BO'KA TUMANI HOKIMLIGI
3.05K subscribers
22.9K photos
1.95K videos
8 files
7.57K links
Toshkent viloyati Bo'ka tumani hokimligining rasmiy telegram kanali

Instagram: instagram.com/buka_tuman_hokimligi/
Facebook: facebook.com/bokahokimligi/
YouTube: YouTube.com/@buka_tuman_hokimligi/
Web-sayt: www.boka.uz/
Download Telegram
#2024_yil_1_iyundan

βœ… Qonunchilikka ko'ra, mehnat migratsiyasidan qaytgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga har bir ishga olingan xodim uchun 12 oy davomida oyiga 500 ming so'mdan subsidiya to'lanadi.

❕Bundan byudjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo'lgan yuridik shaxslar mustasno.


πŸ”˜Bunda:

πŸ”Ήsubsidiya 2024-yil 1-iyundan 2026-yil 1-yanvarga qadar ishga qabul qilingan shaxslarga nisbatan to'lanadi;

πŸ”Ήmehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxs bilan tuzilgan va Yagona milliy mehnat tizimida ro'yxatdan o'tkazilgan mehnat shartnomasi subsidiya to'lash uchun asos bo'lib hisoblanadi;

πŸ”Ήmehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslar deb xorijda 3 va undan ortiq oy mobaynida mehnat faoliyati bilan shug'ullanib, yashash manziliga qaytib kelganligiga bir yildan ko'p vaqt bo'lmagan shaxslar tushuniladi.

βœ‰οΈ Telegram πŸ“± Instagram
πŸ“± Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#2024_yil_1_iyundan

πŸ”°Qonunchilikka ko'ra, β€œmahalla yettiligi” tavsiyasi asosida Kambag'allikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo'lgan shaxslarga ipoteka kreditlarini ajratish amaliyoti joriy etiladi.

πŸ”˜Bunda:

βž–ipoteka kreditlari 120 million so'mgacha miqdorda, 20 yilgacha muddatga, Markaziy bankning asosiy stavkasidan to'rt foiz bandga yuqori stavkada yakka tartibdagi uy-joyni qurish, rekonstruksiya qilish va ta'mirlash maqsadlari uchun ajratiladi;

βž–ipoteka krediti bo'yicha dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun – ajratiladigan kreditning 15 foizi miqdorida hamda foiz to'lovlarining bir qismini qoplash uchun – kredit muddatining birinchi 5 yili davomida 12 foizdan oshgan qismiga subsidiya to'lanadi.

βœ‰οΈ Telegram πŸ“± Instagram
πŸ“± Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM