pillakorlari 168, 1 tonna  davlat shartnoma rejasini uddaladi. Jarayonda 6 ming 130 nafar yoshlar ishtirok etdi. Yosh pillakorlarga bosh agronom Sanobar Joʻrayeva oʻz tajribalarini ayamadi.

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xushxabar #Good_news #Xорошаяновость

Viloyatda pilla rejasi bajarildi

 👉 Batafsil
_
____

The cocoon(silkworm) plan was completed in the region

👉 In detail
__
_

В области выполнен план по сдаче коконов шелкопряда

👉 Подробно

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xushxabar

Yurtdoshlarimiz “Aybin” harbiy-vatanparvarlik yo’nalishidagi musobaqada 2-o’rinni egallashdi.

🔺 Avval xabar berganimizdek, ikki yildan buyon xalqaro davlatlarning yoshlar tashkilotlari o‘rtasida “Aybin” harbiy-vatanparvarlik yo‘nalishidagi harbiy musobaqalar Qozog‘iston Respublikasining Olmaota shahrida bo‘lib o‘tayotgan edi.

🔺 Bu yil ham O‘zbekiston terma jamoasining “Vatan tayanchi” otryad aʼzolari 8 davlat 42 jamoat orasida faxrli 2-o‘rinni egalladilar. Barcha jamoat aʼzolari hamda Respublikamizning barcha “Vatan tayanchi” otryad rahbari va aʼzolarini ushbu yutuq bilan tabriklaymiz.

Maʼlumot uchun jamoaga Toshkent viloyati Toshkent tumanidagi 9-Maktab Chaqiriqqa qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani (CHQBT) Shuxrat Saidmuratov hamda Bo‘ka tumanidan “Vatan tayanchi” otryad aʼzosi Husan Muborakev ishtiroklar ishtirok etdi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xushxabar

Kambag‘al oilalarga foizsiz kredit beriladi

🟢Kambag‘al oilalarga 30 million so‘mgacha uskuna, ko‘chma do‘kon (fud-trak), motoroller, skuter kabi vositalar 5 yilda bo‘lib to‘lash sharti bilan beriladi.

🔗Kambag‘al oila farzandlariga kompyuter sotib olish uchun 5 yilga 2 yillik imtiyozli davr bilan foizsiz kredit ajratiladi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xushxabar

To‘lov-kontrakt mablag‘larini to‘lash muddati 1-dekabrga qadar uzaytirildi

💠Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan, 2024/2025-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining quyidagi bakalavriat hamda magistratura talabalari uchun to‘lovlarni amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning muddati joriy yilning 1-dekabr sanasiga qadar (shu kuni ham) uzaytirildi:

💠bazaviy yoki tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar (1-bosqich);

💠PF–213-son (31.08.2022 y.) Farmoni asosida qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun ajratilgan qo‘shimcha qabul kvotalariga talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar (1-bosqich);

💠o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan) talabalar.

Bunda:

💠qabul parametri doirasida o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar bazaviy to‘lov-kontrakt shaklida bir yillik o‘qitish qiymatining kamida 25 foizi miqdorida;

💠tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (super) asosida o‘qish istagini bildirganlar, ular uchun belgilangan bir yillik o‘qitish qiymatining kamida 50 foizi miqdoridagi to‘lovlarni amalga oshirishi lozim.

🔺Eslatma: amaldagi tartibga ko‘ra, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini to‘lash muddati OTM rahbari tomonidan uzaytirilishi mumkin.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM