Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videomaterial yuzasidan Bo'ka tuman hokimligining rasmiy bayonoti
Ijtimoiy tarmoqlar orqali "Fermerlar dardini it ham eshitmayapti" sarlavhasi ostida videomaterial eʼlon qilindi.
Videomaterialda qayd etilgan holatlar yuzasidan masʼullar ishtirokida fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan suhbat o‘tkazilib, holatlar o‘rganib chiqilgan.
Videomaterialda nomlari qayd etilgan fermer xo‘jaliklariga ajratib berilgan yer maydonlari 2019-yilning yanvar oyida tuman zaxirasiga qaytarib olingan va tegishli hujjatlarga asosan paxta-to‘qimachilik klasteriga ajratib berilgan.
Mazkur holatdan norozi bo‘lgan fermer xo‘jaliklari rahbarlari 2022 yilning dekabr oyiga kelib murojaat qilishmoqda.
Toshkent viloyati Bo‘ka tumani Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi tomonidan 07.02.2023 yil kuni Nurafshon tumanlararo maʼmuriy sudiga (fermer xo‘jaliklarining manfaatida) daʼvo arizalari kiritilganligini, hozirgi kunda daʼvo arizalari Nurafshon tumanlararo maʼmuriy sudi tomonidan mazmunan ko‘rib chiqilayotganligini ma'lum qilamiz.
Bo'ka tuman hokimligi Axborot xizmati

#rasmiy_munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan murojaat yuzasidan rasmiy munosabat
🔹 Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlar orqali Bo'ka tumani "Mirzabek" MFY hududidagi "Oqtepa" ko'chasi shag'allashtirilmaganligi tufayli yog'ingarchilik natijasida ko'chada harakatlanish qiyinlashganligi, bu o'z navbatida aholiga noqulaylik tug'dirayotganligi yuzasidan murojaat e'lon qilingan edi.
✅ Bugungi kunda tuman hokimligi tashabbusi bilan tumandagi ta'mirtalab holatga kelib qolgan ichki ko'chalarni shag'allashtirish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilayotganligini, reja-grafikga asosan murojaatda ko'rsatilgan ko'cha (400 metr uzunlikda) aprel oyining 25-sanasiga qadar shag'allashtirilishi ko'zda tutilganligini ma'lum qilamiz.
🚀 Telegram 📷 Instagram
🔵 Facebook 🎬 YouTube
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan murojaat yuzasidan rasmiy munosabat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan tanqidiy materialga rasmiy munosabat
🔹 Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlar orqali Bo'ka tuman hokimligi tomonidan saylov uchastkalariga o'rnatish uchun 40 dona koller (suvni sovutib-isitib chiqaruvchi qurilma) apparatlari sotib olinganligi, ammo shu kunga qadar pul to'lab berilmaganligi yuzasidan tanqidiy material e'lon qilingan edi.
🔺 Haqiqatdan ham, saylov uchastkalarida qulaylik yaratish maqsadida 40 dona koller apparatlari sotib olinganligini, tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonida kichik xatolikka yo'l qo'yilganligi tufayli pul mablag'lari o'tkazilmay qolganligini, xarid qilingan texnik mahsulotlar uchun pul mablag'lari avgust oyining 10-sanasiga qadar to'liq to'lab berish choralari ko'rilayotganligini ma'lum qilamiz.
✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan tanqidiy materialga rasmiy munosabat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan videomurojaat yuzasidan rasmiy munosabat
🔺 Kunning birinchi yarmida ijtimoiy tarmoqlar orqali Bo'ka tumani 3-sektor hududidagi "Ibrat" mahalla fuqarolar yig'inida joylashgan "Ravot" ko'chasida yashovchi fuqarolarning videomurojaatlari tarqatilgan edi.
🔺 Tuman hokimi v.v.b. Xusan Ashurov va tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirokida ushbu videomurojaatda ko'rsatilgan ko'chada bo'lib, mavjud muammolar yuzasidan murojaatchi fuqarolar bilan suhbat o'tkazildi. Suhbat jarayonida X.Ashurov tomonidan mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan amaliy ishlar bir necha kun oldin boshlanganligi, muammolarni zudlik bilan bartaraf etish choralari ko'rilayotganligi ta'kidlandi.
🔺 Videomurojaatda ko'rsatilgan muammolar tez fursatlarda bartaraf etilishini, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan qo'shimcha ma'lumot berilishini ma'lum qilamiz.
Batafsil videolavhada.
🚀 Telegram 📷 Instagram
🔵 Facebook 🎬 YouTube
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan videomurojaat yuzasidan rasmiy munosabat
Batafsil videolavhada.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat
“Milliy” telekanali orqali efirga uzatilgan tanqidiy lavha yuzasidan rasmiy munosabat
BATAFSIL ▶️
✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
“Milliy” telekanali orqali efirga uzatilgan tanqidiy lavha yuzasidan rasmiy munosabat
BATAFSIL ▶️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
boka.uz
Bo'ka tumani hokimligi
Web site created using create-react-app
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan tanqidiy materialga rasmiy munosabat
🔺 Bugun ijtimoiy tarmoqlar orqali "Bo'kada fermerlar majburiy obunaga jalb etilmoqda" sarlavhasi ostida tanqidiy material e'lon qilindi. Unda qayd etilishicha tuman hokimi tomonidan barcha turdagi fermer xo'jaliklari tuman va viloyat gazetasiga majburiy obuna bo'lishga majburlanayotganliklari, shuningdek majlislar soni ko'pligi va unga ishtirok etmagan fermerlarni yerini tortib olish bilan qo'rqitish holatlari kuzatilayotganligi ma'lum qilingan.
🔹 Toshkent viloyati hokimining tashabbusi bilan haftaning shanba kunlari "Fermerlar kuni" etib belgilangan bo'lib, unda mas'ullar va fermer xo'jaliklariklari rahbarlari ishtirokida qishloq xo'jaligida kechiktirib bo'lmaydigan muhim vazifalar belgilab olinadi.
🔺 O'zbekiston Respublikasi prezidentining 2024-yil 18-yanvardagi 15-farmoniga asosan fermerlar tomonidan ijara shartnomalari rasmiylashtirilmagan taqdirda Kengash tavsiyasi asosida bir tomonlama bekor qilish mumkinligi ta'kidlanib, fermer xo'jaliklari rahbarlarining hujjatlarni rasmiylashtirishda befarqlik qilmasliklari maqsadida aytib o'tilgan.
🔹 Ko'rib chiqiladigan muhim masalalardan so'ng fuqarolarning ma'naviy ongini yanada yuksaltirish maqsadida tuman va viloyat hayotida sodir bo'layotgan muhim o'zgarishlar, qonunchilikdagi yangiliklar, dala madaniyati, fermerlarning daromadlarini oshirish bo'yicha tavsiyalar, fermerlar uchun alohida sahifa tashkil qilinganligi ta'kidlanib, tumanning ijtimoiy-siyosiy hayotini yoritib boruvchi gazetalarga obuna bo'lish tavsiya qilingan. (Majburlanmagan)
🔹 Qayd etish joizki, materialda tanqidga olingan holatlar noto'g'ri talqin qilinib, bu orqali kuzatuvchilarga noto'g'ri ma'lumot berilganligini, Bo'ka tumani hokimligi tomonidan majburiy obunaga jalb qilish holatlariga yo'l qo'yilmasligini ma'lum qilamiz.
🕊 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📺 YouTube
🌎 Web-sayt
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan tanqidiy materialga rasmiy munosabat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat
"O'zbekiston | 24" telekanali orqali efirga uzatilgan tanqidiy material yuzasidan rasmiy munosabat.
Kuni kecha "O'zbekiston | 24" telekanali orqali Toshkent viloyati hokimligining tegishli tashkilotlari tomonidan shartnoma ijrosi to‘liq nazoratga olinmagani sabab Bo‘ka tumanidagi bir nechta ma’muriy binolar hamda aholi xonadonlariga sifati kafolatlanmagan, ishlab chiqaruvchisi noma’lum bo‘lgan quyosh panellari va uskunalari o‘rnatilgani haqida tanqidiy material e'lon qilingan edi.
Qayd etish joizki, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-sentyabrdagi PF-220-sonli farmoni asosida Toshkent viloyati hokimi Z.Mirzayevning farmoyishi imzolangan. Unga ko'ra viloyat mahalliy byudjeti hisobidan "Temir daftar"larga kiritilgan ehtiyojmand oilalarni qayta tiklanuvchi energiya manbaalari bilan ta'minlash maqsadida quyosh panellarini o'rnatish ishlari boshlangan.
Belgilangan tartibda (ro'yhat asosida) xonadonlarga 1 kV quvvatga ega quyosh panellari o'rnatilgan va soz holatda foydalanishga topshirilgan.
Videolavhada qayd etilgan holat yuzasidan o'rganish ishlari olib borilayotganligini, shratnomada ko'rsatilgan talablar to'liq bajarilganligi yuzasidan o'rganish ishlari yakunlangach qo'shimcha ma'lumot berilishini ma'lum qilamiz.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan tanqidiy materialga rasmiy munosabat.
🔸 Bir necha soat oldin "Yoshlar kundaligi" telegram kanali orqali "Piskent va Bo'ka tumanlariga o't qo'yvorishdi" nomli tanqidiy material e'lon qilingan, unda g'alladan bo'shagan maydonlar yoqib yuborilayotganligi, bu esa o'z navbatida ekologiyaga zarar yetkazayotganligi qayd etilgan edi.
🔸 BATAFSIL O'QISH
✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan tanqidiy materialga rasmiy munosabat.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan tanqidiy materialga rasmiy munosabat
🔹 Bir necha soat oldin ijtimoiy tarmoqlar orqali "Mirzabek" mahallasi aholisining murojaatlari e'lon qilingan edi.
🔹 Murojaatga asosan, "Mirzabek" mahallasi "Oqtepa" ko'chasidagi holat tuman hokimi B.Begmatov boshchiligida mutasaddi tashkilotlar rahbarlari tomonidan o'rganildi.
💠 O'rganish davomida "Oqtepa" ko'chasida yangi xonadonlarga olib boruvchi yo'l ta'mirtalab holatda ekanligi aniqlandi.
🔺 Mazkur (700 metr uzunlikda) ko'chani shag'allashtirish ishlari 10 kun muddat ichida boshlanishini, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan qo'shimcha axborot berilishini ma'lum qilamiz.
✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan tanqidiy materialga rasmiy munosabat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat
🟦 🟦 🟦 🟦
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan tanqidiy materialga tuman hokimligining rasmiy munosabati
🔹 Bir necha soat oldin ijtimoiy tarmoqlar orqali “Bo’ka tumani hokimi lavozimni suiste’mol qilmoqdami?” nomli tanqidiy maqola e’lon qilindi.
🔸 Unda keltirilishicha, tuman hokimi tajribali xodimlarni ishdan bo’shatib, o’rniga o’ziga yaqin xodimlarni ishga olganligi, shuningdek xodimlar ishlamayotgan bo’lsa ham ustama va mukofot pullarini olishayotganligi bayon etilgan.
🔺 Qayd etish joizki, davlat fuqarolik xizmati bo’sh ish o’rinlari (vakant lavozimlari) Davlat fuqarolik xizmati vakant lavozimlarining yagona ochiq portali (Argos) orqali e’lon qilinishi, ishga kirish istagida bo’lgan fuqarolar ariza topshirish, belgilangan tartibda test sinovlari va suhbatdan o’tish orqali ishga qabul qilinishi belgilab qo’yilgan.
🔻 Tuman hokimligida mavjud (bir necha oy davomida vakant bo’lgan) bo’sh ish o’rinlari ham belgilangan tartibda e’lon qilingan va nomzodlar yuqoridagi bosqichlardan o’tib, tashkiliy kadrlar guruhi va mas’ul xodimlardan iborat ishchi guruh ishtirokida suhbatdan o’tkazilgan va lavozimlarga qabul qilingan.
🔺 Bugungi kunda ham tuman hokimligida mavjud bo'sh ish o'rinlari Davlat fuqarolik xizmati vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida e'lon qilingan va arizalarni qabul qilish jarayoni davom etmoqda.
🔹 Shuningdek, tuman hokimligi xodimlarini moddiy rag’batlantirish maxsus jamg’armasi (FMS) hisobidan rag’batlantirish to’g’risidagi qaror imzolangan va hokim hamda o’rinbosarlardan tashqari barcha xodimlar ishchanlik qobiliyatlari va sharoitlaridan kelib chiqqan holda amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq 5% dan 30% gacha ustama to’lash belgilanganligini ma’lum qilamiz.
🔸 Tuman hokimining topshirig’iga asosan hokim o’rinbosarlari va hokimlikning barcha xodimlaridan manfaatlar to’qnashuviga, shuningdek moddiy manfaatdorlikni ko’zlagan holda korrupsiya holatlariga yo’l qo’ymaslik to’g’risida kafolat xatlari olinib, tashkiliy kadrlar guruhi tomonidan xodimlarning yig’ma jildlariga jamlab kelinadi.
🔹 Ma’lumot o’rnida tuman hokimi hokimlikning barcha xodimlariga bir xil muomalada bo’lib, bu mavzuda xodimlar tomonidan hech qanday e’tirozlar bildirilmaganligini, shaffof tizim yaratilganligini, noqonuniy topshiriqlar berilgan taqdirda yuqori turuvchi tashkilotlar va huquq-tartibot idoralariga murojaat qilishlari mumkinligi tuman hokimi tomonidan doim ta’kidlab kelinadi.
🔺 Shu o’rinda barcha norasmiy sahifalar egalaridan, tasdiqlanmagan, huquqiy asosga ega bo‘lmagan ma’lumotlarni tarqatmasliklarini so‘rab, asossiz va yolg‘on ma’lumotlarni tarqatish belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo’lishi mumkinligini eslatib o‘tamiz.
✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan tanqidiy materialga tuman hokimligining rasmiy munosabati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan tanqidiy materialga Bo’ka tumani hokimligining rasmiy munosabati
🔻 BATAFSIL