BO'KA TUMANI HOKIMLIGI
3.02K subscribers
22.6K photos
1.93K videos
8 files
7.46K links
Toshkent viloyati Bo'ka tumani hokimligining rasmiy telegram kanali

Instagram: instagram.com/buka_tuman_hokimligi/
Facebook: facebook.com/bokahokimligi/
YouTube: YouTube.com/@buka_tuman_hokimligi/
Web-sayt: www.boka.uz/
Download Telegram
#yer_soligi
#bilasizmi

1-may joriy yil uchun qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar boʻyicha yer soligʻi hisobotini yer uchastkasi joylashgan yerdagi soliq organiga taqdim etishning oxirgi kuni.
👉 Soliq kodeksi 431-modda

2023-yil uchun
▫️qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlar boʻyicha yer solig'ini hisoblash uchun 10503_11 sonli hisobot shakli my.soliq.uz portaliga joylashtirilgan;
▫️hisobot shakliga 2-ilova qo‘shildi.
Ushbu ilovada soliq to‘lovchi tomonidan yer uchastkalariga joylashtirilgan ekin turlari to‘g‘risidagi maʼlumotlar soliq to‘lovchilar tomonidan mustaqil to‘ldiriladi.

📖Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig'i soliq hisobot shaklini to'ldirish bo'yicha qo'llanma

Mazkur soliq hisoboti qishloq xo‘jaligi vazirligining “O‘zdavyerloyiha” ilmiy-loyiha instituti ma’lumotlari asosida avtomatik tarzda hisoblab chiqariladi.
👉 VMQ-235 son 18.08.2014

Ma'lumot uchun, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar uchun soliq stavkalari qishloq xo‘jaligi ekinzorlarining normativ qiymatiga nisbatan 0,95 % miqdorda belgilanadi.
👉 Soliq kodeksi 429-modda

🔹Soliq toʻlash muddati:
▫️hisobot yilining 1-sentabriga qadar — yillik soliq summasining 30 foizi;
▫️hisobot yilining 1-dekabriga qadar — soliqning qolgan summasi.
👉 Soliq kodeksi 432-modda

🔍Soliq to‘lovchilar yer uchastkalarining normativ qiymati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Soliq qo‘mitasining www.soliq.uz rasmiy sayti orqali ham ko‘rishlari mumkin.

👉 2023-yilda yer soligʻi boʻyicha qonunchilikdagi o‘zgarishlar
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mol_mulk_soligi #yer_soligi

Jismoniy shaxslar yer va mol-mulk soligʻini teng ikkiga boʻlgan holda, yarmini 15-aprelgacha qolgan yarmini 15-oktabrga qadar toʻlashi belgilangan

📩 Soliq toʻlovchilarga qulaylik yaratish maqsadida ularning uyali telefonlariga 15-oktabrgacha toʻlashi lozim boʻlgan yer va mol-mulk soliqlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar SMS koʻrinishida yuborilmoqda.

❗️Agar 15-aprelgacha toʻlanishi lozim boʻlgan summa toʻlanmagan boʻlsa u qarzdorlik sifatida alohida koʻrsatilgan.

SMS ostida "Batafsil" hamda "Toʻlash" yozuvi bor."Batafsil" yozuvi orqali toʻlov xabarnomasi yuklab olinadi. Xabarnomadan obyekt manzili, maydoni, kadastr qiymati, soliq stavkasi, summasi, soliq organi masʼul xodimi aloqa raqami va boshqa maʼlumotlar oʻrin olgan.

📲"Toʻlash" yozuvi bosilganda esa “Soliq” mobil ilovasi joylangan platforma ochiladi. Agar ilova foydalanuvchi qurilmasiga oʻrnatilgan boʻlsa ilovaning “Soliqlarni toʻlash” oynasidan toʻlovni tez va oson amalga oshirish mumkin. Oʻrnatilmagan boʻlsa plaftorma orqali yuklab olinadi.

🔖Toʻlov xabarnomasida koʻrsatilgan koʻchmas mulk maydoni, kadastr qiymati, yer uchastkasi egallagan maydon toʻgʻrisidagi maʼlumotlar haqiqatda mavjud obyekt va yer maydonidan farq qilsa yoki sizga tegishli boʻlmasa kadastr idoralariga murojaat qilish lozim.

📚Shuningdek, yer va mol-mulk soliqlaridan imtiyoz olish uchun hujjat mavjud boʻlib, soliq imtiyozi qoʻllanilmagan boʻlsa my.soliq.uz sayti orqali, shuningdek koʻchmas mulk joylashgan yerdagi soliq organiga soliq imtiyoziga boʻlgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish orqali imtiyozdan foydalanish mumkin.

❗️E'tibor bering: SMS Soliq_uz manzilidan (Perfectum abonentlariga 6079 raqamidan) yuborilmoqda. Boshqa manzildan yuborilgan SMSlar soliq organiga tegishli emas.

🚀 Telegram 📷 Instagram
🔵 Facebook 🎬 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mol_mulk_soligi #yer_soligi

15-aprelga qadar mol-mulk va
yer soliqlarini to'lashni unutmang!

Soliq kodeksining 423- va 440- moddalariga muvofiq, jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlarini 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to‘lashi lozim.

📲Siz Soliq mobil ilovasi orqali 2024-yil uchun hisoblangan mol-mulk va yer soliqlari haqida ma'lumot olishingiz hamda to‘lovlarni amalga oshirishingiz mumkin.

👉 Jismoniy shaxslarga soliq to'lash haqida xabarnomalar yetkazilgan
___________
#налог_на_имущество #земельный_налог

Не забудьте уплатить налоги на имущество и землю до 15 апреля!

❗️
Согласно ст.423 и ст.440 Налогового кодекса, уплата налога на имущество и земельного налога физлицами производится равными долями до 15 апреля и 15 октября.

📲 Получить информацию о начисленных налогах на имущество и землю и произвести оплату можно через мобильное приложение Soliq.

👉Физические лица получили уведомления об уплате налогов

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads