#energetika_xavfsizligi_oyligi
“Energetika xavfsizligi oyligi” doirasida mas'ul tashkilotlarning holati ko'zdan kechirildi.
💠 Noyabr oyi — “Energetika xavfsizligi oyligi” deb e’lon qilingan bo’lib, Bo’ka tuman prokuraturasi, FVB, IIB va boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu oylik doirasida yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlarini bartaraf etish va oldini olish, yoqilg‘i-energiya resurslaridan samarali va oqilona foydalanish orqali iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, aholi orasida tezkor-profilaktik va huquqiy targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish kabi muhim vazifalar belgilab olingan.
🔻 Bugun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli bayoni talablariga muvofiq Toshkent viloyati Bo'ka tumani hududida 15-noyabrdan 15-dekabrga qadar "Yong'in xavfsizligi oyligi" doirasida tuman prokuraturasi, IIB, Favqulodda vaziyatlar bo'limi, xodimlari hamda hamkor xizmatlar tomonidan aholi xonadonlarida favqulodda vaziyatlarni oldini olish, yong'in xavfsizligi hamda is gazidan zaharlanish kabi baxtsiz hodisalarni oldini olishga qaratilgan keng qamrovli profilaktik tadbirlar o'tkazish yuzasidan o'quv mashg'uloti o'tkazildi.
🔹 Shuningdek, kuz-qish mavsumini betalofat o’tkazish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan huquqiy targ’ibot ishlarini o’tkazish, yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli energetika obyektlari ro‘yxatini shakllantirib borish, obyektlarda iste’mol qilinayotgan yoqilg‘i-energiya resurslari hajmini aniqlab borish, yoqilg‘i-energiya resurslari behuda sarflanishi va sifat talablariga rioya etmaslik holatlarini aniqlab borish va ular bo‘yicha o‘z vakolatlari doirasida choralar ko‘rish, tizimli asosda yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlarining oldini olish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, obyektlarning tarmoqlarga to‘g‘ri ulanganligi va hisoblagichlar mavjudligi, ularning texnik talablarga va standartlarga muvofiqligini tekshirib borish, hamda aybdor bo‘lgan mazkur obyektlar xodimlari va ularga xizmat ko‘rsatgan shaxslarni qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortish choralarini ko‘rish, o‘rnatilgan hisoblagichlarning elektr energiyasi va tabiiy gazni nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimlariga mosligini o‘rganish, har oyda elektr va gaz tarmoqlari hamda qurilmalarining yuklamalari va sozligini tekshirib borib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralar ko‘rilmoqda.
✉️ Telegram | 📱 Instagram |
📱 Facebook | 🌐 YouTube |
🌎 Web-sayt | 📲 X
“Energetika xavfsizligi oyligi” doirasida mas'ul tashkilotlarning holati ko'zdan kechirildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM