BO'KA TUMANI HOKIMLIGI
3.05K subscribers
22.3K photos
1.91K videos
8 files
7.38K links
Toshkent viloyati Bo'ka tumani hokimligining rasmiy telegram kanali

Instagram: instagram.com/buka_tuman_hokimligi/
Facebook: facebook.com/bokahokimligi/
YouTube: YouTube.com/@buka_tuman_hokimligi/
Web-sayt: www.boka.uz/
Download Telegram
#vatanparvarlik_karvoni
#Boka_tumani_yoshlari

Bo’ka tumani “Bo’ston” MFY hududidagi 2-son kasb-hunar maktabida Bo’ka tumani Mudofaa bo’limi, O’zbekiston yoshlar ittifoqi Bo’ka tumani Kengashi, Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limi, tuman Xalq ta’limi bo’limi, 42219-harbiy qism bilan hamkorlikda yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbilayalash, ularda ona Vatanga bo’lgan muhabbatni yanada yuksaltirish maqsadida “Vatanparvarlik karvoni” tadbiri tashkil etildi.

Tadbirga tashrif buyurgan yoshlar uchun harbiylar ishtirokida turli jang sahnalari hamda harbiy texnikalar namoyish qilinib, qurol aslahalar, aloqa vositalari, askar va ofitserlar hayoti bilan yaqindan tanishtirildi.

Bo'ka tuman hokimligi axborot xizmati
#Vatanparvarlik_karvoni
#2-maktab
#Bo'ka_tumani_yoshlari

MARD ASKAR YOSHLARGA NAMUNA

✳️Milliy armiyamiz tizimida olib borilayotgan izchil islohotlarning samarasi natijasida bugun armiyamizning harbiy xizmatchilari aholi, ayniqsa yoshlar bilan yanada yaqinlashmoqda.

🔷 Bugun bir guruh tashkilotchilar tomonidan Angren shahrida joylashgan 33420-harbiy qism askarlari va harbiy-vatanparvarlik karvoni Bo'ka tumani 2-umumiy o'rta ta'lim maktabiga tashrif buyuradi. Harbiy karvonni ko'rgan bolalarning quvonchi cheksiz bo'ldi.

Tadbirda harbiy xizmatchilar tomonidan harbiy-texnika va qurol-aslahalarning ishlash mexanizmi va texnik tavsifi haqida o'quvchi-yoshlarga qimmatli ma'lumotlar berildi.

💼Ushbu yirik loyihani tashkil etishdagi amaliy ko'magi uchun Mudofaa vazirligi hamda 33420-harbiy qism rahbariyatiga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz.
#Tarmoq_dasturi_ijrosi
#3_maktab
#Vatanparvarlik_karvoni

⚡️Tinchlik — bebaho boylik. Uni qadriga yetish har bir fuqaroning burchidir.

🇺🇿O'zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi tashabbusi bilan yoshlarda Ona Vatanni sevish va uni ardoqlash hissini yanada yuksaltirish, mamlakatimiz harbiy salohiyatini yoshlar orasida keng targ'ib qilish maqsadida Bo‘ka tumani 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga “Mard askar yoshlarga namuna” shiori ostida Angren shahri 33420-harbiy qism askarlari va xizmatchilari, harbiy texnikalardan iborat harbiy-vatanparvarlik karvoni tashrif buyurdi.

Tadbirda harbiy xizmatchilar yigit-qizlarga qurol-aslahalarning ishlash mexanizmi va texnik tavsifi haqida ma'lumot berdilar. O'quvchilar ham katta qiziqish bilan qurollardan to'g'ri foydalanish haqida tushunchalarga ega bo'ldi.